7-ma’ruza mavzusi: Hozirgi o‘zbek tili vokalizmi va konsonantizmi p f. n. N. G‘. Alavutdinova



Yüklə 21,52 Kb.
səhifə4/9
tarix26.06.2022
ölçüsü21,52 Kb.
#62309
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘zbekiston milliy universiteti horijy filologiyasi fakulteti O‘-www.genderi.org

Qiyos qiling:

Kir(iflos)-kыr(adir)-


Qadimgi va eski turkiy tillarda
Kir(iflos)-
qir(adir)-eski o’zbek va hozirgi o’zbek tillarida


Vokalizm — muayyan tilining unlilari tizimidir
O‘zbek tilshunosligida hozirgi o‘zbek adabiy tili unlilari miqdori masalasida ikki xil fikr mavjud:


Birinchi fikrga ko‘ra O‘zbek adabiy tili vokalizmi 6 ta fonemani - i, e, a, u, o‘, o tovushlarini o‘z ichiga oladi.(Bu fikr tarafdorlari qatorida Y.D.Polivanov,A.K. Borovkov, V.V.Reshetov, A.G‘.G‘ulomov, Sh.Shoabdurahmonov,F.Kamolov,A.Mahmudov,S.Otamirzayeva, Abduazizov,A.Nurmonov,Sh.Rahmatullayev va boshqalar).

Ikkinchi fikrga ko‘ra hozirgi o‘zbek tili vokalizmida 8-9 ta unli mavjud bo‘lib,ular eski o‘zbek tilida va hozirgi qipchoq lahjalarida bo‘lganidek, kontrast juftliklarni hosil qiladi, shundan kelib chiqib,adabiy til vokalizmi va alifbo masalalari qayta ko‘rib chiqilishi ,alifboga qo‘shimcha harflar kiritilishi kerak (Bu fikr tarafdorlari qatorida X.Doniyorov,B.To‘ychiboyev,M.Valiyev.)

.

Hozirgi adabiy o‘zbek tilining ovoz tovushlar tizimi – olti a’zoli: i, u, a, â, e, o. Ovoz tovushning boshqa tur tovushlardan farqli xususiyatlaridan biri shuki, yolg‘iz o‘zini talaffuz qilish mumkin. Boshqa tur tovushlar ovoz tovush qo‘shibgina talaffuz qilinadi; bu xususiyat, masalan, tovushlarning alifbodagi nomlanishida ochiq ko‘rinadi: a, lekin be deyiladi.


Ovoz paychalarining ritmik tebranishi bilan hosil bo‘ladigan ovoz og‘iz bo‘shlig‘i rezonatori ta’sirida u yoki bu tovushga aylanadi. Ovoz tovushning shakllanishi tilning va lablarning harakat-holatiga bog‘liq.
Sh.Rahmatullayev

.


  • Prof.A.Abduazizov va prof.A.Nurmonovning ta’kidlashlaricha, unlilarning lablangan va lablanmaganlik hamda tilning vertikal harakatiga asoslangan belgilari fonemalarning fonologok xususiyatlarini ifodalaydi. Tilning gorizontal harakati esa fonologik jihatdan ahamiyatsiz bo‘lib,fonemaning asosiy belgilari qatoriga kirmaydi, chunki ularning old qator va orqa qator bo‘lishi lablarning ishtirokiga va turli kombinator-pozitsion omillarga bog‘liqdir.

  • Lablanmaslik tilning tishlar tomon siljishini ,lablanish esa tilning tishdan orqaga tortilishini taqozo etadi. Demak,old qator (i,e,a) va orqa qator (u,o‘,o) unlilarning fonologik xususiyatlari lablar ishtirokisiz namoyon bo‘lmaydi.

Yüklə 21,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin