partonimik (part - qicm, bo‘lak), tur-jins munosabatlari giponimik (tur-jins) munosabatlar
deyiladi. Partonimik munosabatlarga kirishuvchi qismni ifodalovchi birliklar
partonimlar, giponimik munosabatga kirishuvchi jins nomlari giponimlar deyiladi. Butunlik totonim va tur nomi giperonim deyiladi.
O‘xshashlik (paradigmatik) munosabatlari o‘zaro teng (pog‘onali
munosabatdagi [daraxt] va [tana], [daraxt] va [gilos] birliklari semantik
qamrovi jihatdan teng emas edi), bir umumiy belgi asosida birlashib, qator
hosil qiluvchi, ammo o‘ziga xos belgilarga ko‘ra farqlanib turuvchi
birliklarning o‘zaro muno-sabatini ifodalaydi.
Yuqorida aytilganidek, paradigma a’zolari o‘zaro teng bo‘lib, nutqda bir
xil o‘rinni egallaydi va bir xil xususiyatlarga ega bo‘ladi. Berilgan misoldagi
[Salim], [Karim], [Halima] so‘zlari o‘zaro teng, bir xil o‘rinda kela oladi, biroq
o‘zaro farqlarga ham ega.
O‘zaro o‘xshashlik munosabatlarida bo‘lgan birliklarning bir-biri bilan
farqli xususiyatlari asosida qarama-qarshi qo‘yilishi ziddiyat (oppozitsiya),
ziddiyatga kirishayotgan paradigma a’zolari ziddiyat a’zolari deyiladi.
Ziddiyatdagi birliklar o‘zaro ma’lum bir belgi asosida qarama-qarshi qo‘yiladi.
Bu belgi ziddiyat belgisi deb yuritiladi.
Lisoniy ziddiyat va uning asosiy turlari. Lisoniy paradigmaga
birlashuvchi birliklar, paradigma a’zolari orasidagi munosabatlar lisoniy
ziddiyat deyiladi. Ziddiyat (ar.qarama-qarshilik: var.oppozitsiya. lat.oppositio-
qarama-qarshi qo‘yish) lisoniy birliklarning ifodalanmi-shidagi farqlarga
muvofiq ifodalovchilarining va, aksincha, ifodalovchilardagi farqlarga muvofiq
ifodalanmishlarining muhim lisoniy farqlanishidir. Masalan, [b] va [t]
fonemalari orasida ziddiyat mavjud bo‘lib, shunga muvofiq, (bosh) va (tosh)
birliklari orasida shakliy-mazmuniy qarama-qarshilik munosabati amal qiladi.
Yoki «birlik son», «ko‘plik son» orasidagi semantik ziddiyat (kitob) va
(kitoblar) birliklarida ham shakliy (formal), ham mazmuniy (semantik)
farqlarni keltirib chiqaradi.
Tabiat, jamiyat va tafakkurdagi mavjudlik va taraqqiyotning asosiy omili
qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni bo‘lganligi kabi lisoniy
paradigmalarda birliklarni bir-biriga bog‘lab turuvchi, paradigmalarning
yashovchanligini ta’minlovchi omil lisoniy ziddiyatlardir. Demak, lisoniy
ziddiyatlar falsafiy qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunning tildagi