7 ma’ruza: litosferani muhofaza qilish reja: Litosfera va tuproq tushunchasi



Yüklə 22,98 Kb.
səhifə4/5
tarix16.05.2023
ölçüsü22,98 Kb.
#114580
1   2   3   4   5
EKO. 7-ma\'r.

Bo‘ylama eroziya deb, nishablik erlarda yog‘in-sochin yoki sug‘orish suvlarining torroq maydonda kuchli oqim vujudga kelishi tufayli tuproqni bo‘lama (tik) yo‘nalishida emirilshiga aytiladi. Bunda ko‘pincha jarliklar hosil bo‘ladi, shuning uchun bu hil eroziyani jarlanish ham yuritiladi.
Dengiz, daryo, ko‘l va suv omborlari kabi suv xavzalarining qirg‘oqlarini suv to‘lqinlari ta’sirida emirilishi abraziya deyiladi. Bu jarayonda ham suv havzalariga tutash er maydonlarining qisqarishi, unumdorligining pasayib ketishi, turli ishlab chiqarish inshootlarining buzilishi kabi salbiy xolatlar yuzaga keladi.
Tuproqlarning ekologik holatini og‘irlashtiruvchi jarayonlaridan yana biri sho‘rlanishdir. SHo‘rlanish deb tuproqning o‘simliklar o‘sadigan yuqori qatlamlarida (2 metrgacha) ekinlar va boshqa organizmlarga zarali bo‘lgan oson eruvchan tuzlarning m’yoridan ortiqcha to‘planishiga aytiladi.
Tuproqning ikki xil sho‘rlanishi mavjud: birlamchi sho‘rlanish, ya’ni tuproq hosil qiluvchi tog‘ jinsi tarkibidagi tuzlar hisobiga va ikkilamchi sho‘rlanish – qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish jarayonida er osti suv sathining ko‘tarilishi va uni bug‘lanishi natijasida hamda sho‘rrok suv bilan sug‘orish natijasida yuz beradi.
Tuproqlarni sho‘rlanishi sug‘oriladigan dehqonchilikning rivojlanishini cheklovchi sabablardan biridir. Qadimdan sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlangan hududlarda tuproq kuchli sho‘rlangan. Masalan, Irokda sugoriladigan maydonlarning 50%ga yakini, AQSHda 27%dan ortig‘i sho‘rlangan. O‘zbekistonda sug‘oriladigan dehqonchilik 1955-1990 yillarda jadal rivojlandi. SHu davr mobaynida 1 million gektardan ortiq yangi erlar o‘zlashtirildi. Bunda qishloq ho‘jaligi oborotiga sho‘rlangan va qiyin melioratsiyalanadigan erlar jalb etildi. Bu keyingi 15-20 yil davomida sho‘rlangan erlar maydonining 0,8 million gektarga oshishiga va 2,0 million gektarga etishiga sabab buldi, bundan 0,85 million gektari o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan erlardir. Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari erlari ko‘proq sho‘rlangan.
Tuproqning botqoqlanishi asosan agrotexnika qoidalariga to‘lik rioya qilinmasligi va zovurlarning yuqori samaradorlik bilan ishlamasligi natijasida yuz beradi.
Tuproqning ifloslanishi deganda tuproqka antropogen faoliyatlar tufayli turli yot modda va jinslarning, patogen organizmlar va oqova suvlarning qo‘shilishi oqibatida uning hususiyatlarining yomonlashuvi, sifatining buzilishi va unumdorligining pasayib ketishi kabi kompleks salbiy jarayonlar tushuniladi. Bu jarayonlarining ekologik jihati shundaki, ifloslanish oqibatida tuproqlarning biosferadagi asosiy funksiyalari izdan chiqadi va bunday tuproqlar o‘zi atrof-muhitni ifloslovchi manbaga aylanib qoladi.
Tuproqni muhofaza qilish. Tuproq eroziyasi va deflyasiyasining oldini olish va ularga qarshi kurashning erlarni muhofazalashdagi markaziy masalalardan biri hisoblanadi. Eroziyaning oldini olishga karatilgan tadbirlar qo‘yidagi 4 ta guruhga bo‘linadi:

1. Tashkiliy-xo‘jalik tadbirlari - erdan foydalanish xududlarini to‘g‘ri tashkil etish, ya’ni erlarning tuproq iqlim sharoitlari, qanday xildagi eroziyaga uchraganligi va eroziyalanish darajasiga karab, erdan foydalanishning tabaqalashtirilgan rejalarini tuzish va ular asosida eroziya va deflyasiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish usullarini belgilashga oid chora-tadbirlar kiradi. Ular er maydonlaridan foydalanish maqsadlarini aniqlash, ekinlar turi va ularning o‘zaro nisbatini belgilash, sug‘orish, ug‘itlash koidalarini belgilash, ishlov berish va ekin ustirish texnologiyalarini (texnologik harita) tuzish, chorva hayvonlarini boqishni tartibga solish, dehqonchichilik mashinalarini tanlash kabi bir kator tashkiliy-xo‘jalik ishlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, ko‘p yillik utsimon ekin(beda) bilan koplangan tuproqning eroziya ta’sirida yuvilishi 0 ga teng deb olinsa, bir yillik kam ishlov talab ekinlar (bug‘doy, ozuqa o‘tlari) o‘stirilgan tuproqlarda yuvilish 4-5 marta, ko‘p ishlov talab ekinlar (g‘o‘za, makkajo‘xori, kartoshka) o‘stirilgan tuproqlarda yuvilish 25 marta yukori bo‘ladi. Eroziyaga moyil engil(engil kumoq, kumloq, qumli) tuproqlarda ko‘p yillik o‘tsimon ekinlar xissasining 50% atrofida bo‘lishi yaxshi samara beradi.
2. Agrotexnik tadbirlar Bu guruhga er yuzasining tuzilishi(relefi) va tuproqlarning boshqa hususiyatlariga mos ravishda eroziyaga qarshi o‘llanadigan agrotexnik tadbir­lar kiradi. Erlarni nishablikka nisbatan kundalangiga haydash va ishlov berish, erlarni chuqur kazib, ag‘darmasdan, yuzasida o‘simlik qoldiklarini qoldirib haydash, kundalang nam tutuvchi egatlar barpo etish, ko‘p yillik yoki serildiz o‘simliklardan kundalang himoya mintaqalari barpo etish, tuproqni optimal g‘ovakligi va suv utqazuvchanligini ta’minlash, sug‘orishda egatlar uzunligi, suv sarfi va sug‘orish usullarini tug‘ri belgilash, yomg‘irlatib, tomchilatib, er ostidan sug‘orish usullarini ko‘llash, ug‘itlash norma va muddatlarini tug‘ri tashkil etish, organik ug‘itlardan ko‘proq foydalanish, tuproq yuzasini mustahkamlovchi kimyoviy vositalarni qo‘llash, ekinlarni plenka ostiga ekish, o‘simlik qoldiklari bilan mulchalash, bo‘ychan, zich usadigan ekinlardan shamolga qarshi kulislar vujudga keltirish, sershamol mavsumlarda tuproq yuzasini nam saqlash, ekin qatorlarini shamolga ko‘ndalang joylashgirish va boshqa yuqori unumli agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida ko‘llash orqali eroziya va deflyasiyaga qarshi yuqori samaraga erishish mumkin.
3. O‘rmon-meliorativ tadbirlar. Bu guruxga tuproqlarni eroziya va deflyasiyadan himoyalovchi o‘rmonzorlarni saqlab qolish va yangidan barpo etish, jarliklarning kengayishini oldini oluvchi daraxtzorlarni vujudga keltirish, sha­molga karshi ihotazorlar barpo etish, qumliklarni ko‘chishdan saqlovchi va mustaxkamlovchi o‘simlik qoplamini shakllantirish, suv havzalarini himoyalovchi daraxtzorlarni barpo etish va boshqa shu kabi o‘rmonchilikka daxldor tadbirlar kiradi. Tuproqlarni deflyasiyadan himoyalashda ihotazorlarning ahamiyati kattadir. Ularning shamoldan himoyalovchi ta’siri daraxt turi va balandligi, zichligi hamda tuproqning hususiyatlariga qarab 400 metrgacha etishi mumkin. O‘zbekis­ton sharoitida balandligi 6-8 metrga etgan ixotazor 60-250 metrgacha masofadagi tuproqni shamoldan saqlay oladi. Qumliklarni shamol ta’sirida ko‘chishidan saqlashda fitomelioratsiya, ya’ni selen, shuvoq, yulrun, qum qiyog‘i va boshqa cho‘l o‘simliklardan tashkil topgan mustaxkam o‘simlik koplamini vujudga keltirish hamda saksovul, kandim, kuyonsuyak kabi cho‘l butalaridan o‘rmonzorlar bar­po etish yaxshi samara beradi.

Yüklə 22,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin