7-ma’ruza. Hozirgi o’zbek adabiy tilida urg’u va bo’g’in Mavzu bo’yicha tayanch tushunchalar



Yüklə 98,9 Kb.
səhifə7/33
tarix12.07.2023
ölçüsü98,9 Kb.
#136415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
ONA TILI OCHIQ MASHG`ULOT

Dissimilyatsiya. Og‘zaki nutqda tovushlar doimo bir-biriga o‘xshay 
bermasdan, ba’zan uning aksi bo‘ladi. Ayrim paytda talaffuzda ikki o‘xshash 
tovush bir joyda yoki bir so‘zda kelgan vaqtda ulardan biri noo‘xshash 
tovushga aylanib ham qoladi. Bunday hodisa dissimilyatsiya kabi progressiv va 
regressiv bo‘ladi. 
Keyingi tovush noo‘xshash tovushga aylansa, progressiv dissimilyatsiya 
yuz beradi: zarar-zaral, zarur-zaril, birorta-bironta, muyassar-muyastar, 

kissa-kista kabi. 
Oldingi tovush o‘zgarsa, regressiv dissimilyatsiya yuz beradi: malol-


maral, koridor-kalidor, ittifoq-intifoq kabi. 
Dissimilyatsiya 
hodisasi 
odatda 

juda 
kam 

uchraydi. 
Hatto 

assimilyatsiyaning regressiv turiga nisbatan ham ancha kam qo‘llanadi.



Metateza. Og‘zaki nutqda ba’zan yonma-yon kelgan undosh 
tovushlarning o‘rni almashishi mumkin. Nutqdagi bunday jarayon metateza 
deyiladi: r-y: daryo-dayro: m-g‘: yomg‘ir-yogmir, b-r: tebratmoq-tarbatmoq: 

m-l: yamlamoq-yalmamoq: h-v: ahvol-avhol: p-r: tuproq-turpoq, r-g: 

o‘rganmoq-o‘granmoq: g‘-r: to‘g‘ramoq-to‘rg‘amoq, n-m: aylanmoq-

aynalmoq va boshqalar. 

Proteza. So‘z boshida bitta unlining orttirilishi proteza hodisasi sanaladi. 
Odatda, aksariyat sonor r tovushidan oldin o‘ va unlilari orttiriladi: ro‘mol-


o‘ramol, ro‘za-o‘raza, rayhon-rahon, rozi-rozi, rais-rais, rang-rang, ro‘zg‘or-

o‘razg‘or kabi. 
Ayrim holatda so‘z boshida sirg‘aluvchi va portlovchi ikki undosh qator 
kelganda i unlisi orttirilishi mumkin: shkaf-ishkaf, spravka-ispravka, stol-istol, 

stul-istul, shtraf-ishtaraf, stantsiya-istansa. 

Epenteza. So‘z boshida, o‘rtasida va oxirida ikki undosh qator kelganda, 
ular orasida i, ba’zan u va a unlisi orttiriladi: fikr-fikir, hukm-hukum, doklad-


dakalad, klass-kilass. 

Epeteza so‘z oxirida bir o‘rinda kelgan ikki undoshdan so‘ng a 
24 

41 

olish» deb o‘zgartirib ko‘raylik:
Bu to‘g‘rimi? Birinchidan, noto‘liq ziddiyatda qaysidir bir a’zo O (nol) 

belgisini olishi kerak. Oldingi ziddiyatda mustaqil leksemalar ushbu belgiga ega 


edi. Bunda endi nomustaqil leksemalar olishi kerakka o‘xshaydi. Yo‘q, mutlaqo 
bunday emas. Chunki nomustaqil leksemalar goh lug‘aviy ma’no ifodalash, goh
ifodalamaslik xossasiga ega emas. Ziddiyatning ikkinchi a’zosi [+] belgisiga 
egami? Yo‘q, u, yuqorida aytilganidek, [-] belgisiga ham, qisqasi [O] belgiga 
ega. Demak, keyingi «ziddiyat» ziddiyat emas. Ziddiyat lisoniy birliklarining 
mohiyatini, zotiy tabiatini o‘zida aks ettirmog‘i lozim. Aks holda «sun’iy» 
ziddiyatlar kelib chiqadi. Boshqa ziddiyatlar kabi noto‘liq ziddiyat ham 
ob’ektiv va bizning xohish-irodamizga bog‘liq emas.
Darajali ziddiyat a’zolari kamida uchta bo‘lib, bir belgi (ziddiyat 
belgisi)ning o‘sib yoki kamayib borishiga ko‘ra a’zolar qator hosil qiladi. 
Masalan, tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra, unli fonemalar darajalanishi 
quyidagicha: [a] - [e] - [i] yoki [o]-[o‘]-[u]. Bunda belgi birinchi a’zoda 
kuchsiz, ikkinchi a’zoda o‘rtacha va keyingi a’zoda kuchli yoki aksincha 
bo‘lishi mumkin. Darajali ziddiyat ham barcha sath birliklarida uchraydi. 
Masalan, leksikada ninni-chaqaloq-go‘dak-bola..., turq-bashara-bet-yuz-

Yüklə 98,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin