7.6-rasm. Gruntdagi bog’lanish kuchining vaqt davomida o‘zgarishi “Namlangan gruntlar tuzilmasini zilzila ta’sirida buzilishi” nazariyasining asosiy mohiyatidan biri siljituvchi seysmik zo‘riqish ta’sirida tebranayotgan grunt zarrasi orasidagi bog’lanish kuchining buzilishidir. Mazkur holat asosan zarraning o‘rta qobig‘ida yuz berib, yuqori miqdorli amplituda va tezlanishga ega bo‘lgan zilzilaning ko‘ndalang to‘lqinlar ta’sirida yuzaga keladi.
Ushbu jarayonda grunt zarrasini o‘rab turuvchi suv qobig‘ining qalinligi o‘zgaradi. Bu holatning asosiy sababi zilzila to‘lqinlari tarqalish vaqtida suv molekulalarining yo‘nalishini o‘zgatririshi, natijada ular orasidagi tortilish kuchining kamayishi va bog‘langan suvning erkin suvga o‘tishidir.
7.7-rasm.Dinamik bosim miqdorining vaqt bo‘yicha o ‘zgarishi. Ko‘plab tajribalar asosida o‘rganilgan ushbu jarayon grunt tarkibining buzilishi va zarralarning o‘zaro siljishi bilan bog‘liq.
Arap grunt suvga to‘yingan bo‘lsa, zarralarning siljishi g‘ovaklardagi erkin suvning siqilib chiqishi hisobiga yuz beradi. Bu esa ma’lum bosimlar farqi (I) yordamida ifodalanuvchi sizish oqimlarini hosil qiladi. Mazkur oqimlarni tebranish jarayonida hosil bo‘luvchi qatlam chuqurligi (Z)va vaqt davomida (t) oshib boruvchi dinamik bosimlar (h2) ta’sirida ta’minlanib turadi.
Ushbu jarayonda gruntning boglanish kuchlarini kamayishi zarralarni o‘zaro siljishga olib kelib ularni muallaq holatga keltiruvchi aks bosim c hzhosil qiladi. Ba’zi sharoitlarda, ya’ni zarralari orasidagi bog‘lanish kuchi sust bo‘lib zilzila katta kuch bilan ta’sir etganda hosil bo‘luvchi aks bosim grunt qatlamini butunlay muallaq holatga keltirishi mumkin. Bunday holatda zamin gruntlari quyqa holatga kelib har qanday yengil yukni ham ko‘tarisli qobiliyatini yo‘qotadi.
Shunday qilib, bo‘lgan gruntlarning zilzila ta’siridagi mustahkamligini o‘rganishda yuqorida qayd etilgan sharoitlarda yuz beruvchi zarralar orasidagi bog‘lanish kuchining kamayishi va aks bosim ta’sirini hisobga olish lozim:
,(7.11)
bunda Ss - zilzila ta’sirida gruntning siljishga qarshi mustahkamligi;
in- insliootdan ta’sir etuvchi tik bosimning inertsiya holatidagi qiymati;