7-bob. Zilzilabardosh zaminlar va ularni loyihalash tayanch iboralar


Inshoot atrofini qo‘shimcha yuklash



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə13/14
tarix20.05.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#118279
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
12-13-Mavzu. Zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar

Inshoot atrofini qo‘shimcha yuklash usulining mohiyati harqanday gruntning tashqi yukdan hosil bo‘luvchi tik zo‘riqish ta’sirida mustahkamligi oshishi xususiyatiga asoslangan. Ma’lumki poydevor uchun qazilgan xandaq ko‘pincha shu joydan olingan grunt bilan to‘ldiriladi. Deyarli zichlashtirilmagan bunday to‘kma gruntlar bo‘sh va g‘ovak holida joylashuvi oqibatida, zilzila ta’sirida cho‘kishga moyil bo‘ladi. Agar ular zilzilaga qadar nam holatda bo‘lsa, zichlashuv jarayonida aks bosim ta’siriga uchrab, inshoot ostidagi gruntni yuksizlantirishga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun avvalo poydevor atrofiga to‘kilgan gruntlar yetarli darajada zichlanishi, uning ustidan esa zilzilaga chidamli ashyolar bilan yuklanishi maqsadga muvofiq. Mazkur tadbir to‘kilgan gruntlarning muvozanat tezlanishini m oshirish bilan birga, zaminning mustahkamligini ta’minlaydi.
Inshootga taqab joylashtiriladigan qo‘shimcha binolar, yoki zichlab joylashtirilgan yirik toshlar qo‘shimcha yuk o‘rnini bosishi inumkin.
Grunt qatlamini kamaytiruvchi tadbir sifatida poydevor chuqurligini oshirish, yoki qoziqli poydevorlar qo‘llash kabilarni aytish mumkin.
Chuqur poydevorlar har qanday inshoot: sanoat va jamoat, ko‘prik ustuni, suv inshootlari va boshqalar uchun ham qo‘1 keladi. Bunda chuqur poydevorlar yordamida qo‘shimcha yerto‘lalar hosil bo‘lib, ular keltiradigan foydani nazarda tutilsa ushbu tadbirni beqiyosligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Chuqur poydevorlar qo‘llanganda inshootdan tushayotgan bosim zaminning mustahkam, ko‘p yuk ko‘taruvchi qatlamlariga uzatilib, binoning umumiy turg‘unligi ta’minlanishi shubhasisdir.
Shu bilan birga grunt qatlami bo‘ylab chuqurlashgan sari uning mustahkamlik ko‘rsatkichlari , c ham ortib borishi bois muvozanat tezlanishi m ham yuqori qiymatga ega bo‘ladi. Bu esa,o‘z navbatida, poydevor chuqurligini oshirish yo‘li bilan har bir alohida qurilish maydoni uchun m > s shartni yuzaga keltiriish mumkin ekanligini ko‘rsatadi.
Bu masalada R.H.Rasulovning olib borgan izlanishlari diqqatga sazovordir. Tajriba yordamida o‘ta cho‘kuvchan gruntlar ustida olib borgan uning kuzatuvlari quyidagi hulosalarga olib keldi:
a) inslioot zilzilabardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan chuqur poydevor qo‘llash
tadbiri qatlam chuqurlashgan sari “seysmo o‘ta cho‘kuvchanlik ostonasi” va “seysmo o‘ta cho‘kuvchanlik moduli” ning miqdori ortib borishi bilan bog‘liq;
b) poydevor chuqurlashuvi bilan inshootdan zaminga uzatiluvchi hisobiy bosim
miqdori kamayadi;
v) poydevor chuqurlashgan sari zamindagi bo‘sh qatlam qalinligi kamayadi;
g) zaminning zilzila ta’sirida qo‘shimca cho‘kishini ifodalovchi “seysmo o‘ta cho‘kuvchanlik moduli” ning qiymati quyidagi omillarga bog‘liq:
gruntning donadorlik tarkibi, loyli zarralarning miqdori, zichlik-namlik va mustahkamlik ko‘rsatkichlari, shuningdek tashqi muvozanat va dinamik kuchlar.
Yuqoridagi hulosalarga tayanib izlanuvchi tomonidan o‘ta cho‘kuvchan gruntlardan tashkil topgan zaminlar zilzilabardoshligini ta’minlashga oid quyidagi ifoda taklif etildi:
(7.32)
bunda: p0- ishootdan uzatiluvchi yuk;

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin