7-bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash tayanch iboralar


H - grunt qatlamining qalinligi; Z



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə10/14
tarix20.05.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#118279
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
12-13-Mavzu. Zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar

H - grunt qatlamining qalinligi;
Z - kuzatuv olib borilayotgan sath;
Vn - dinamik cho‘kish koeffitsiyeiti.
Dinamik cho‘kish koeffitsiyenti tebranish jarayonida gruntning zichlanish tezligini ifodalaydi:
, (7.4)
bunda: n - gruntning g‘ovakligi;
t - vaqt.
Dinamik bosimni (7.13) ifoda yordamida aniqlashda Vn koeffitsiyentning ahamiyati katta. Uning miqdori har bir alohida grunt uchun uning zichligi, zarral sirtining tekis yoki notekisligi, o‘lchamlar, sevsmik ta’siring miqdori va davomiyligi, inshootdan tushayotgan yukning miqdori va hokazolarga bog‘liq ravishda maxsus tajriba yordamida aniqlanadi.
15.4-rasmda gruntlarning dinamik cho‘kish koeffitsiyenti bilan zichlik orasidagi boglanish chizmasi keltirilgan.
Shuni aytib o‘tish kerakki, (7.13) ifoda sochiluvchan gruntlar uchun taklif etilgan bo‘lib, undagi dinamik bosim faqat grunt qatlami bo‘ylab egri chiziq shaklida o‘zgaradi (7.5- rasm).
Boglangan gruntlar ustida so‘nggi yillarda Rasulov H.Z va uning shogirdlari olib borgan izlanishlari, zilzida ta’sirida ular mustahkamligini buzilishi, dastavval bog‘lanish kuchining vaqt davomida o‘zgarishiga, so‘ngra esa dinamik bosim miqdoriga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi.
Mazkur gruntlarda dinamik bosim (h2) faqat qatlam chuqurligi bo‘ylab o‘zgarmay, balki boglanish kuchining o‘zgarishiga moslashgan holda vaqt davomida ham ortishi ma’lum bo‘ldi. Bu esa to‘la namlangan holatdagi bog‘langan gruntlarning zilzila ta’sirida quyqalanishi qumli gruntlarga nisbatan ancha murakkab ekanligidan darak beradi.
Bog‘lanish kuchining vaqt davomida o‘zgarishi Cw(t) quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
, (7.15)
bunda: Cw(b)- Cw(0)- boglanish kuchining boshlang‘ich va oxirgi qiymatlari;
- bog‘lanish kuchining o‘zgarishini ifodalovchi koeffitsiyent.
Koeffitsiyent tajriba yordamida quyidagicha aniqlanadi:
, (7.16)
7.16-rasmda boglanish kuchining vaqt davomida o‘zgarishi tasvirlangan.
Yuqorida takidlaganimizdek, nam holatdagi bog‘lanishli gruntlarda hosil bo‘luvchi dinamik bosim vaqt davomida o‘zgaruvchandir.
Bu o‘zgaruvchanlik muallifining quyidagi ifodasi orqali aks etgan:


(7.17)
bunda: vb - dinamik cho‘kish koeffitsiyentining boshlang‘ich qiymati;
- dinamnk bosimning kamayish tezligini ifodalovchi tajriba orqali aniqlanadigan koeffitsiyent;
H - jiddiy qatlam qalinligi.
Tajriba orqali aniqlangan dinamik bosimning vaqt birligida
o‘zgarishi (7.17) ifodaga mosligini 7.7- rasmdan kuzatish mumkin.
Dinamik bosim miqdorini (7.17) ifoda yordamida aniqlash uchun zilzila
ta’sirida cho‘kish yuz beradigan jiddiy qatlatn qalinligi H ni toppish alohida ahamiyatga ega. Ushbu qiymatni aniqlashga oid quyidagi ifoda taklif etilgan
(7.18)
Mazkur ifoda faqat jiddiy qatlam balandligini aniqlabgina qolmay, balki uning zilzilaga bardoshligini oshiruvchi tadbir tanlashda ham ahamiyatlidir.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin