7-bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash tayanch iboralar


-rasm. Seysmik tegralarga bo‘linish xaritasi



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə5/14
tarix20.05.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#118279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
12-13-Mavzu. Zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar

7.3-rasm. Seysmik tegralarga bo‘linish xaritasi
7.3 “Zilzilabardosh zaminlar” usuli
Songgi yillarda kuchli zilzilalar sodir bo‘ladigan tegralarda ko‘plab murakkab va noyob inshootlar bunyod etilishi bois uiarning seysmik jihatdan mustahkamligini ta’minlash asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga mazkur inshootlar texnik-iqtisodiy tomondan ham qulay bo‘lishi kerak, chunki 1 ballga oshirib hisoblangan inshootning tannarxi umumiy narxning 4% dan ko‘p miqdorga oshib ketishi ma lum.
Bu esa, o‘z navbatida, zaminning zilzila ta’siriga misbatan mustahkamlik holatini aniqlashda gruntlarning tizik-mexanik va mustahkamlik ko‘rsatgichlaridan foydalanishni talab etadi. Zero har qanday inshootning zilzila vaqtidagi turg‘unligi birinchi navbatda zamin gruntining deformatsiyasiga bog‘liq.
Bu mavzuda zarralari bog‘langan gruntlarning seysmik holatini aniqlash uchun D.D.Barkan tomonidan quyidagi ifoda taklif etilgan:
(7.7)
bunda ks(h) - gruntning hisobiy seysmik koeffitsiyenti;
ks - XV.I jadvaldan olinadigan seysmik koeftitsiyent;
kgr - grunt mustahkamligini ifodalovchi koeffitsiyent.

7.4-rasm. Zilzila tasirida gurutning cho‘kishining o‘zgarishi
Grunt mustahkamligini hisobga oluvchi koeffitsiyent inshoot zaminining hisobiy bosimi ph yordamida quyidagicha aniqlanadi:
, (7.8)
bunda 2,5-zilzilaga nisbatan o‘rtacha qarshilikka ega bo‘lgan gruntning hisobiy bosimi.
Inshoot zaminining zilzilabardoshligini baholashda H.Z.Rasulov tomonidan taklif etilgan Zilzilabardosh zaminlar usuli ham ancha qo‘l keladi. Ushbu usul nafaqat zamin gruntlarining fizik-mexanik va mustahkamlik ko‘rsatkichlarini va inshootning zaminga nisbatan bosimini, balki silzila kuchini ham inobatga oiadi.
Mazkur usulga gruntning seysmik mustahkamlik koeffitsiyenti km asos qilib olingan. Ushbu koeffitsiyent qurilish maydonining hisobiy zilzila balini shu maydon joylashgan tegra uchun o‘rnatilgan ballga nisbatini quyidagicha ifodalaydi:
, (7.9)
bunda: - qurilish maydoni joylashgan tegra uchun belgilangan eng kuchli zilzila tezlanishi;
- muvozanat tezlanishi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin