Undosh fonemalarning paradigmatik tavsifida ularning konsonantizm sistemasi ichidagi strukturasi (aloqa-munosabatlari) va shu munosabatlardan kelib chiqadigan funksional xususiyatlar (so‘z va morfemalarni farqlash jihatlari) izohlanadi.Bunday tavsif fonemalarning kuchli pozitsiyalardagi yoki bir xil fonetik qurshovdagi belgi-xususiyatlarini va vazifalarini qiyoslashga asoslanadi.
Undosh fonemalarning sintagmatik tavsifi fonemalarning nutq oqimidagi o‘rni, bo‘g‘in yoki morfema tarkibidagi taqsimoti bilan bog‘liq ravishda ularning kuchsiz pozitsiyalardagi variantlanishi kabi holatlar izohlanadi.
SAVOLLAR:
1. Konsonantizm nima?
2. Tovush fokusi nima? O‘zbek tilining qaysi tovushlari ikki fokusli?
3. Undosh fonemalar qaysi belgilar asosida tasnif qilinadi?
4. O‘zbek tili konsonantizmiga oid qanday munozarali masalalar mavjud?