29. Ergash gapning vazifasi nimadan iborat?
A) Mazmuni izohlanayotgan gap
B) Bosh gapning mazmunini izohlayotgan gap
C) Murakkab qo’shma gapning asosiy qismi
D) Korsatish olmoshi istirok etgan gap
30. Ergashgan qo’shma gap qismlari bilan so’z birikmasi qismlari o’rtasidagi o’xshashlik nimada?
A) Qismlar tarkibida
B) Doimo ergash gapning birinchi kelishida
C) Har ikkalasida ham mazmun asosiy o’rinda emasligida
D) Bog’lovchi vositalarida
31. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini bildirgan gaplar qaysi ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida bog’lanadi”
A) deb so’zi
B) negaki,chunki
C) toki
D) uchun
32.Qaysi ergashtiruvchi bog’lovchi yordamida qo’shma gap qismlari o’zaro bog’langanda ergash gap bosh gapdan avval keladi?
A) Sabab-maqsad boglovchilari
B) Qiyoslash-chog’ishtirish bog’lovchilari
C) Faqat sabab boglovchilari
D) Shart ergashtiruvchi boglovchilari
33. Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz , toki boshqa qaytarilmasin
Berilgan qo’shma gap qismlari o’zaro qaysi ergashtiruvchi bog’lochilar yordamida bog’langan?
A) Maqsad ergastiruvchi bog’lovchilari
B) Sabab ergashtiruvchi bog’lovchilari
C) Shart ergashtiruvchi bog’lovchilari
D) Qiyoslash-chog’ishtiruv ergashtiruvchi bog’lovchilari
34. “Deb” so’zi yordamida bog’lanadigan ergash gaplarning kesimi qanday shaklda bo’ladi?
A) II shaxs buyruq mayli shklida
B) III shaxs shart mayli shaklida
C) I shaxs buyruq mayli shaklida
D) III shaxs buyruq mayli shaklida
35.Ergashgan qo’shma gap qismlari “deb” so’zi yordamida bog’lansa , ergash gaplar qanday ma’noni ifodalaydi?
A) Sharti,natija ma’nosini
B) Maqsad va sabab ma’nosini
C) Holat ma’nosini
D) Daraja- miqdor ma’nosini
36. Deb so’zi yordamida hosil bo’lgan ergashgan qo’shma gapda ergash gapning o’rnini belgilang
A) Bosh gapdan oldin keladi
B) Bosh gapdan keyin keladi
S) Bosh gap o’rtasida keladi
D) Ushbu gap tarkibida ergash gap qatnashmaydi
Dostları ilə paylaş: |