Issiq (arid) xududlardagi sahrolar, qoyalar va sohillardagi qumliklarr kumliklar
18,2
12,2
6
O‘rmonlar bilan qoplangan erlar.
40,3
27,0
7
Tabiiy o‘tloqlar va bo‘tazorlar bilan qoplangan erlar
28,5
19,0
8
Dehqonchilik bilan band erlar
19,0
13,0
9
Aholi yashash joylari va sanoat binolari bilan band bo‘lgan erlar
3,0
2,0
10
Eroziya, sho‘rlanish, botqoqlanish va boshqa omillar tufayli vujudga kelgan tashlandiq erlar
4,5
3,0
Hammasi:
149,0
100,0
Quruqlikning tabiiy-tarixiy jarayonlarda o‘zgargan yuza, g‘ovak, unumdor qatlami tuproq deyiladi. Tuproq to‘g‘risidagi fanning asoschisi akademik Dokuchaev V.V. fikri bo‘yicha tuproq - bu mustaqil tabiiy-tarixiy jismdir va u borligicha o‘rganilishi kerak. Tuproq qo‘yidagi tuproq hosil qiluvchi agentlarning o‘zaro faoliyatlari yig‘indisi funksiyasidir: joyni iqlimi, uning o‘simliklari va tirik organizmlari, er tuzilishi va uni yoshi, mutloq (absolyut) balandligi va tuproq hosil qiluvchi ona tog‘ jinslari.
Tuproq hosil bo‘lishi o‘ta murrkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. O‘rta hisobda 1,5-2 sm qalinlikdagi tuproq qatlamining hosil bo‘lishi uchun 100 yil vaqt zarur bo‘ladi. Tuproqlarning o‘rtacha qalinligi 18-20 sm ni tashkil etadi. Ba’zi xududlarda bir necha millimetrlardan 1,45-2,0 metrgacha etishi ham mumkin.
Tuproq turlari kutblardan ekvatorga hamda tekisliklardan tog‘larga qarab iqlim o‘zgarishi bilan qonuniy ravishda o‘zgarib boradi. Mo‘‘tadil mintaqaning yillik yog‘ingarchiligi 500-600mm bo‘lgan o‘rmon cho‘llarida chirindi (gumus) ga boy (10%gacha) eng unumdor, qo‘ng‘ir, qora tuproqlar tarqlgan. Markaziy Osiyoning dasht va yarim dashtlarida o‘simliklarning tabiiy sharoitda rivojlanishi uchun namlik etishmaganligi sababli, kam (1-2%) gumusli kul rang, bo‘z tuproqlar tarqalgan. Geologik zamin , relef va iqlimning o‘zgarishiga qarab, har erning o‘ziga xos tuproqlari, o‘simlik turlari va hayvonot dunyosi rivojlanadi.
Qishloq ho‘jaligida foydalanilayotgan erlarning atigi 4,5 mln gektari haydalma erlar bo‘lib, shundan 4,2 mln gektari sug‘oriladigan erlar hisoblanadi va mana shu maydonda yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 97%i etishtiriladi.
Tuproqning asosiy hususiyati – uning unumdorligi. Tuproq unumdorligi deb tuproqning o‘simlik va organizmlarning optimal yashash sharoitlari (ozuqa elementlari, suv, ildizlarini havo va issiqlik) bilan ta’minlay olish hususiyatiga aytiladi. Tuproq unumdorligi qisman tarkibidagi gumus, ya’ni chirindi mikdori bilan ta’minlanadi. Gumus tuproq hosil bo‘lishi jarayonida o‘simlik va boshqa organizmlarning qoldiqlarini murakkab qayta o‘zgarishi oqibatida hosil bo‘ladi. U tuproqning turli tashqi fizik, kimyoviy va biologik ta’sirlarga bulgan barqarorligi(chidamligi)ni ta’minlaydi.
Tabiiy jarayonlarda va inson hayotida tuproqlarning o‘rni beqiyosdir. U potensial energiyani, namlikni, ozuqa moddalarni to‘plash, o‘simliklar va boshqa ko‘plab organizmlarni zarur hayotiy sharoitlar bilan ta’minlash kabi muhim hususiyatlarga ega. Er yuzasiga etib keladigan 1020-1021kkal miqdordagi energiyaning 1017-1018kkaloriyasi tuproqda to‘planadi. Bundan tashqari, u kariyb barcha elementlarning geokimyoviy akkumulyatori bo‘lib, ularni suv va boshqa omillar ta’sirida yuvilib ketishidan saqlaydi. Tuproq juda ko‘plab organizmlar uchun o‘ziga hos yashash muhiti vazifasini bajaradi. Ayniksa, ko‘yi darajadagi mavjudotlar va xasharotlar hamda ko‘plab hayvonlarning hayoti tuproq bilan chambarchas bog‘likdir. Bir gramm tuproqda 1,5 mln gacha amyoba, infuzoriya, suv utlari kabi sodda organizmlar va 3 mlrd donagacha mikrob va bakteriyalar yashashi mumkin.
Tuproq biosferada kechadigan kariyib barcha jarayonlarda muhim komponent sifatida ishtirok etadi; biologik(kichik) modda aylanishida, ekotizim va biosferaning barqarorligini ta’minlashda etakchi o‘rin tutadi. Uning ekologik ahamiyatlaridan biri shuki, u biosferadagi o‘z-o‘zini tozalash jarayonida asosiy rol uynaydi, atrof-muxitni ifloslovchi juda kuplab moddalarga nisbatan tabiiy, universal, biologik adsorbent va neytralizator hisoblanadi. Tuproq iqtisodiy, hayotiy va ekologik ahamiyatiga ko‘ra hech narsaga tenglashtirib bo‘lmaydigan tabiiy resursdir.