16. Bog’langan qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang
A) Mashrab shuni yaxshi biladiki , o’rtog’I uni aldamaydi
B) Yo yerning kuchi yo’q , yo urug’ yaxshi emas
C) Bu uyda na Ashirdan , na Soatdan – hech kimdan darak yo’q
D) Kun issiq edi , shuning uchun soyada bir oz dam olishni xohladik
17. Rustam supaga joy qildirib berdi-da , o’zi qayyoqqadir ketdi. Ushbu bog’langan qo’shma gapning qismlari qaysi bog’lovchi vosita yordamida bog’langan?
A) Biriktiruv bog’lovchisi yordamida
B) Ohang yordamida
C) Yuklamalar yordamida
D) Shart mayli qo’shimchasi yordamida
18.Bog’langan qo’shma gaplar qismlari o’zaro qaysi bog’lovchi vositalar yordamida birikadi?
A) Teng boglovchilar , ohang
B) Teng bog’lovchilar, bo’lsa , esa so’zlari , yuklamalar
C) Bo’lsa , esa so’zlari , yuklamalar
D) Shart mayli qo’shimchasi, deb so’zi, teng bog’lovchilar
19. Biriktiruv bog’lovchilari qanday munosabatda bo’lgan qo’shma gap qismlarini bog’laydi?
A) Payt , sabab- natija
B) Shart , payt
C) Zid va qiyoslash
D) O’xshatish va qiyoslash
20. Anor so’zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar… Berilgan gapda qismlar o’rtasida qanday munosabat ifodalangan?
A) Payt , ketma-ketlik
B) Sabab-natija
C) O’xshatish – qiyoslash
D) O’zaro zid munosabat
21.Biriktiruv bog’lovchili boglangan qo’shma gap ifodalangan qatorni aniqlang
A) Lolalar uchun oftob yahshidir, Bolalar uchun odob yahshidir.
B) Ko’m ko’k tog’li yaylovlarda o’tov oqaqrib, yeru ko’kni podalarning shovqin suroni tutdi.
C) O’ziga berilgan aqlsiz tentak bo’lsa, o’zini bezagan xushro’y satangdir.
D) Chor atrofda esardi yellar , Va bog’larda qushlar chiyillar
22. Zidlov bog’lovchilari qo’shma gaplarning qaysi qismida keladi?
A) Birinchi qism boshida
B) Birinchi qism oxirida
C) Ikkinchi qism oxirida
D) Ikkinchi qism boshida
Dostları ilə paylaş: |