7-bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash tayanch iboralar


A - eng yuqori qiymatli amplituda; T-



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə2/14
tarix20.05.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#118279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
12-13-Mavzu. Zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar

A - eng yuqori qiymatli amplituda;
T- tebranish davri.
Gipotsentrdan markaziy nurlar shaklida tarqaluvchi egiluvchan to‘lqinlar yer sathiga turli burchak ostida yetib keladi. Gipotsentrdan 900 bo‘yicha o‘tkaziIgan tik chiziqni yer yuzasi bilan kesishgan nuqtasi (epitsentr) atrofida tik yo‘nalish holatidagi tebranishlar yuz beradi.
Qolgan barcha nuqtalarda esa ushbu harakat yer sathiga nisbatan ma’lum burchak hosil qilib, uni tik va urinma tashkil etuvchilarga ajratish mumkin.
Tebranish jarayonida hosil bo‘luvchi inertsiya kuchlari jism massasi m ning uning tezlanishi ga ko‘paytmasiga teng:


(7.2)
eng katta tezlanish
(7.3)
bo‘lganda yuzaga kelib, inersiya kuchining yuqori miqdori quvidagicha aniqlanadi:
(7.4)
bunda: N0-jismning og‘irligi;
g - jismning erkin tushish tezlanishi.
(7.4) ifodadagi miqdorlar zilzila kuchlari deb atalib, ularaing qiymati amplitudaning ortishi, yoki tebranish davrining kamayishi bilan ko‘payib boradi. Zilzilaning tebranish davri ko‘pincha 2-10 sek. oralig‘ida bo‘lib, uning amplitudasi esa grunt turiga bog‘liq. Masalan, yahlit qoya jinslarida aniplituda 2-5 mm dan oshmaydi, g‘ovakdi bo‘sh gruntlarda esa uning miqdori 25-30 mm va undan ham yuqori bo‘lishi munikin. Kuchli (halokatli) zilzilalar yuz berganda tebranish amplitudasining miqdori 200-300 mm. gacha borishi mumkin.
Zilzila kuchlari inshoot qurilmasi va uning zaminiga turlicha ta’sir etadi. Bularning eng havflisi yotiq ta’sir hisoblanib, bunda egilish va siljishga oid deformatsiyalar vujudga keladi.
Hisoblashda zilzila kuchini ifodalash uchun eng yuqori miqdorli seysmik tebranish max ni jismning erkin tushish tezlanishi g ga nisbatini ifodalovchi seysmik koeffitsiyentdan foydalaniladi,
, (7.5)
Zilzila kuchini ifodalovchi 12 ballik seysmik ko‘rsatgich (shkala) mavjud bo‘lib, 6 balldan kichik ta’sir bino va inshootlar qurilishida hisobga olinmaydi.
9 balldan yuqori zilzila bo‘ladigan tegralarda qurilisli ishlari olib borilish man etiladi. Turli ballar uchun seysmik koeffitsiyent (kc) ning miqdori hisoblab chiqilgan bo‘lib, ulardan zilzila yuz beradigan tegralarda barpo etiladigan inshootlar mustahkamligi va turg‘unligini hisoblashda foydalaniladi (7.1- jadval).

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin