Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Fonema variantlari deganda nimalar tushuniladi?
2. Fonetik o’zgarishlarning qanday ko’rinishlarini bilasiz?
3. Singarmonizm nima?
4. Qanday o’zgarishlarga kombinator o’zgarishlar deyiladi?
5. Qanday o’zgarishlarga pozitsion o’zgarishlar deyiladi?
23
42
Bir belgi turli a’zolarni juftlab zidlash uchun xizmat qilsa, muntazam
ziddiyat deyiladi. Masalan, erlik, ayollik jinsi asosidagi ziddiyat [ota]-[ona],
[o‘g‘il]-[qiz], [aka]-[singil], [chol]-[kampir] ziddiyatlarida uchrayveradi.
A’zolari orasidagi munosabatlarga ko‘ra ziddiyatlar:
A) noto‘liq (privativ);
B) darajali (gradual);
V) teng qiymatli (ekvipolent)
kabi turlarga bo‘linadi.
Noto‘liq ziddiyatda qarshilanuvchi a’zolardan biri ziddiyat belgisiga
ijobiy, boshqasi esa betaraf munosabatda bo‘ladi. Masalan, [bola] va [o‘g‘il]
leksemalarini olaylik. Ular «erkak jinsli» deb atalgan ziddiyat belgisiga ikki xil
munosabat bildiradi. Bu belgi [o‘g‘il] leksemasi semantik tarkibida aniq
berilgan, shu boisdan uning munosabati ijobiy yoki belgilangan deyiladi va
shartli ravishda [+] belgisi bilan beriladi. [bola] leksemasida esa jins belgisi
aniq emas. Chunki uning semantik tarkibida «er» yoki «ayol» (ya’ni jins)
semasi yo‘q. Boshqacha aytganda, bola o‘g‘il ham qiz ham bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun bu leksemaning ziddiyat ko‘rsatkichiga ishorasi belgilanmagan
(noma’lum, majhul) deyiladi va shartli ravishda +/- yoki O (nol) belgisi bilan
beriladi. Buni chizmada quyidagicha beramiz.
Noto‘liq ziddiyat tilning barcha sathlarida amal qiluvchi muhim
qonuniyatdir. Masalan, morfologiyada leksemalarni umumiy grammatik
ma’nolariga ko‘ra, mustaqil va nomustaqil leksemalarga bo‘lish privativlik
asosida amalga oshiriladi. Bunda «lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik» noto‘liq
ziddiyatning belgisi bo‘lib, ziddiyatda mustaqil leksemalar belgilanmagan,
kuchsiz a’zo bo‘lsa, nomustaqil leksemalar belgili, kuchli a’zo sifatida
namoyon bo‘ladi:
Chunki mustaqil leksemalar lug‘aviy ma’no ifodalashi ham, nomustaqil
leksemalar vazifasida kelishi ham mumkin. Masalan, ko‘makchilar, fe’l
ko‘makchilar, ko‘makchi fe’llar va h.lar nomustaqil leksemalar kabi lug‘aviy
ma’noga ega bo‘la olmaydi.
Noto‘liq ziddiyatda belgi tanlash ixtiyoriy emas. Masalan, bir qarashda
yuqoridagi ziddiyatda belgini «lug‘aviy ma’no ifodalash» deb ham, «lug‘aviy
ma’no ifodalay olmaslik» deb ham qo‘yish mumkindek tuyuladi. Keling,
ziddiyat belgisini yuqorida qo‘yilganidek emas, balki «lug‘aviy ma’no ifodalay
yoz+sin=yossin, uch+so‘m=usso‘m, uz+sin=tussin.
Regressiv assimilyatsiya odatda progressiv assimilyatsiyaga nisbatan
nutqda kamroq uchraydi. Chunki assimilyatsiyaning bu turida keyingi tovush
oldingi tovushni o‘ziga moslashtiradi. Demak, talaffuz jarayoni boshlanmasdan
burun so‘zning talaffuz texnologiyasi haqidagi tasavvur ham hosil bo‘lmog‘i
lozim.
Assimilyatsiya to‘liq va qisman bo‘lishi mumkin.
To‘liq assimilyatsiyada bir tovush ikkinchi tovushga aynan moslashadi
va to‘lig‘icha uning tusiga kiradi. Yuqorida keltirilgan so‘zlarning hammasi
to‘liq assimilyatsiyaga misol bo‘ladi.
Qisman assimilyatsiyada nutq tovushlaridan biri ikkinchisini biron
tomondan qisman o‘xshatadi (moslashtiradi): osh+ga-oshka, ish+ga-ishka,
so‘zlarida jo‘nalish kelishigidagi g tovushi oldingi sh tovushining ta’sirida k
tovushiga aylanmoqda. Bu so‘zda qisman assimilyatsiya yuzaga kelmoqda,
ya’ni (g) jarangli tovushi o‘zidan oldingi (sh) tovushiga faqat bir tomonlama -
jarangsizlanish tomonidan o‘xshamoqda, xolos, lekin to‘-liq uning tusiga kirgan
emas. [Uchta] leksemasining ushta, [pochta] lekse-masining poshta deb talaffuz
qilinishi ham shu hodisaga misol bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: |