7-ma’ruza. Masofali oʻqitishni tashkil etish va ommaviy ochiq onlayn kurslar. Reja



Yüklə 35,13 Kb.
səhifə3/6
tarix21.12.2023
ölçüsü35,13 Kb.
#188417
1   2   3   4   5   6
7-mavzu (4)

Uzoqlashgan auditoriyalar. Ushbu modelda informatsion va kommunikatsion imkoniyatlar keng foydalaniladi. Bitta o‘quv muassasada bo‘lib utgan o‘quv kurslar videokonferentsiyalar, radiotranslyatsiyalar va telekomunakatsion kanallar orqali sinxron telekursatuvlar kurinishida boshqa auditoriyalarga uzatiladi. Aralashgan model bilan farqi shundaki, bu modelda o‘quvchilar kunduzgi ta’limda qatnashmaydi.
Bu modelga misol qilib AQShning Viskonsing Universitetidagi va Xitoyning markaziy radio va televidenie Universitetidagi ta’limni olish mumkin.
Proektlar. Ushbu model davlat yoki ilmiy izlanish maqsadidagi dasturlarni bajarish uchun yaratiladi. Asosiy ish masofaviy ta’lim mutaxassislari va pedagoglar to‘plangan ilmiy-metodik markazga tushadi. Ushbu modelda yaratilgan kurslar aholining katta qismiga namoyish qilinib o‘z vazifasini bajargandan keyin to‘xtatiladi.
Bu modelga misol qilib Afrika, Osiyo va Lotin Amerikadagi rivojlanmagan mamlakatlarida o‘tkazilgan qishloq hujaligi, soliqlar va ekologiya haqidagi utkazilgan har xil kurslar bo‘lishi mumkin.

Masofaviy ta’limning yutuqlari va kamchiliklari.


Masofaviy ta’limning o‘zini metodik, iqtisodiy, sotsial yutuqlari va afzalliklarga hamda o‘zining kamchiliklari va salbiy tomonlarga ega.

Metodik yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:


      1. Dars jadvalining qulayligi. O‘quvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan vaqtda o‘quv jarayoniga qatnashishi mumkin.

      2. Qulay foydalanish manzillari. O‘quvchi internet kafe, uy, mexmonxona, ish joyida va boshqa joylardan o‘quv jarayoniga qatnashishi mumkin.

      3. Qulay o‘qish tempi. Ta’lim, o‘quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida utkaziladi.

      4. Qulay o‘quv reja. O‘quv rejani talabalarga individual va davlat ta’lim talablariga mos holatda tashkil qilish mumkin.

      5. Ma’lumotlar bazasini to‘planishi. Oldingi o‘qigan talabalar bilimlarini to‘plash va undan foydalanish imkoniyati.

      6. Ko‘rgazmali qulayliklari. Multimediya imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkoniyati.

      7. Malakali o‘qituvchilarni tanlab ta’lim jarayoniga jalb qilish.

Yüklə 35,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin