7-ma’ruza. Hozirgi o’zbek adabiy tilida urg’u va bo’g’in Mavzu bo’yicha tayanch tushunchalar


Mavzu: Urg`u va uning turlari (5-sinf)



Yüklə 98,9 Kb.
səhifə8/33
tarix12.07.2023
ölçüsü98,9 Kb.
#136415
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
ONA TILI OCHIQ MASHG`ULOT

Mavzu: Urg`u va uning turlari (5-sinf)
Maqsad: -o`quvchilarga urg`u va uning turlari haqida tushuncha berish;
-o`quvchilarda o`zaro hurmat, hamkorlik tuyg`ularini shakllantirish;
-mashqlar bajarish orqali o`quvchilarda mantiqiy fikrlash malakasini rivojlantirish;
Darsning turi: bilim va ko`nikmalarni rivojlantiruvchi;
Darsning uslubi: kichik guruhlarda ishlash, klaster;
Darsning jihozi: ona tili darsligi, elektron darslik,kompyuter videoproyektori, rag`bat kartochkalarri.
Darsning borishi:
Dars tarbiyaga chaqiruvchi daqiqa bilan boshlanadi. Unda o`quvchilar ta`lim-tarbiyaga oid maqollar, hikmatli so`zlar o`qishadi. O`qituvchi o`quvchilarning fikrini umumlashtirib, inson hamisha xalqning, yurtning xizmatida bo`lishi lozimligi, shundagina u barchaga ibrat bo`la olishini uqtiradi.

1-savol
Bo`g`in deb nimaga aytiladi?




2-savol
Bo`g`inlar soni nimaning soniga teng keladi?




3-savol
Ochiq bo`g`in nima?




4-savol Yopiq bo`g`in nima?




5-savol
Bir tovushdan iborat bo`lgan bo`g`inlar keyingi qatorga
ko`chiriladimi?




6-savol
Sh,Ch,ng harflar birikmasini ajratib ko`rsatish mumkinmi?

So`ng uyga berilgan 450-mashq tekshiriladi. O`quvchilar o`zlari haqida yozgan tarjima hollaridagi bo`g`in ko`cherish qoidalari kuzatib chiqiladi. O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga tarqatmalar beriladi. Tarqatmalarda quyidagi savollar bo`lishi mumkin.
2 o`quvchi o`tilgan mavzuni “Klaster” usuli yordamida yoritib beradi. Masalan:
O`qituvchi o`tilgan mavzuni mustahkamlaydi.
Yangi mavzu bayoni:
Darslikda berilgan topshiriqlar o`quvchilar yordamida bajariladi. Quyidagi berilgan so`z bo`g`inlarining talaffuziga e`tibor berib, qaysi bo`g`in boshqalariga nisbatan kuchliroq aytilishini aniqlanadi.
Bo-la-lar, mak-tab-ga, so`z-la-di.
2-topshiriq slayd orqali ko`rsatiladi:

ot fe`l
Tug-ma Tug-ma
Ol-ma Ol-ma
Ko`z-lar Ko`z-lar
So`z-lar So`z-lar
Suz-ma Suz-ma

Yuqoridagi so`zlar bo`g`inlardan birining boshqasiga nisbatan cho`ziqroq aytilishi bilan farqlanishi aytiladi.
Quyidagi ta`rif videoproyektorda korsatiladi:

So’z bo’g’inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so’zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga urg’u deyiladi.


Urg’u ikki hil bo’ladi:1)so’z urg’usi; 2) gap urg’usi.So’z bo’g’inlaridan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi so’z urg’usi deyiladi.
Tilimizda so’z urg’usi ko’pincha so’zlarning oxirgi bo’g’iniga tushadi.So’zda bo’g’inlar ko’payishi bilan urg’u ham oxirgibo’g’inga ko’chib boradi.Yozuvda urg’u tushgan bo’g’in yoki so’z tepasiga (’) belgisini qo’ish bilan ifodalash mumkin.
Masalan; dalà, dalalàr, dalalargà.

452-mashqda berilgan so’zlarning urg’usini qo’yib o’quvchilar yozuv daftarlariga ko’chirib yozadilar.
Mustahkamlash.
453-mashqda berilgan gaplarni o’quvchilar guruhlarga bo’linib bajaradilar. Ushbu mashq “Qaysi guruh epchil” o`yini tarzida o`tkaziladi. Har bir guruh a`zolari yozuv taxtasiga mashqda berilgan gap;arni yozadilar va urg`uga ko`ra farqlanayotganini aytadilar.
1-guruh:
Chin inson birovga yaxshilik ko`zlar.
Ko`zlar inson qalbining oynasidir.
2-guruh:
Bog`lar yil sayin ko`payib bormoqda.
Balki endi arqonni mahkamroq bog`lar
3-guruh:
O`zbek qizlariga atlas ko`ylak juda yarashadi.
Geografiya o`qituvchimiz darsga atlas olib kirdi.
O`quvchilarga milliy bayramlar haqidagi rasmlar ko`rsatiladi.
O`quvchilar ushbu rasmlarga qarab so`zlar aytadilar va urg`u qaysi bo`g`imga tushayotganligini aytadilar.
O`qituvchi o`quvchilarni bergan javoblaridan ur`gu va uning turlari haqidagi fikrlarini xulosalaydi. Darsda faol ishtirok etgan guruh va o`quvchilarga ularning to`plagan rag`bat kartochkalariga qarab ball qo`yadi.

Yüklə 98,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin