xususiylashmasi, voqelanishidir.
Lisoniy ziddiyatlarni aniqlash yoki ziddiyatlarga bunday yondashish
ziddiyatli va ziddiyatsiz munosabatlarni farqlashni taqozo qiladi. Chunki turli
lisoniy birliklar va bir birlikning turli variantlari orasidagi munosabatlar turli
tabiatli vohidlar, a’zolar orasidagi munosabatlar sifatida muayyanlashtirilmog‘i
lozim. Masalan, shaxs-son shakli bo‘lmish [-miz] va [-siz] (o‘qiymiz-o‘qiysiz)
har xil lisoniy morfologik birliklar bo‘lib, bir paradigmaning turli a’zolari
sifatida ziddiyatli munosabatda bo‘ladi. Biroq turli farqli xossalarga ega bo‘lgan
til oldi va til orqa (o‘) unlilari bitta (o‘) fonemasining variantlari sifatida fonetik
jihatdan farqlanishsa-da, funktsional jihatdan tafovutga ega emas. Chunki
o‘zbek adabiy tilida bitta (o‘) fonemasi mavjud bo‘lib, uning variantlari ma’no
farqlash tabiatiga ega emas. Ba’zilar [o‘y] so‘zini ayt-ganda, (o‘)ni til oldi,
boshqalar esa til orqa unlisi sifatida talaffuz qilishadi. Baribir, (o‘) tovushlari
qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bu so‘z «fikr», «xayol» ma’nolarini beradi.
Lisoniy birlikning variantlari orasidagi bunday munosabat ziddiyatsiz
munosabat deyiladi.
Ziddiyatlar paradigmatik munosabatlarning xos ko‘rinishi va xossalari
sifatida sintagmatik munosabatlarga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Ma’lum bir lisoniy birliklar mansub ziddiyatlar majmui bu birlikning
paradigmatik sifatini aniqlashda, paradigmatik muayyanlash-tirishda hal
qiluvchi rol o‘ynaydi. Paradigmatik muayyanlashtirish birlikning boshqa
birlikdan farqlanuvchi zotiy tabiatini oydinlashtirish demakdir.
Tilshunoslar lisoniy ziddiyatlarni bir necha tomondan tasniflaydilar:
1.Ziddiyatlar tizimida tutgan o‘rniga ko‘ra.
2.Ziddiyat a’zolarining o‘zaro munosabatiga ko‘ra.
3.Turli vaziyatlarda ziddiyatlarning amal qilishiga ko‘ra.
Lisoniy ziddiyat ziddiyatlar tizimiga munosabatiga ko‘ra o‘lchami va
uchrovchanlik belgilari bilan farqlanadi.
Lisoniy ziddiyatlar o‘lchoviga ko‘ra, bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli
turlarga bo‘linadi.
Agar belgilar majmui tizimda zidlanuvchi ikki a’zo uchungina amal
qilib, boshqa a’zolarga tegishli bo‘lmasa, bir o‘lchamli ziddiyat deyiladi.
Masalan, o‘zbek tilidagi [l] va [h] fonemalari hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra «yon»
va «bo‘g‘iz» belgilari asosida zidlanib, bu belgi undoshlar tizimining boshqa
a’zolarida uchramaydi. Chunki bu undoshlar o‘zbek tili fonologik tizimida
yagona yon va yagona bo‘g‘iz undoshlaridir.
Ko‘p o‘lchamli ziddiyatda zidlanuvchi birlikdagi belgi boshqa a’zoda
ham uchraydi. Masalan, til oldi undoshlari bo‘lgan [m] - [d] zidlanar ekan,
[m]dagi «til oldi»lik belgisi [d] fonemasida ham mavjud. Bunda a’zolar boshqa
belgi asosida zidlanadi.
«Uchrovchanlik» belgisiga ko‘ra ziddiyatlar «ajralgan» va muntazam
ziddiyatlarga bo‘linadi. Ajralgan ziddiyatda shunday belgi asos qilib olinadiki,
bu belgi boshqa ziddiyatlarga asos bo‘la olmaydi. Masalan, unlilarning
lablangan-lablanmaganlik belgisi faqat teng qiymatli ziddiyat uchun asos
bo‘ladi. Bunday ziddiyat «ajralgan» ziddiyat deyiladi. Lekin tilning ko‘tarilish
darajasiga ko‘ra belgisi teng qiymatli ziddiyatga ham asos bo‘lib xizmat qiladi.
tovushining qo‘shilish hodisasidir: disk-diska, bank-banka, tank-tanka, kios-