haraktlanuvchi jismga qo‟yilgan kuch yo‟qolmasligini va harakatga biror qarshilik
bo‟lmasa harakatning cheksizligini isbotlagan.
Abu Yusuf al-Xorazmiy (X asr) "Injenerlik mexanikasini bilish"
kitobi va
Muhammad al-Xurosoniyni "Suv g‟ildiraklari va suvni yuqoriga chiqarish va uni
amalga oshirishda ishlatiladigan mexanik moslamalar" asarlari diqqatga
sazovordir. XV asrning oxiri va XVI asrning boshida yashagan6 Italg‟ya olimi
Leonardo Da Vinchining nazariy va amaliy mexanika sohasida yahni richaglar
nazariyasi, jismlarning og‟irlik
markazini topish, jismlarning qiya tekislikda
harakat kuchlarini qo‟shish va ajratish ishqalanish koeffitsientini aniqlash, zarbalar
nazariyasi, jismlarni harakati inertsiyaga oid ishlari maqtovga sazovordir.
Mashhur italg‟ya olimi Galilio Galiley (1564-1642) mayatnikning tebranish,
jismning o‟z og‟irligi tahsirida harakatlanishi qonunlarini va boshqalarini kashf
etib, mexanika faniga, ayniqsa dinamikaga asos solgan edi. Galiley bo‟shliqda
jismning tushishi qonunlarini aniqlab berish bilan bir qatorda,
bir tekis
harakatlanmaydigan nuqtaning to‟g‟ri chiziqli harakati vaqtida tezlik va
tezlanishlar bo‟lishini birinchi bo‟lib mexanikaga kiritgan ulug‟ olimdir.
U dinamikani birinchi qonuni bo‟lgan inertsiya qonunini tariflab berdi va
bo‟shliqda gorizontga nisbatan mahlum burchak ostida otilgan jism
traektoriyasining paraboladan iborat bo‟lishini ko‟rsatdi.
Frantsuz matematigi Blez Paskalni (1623-1662) suyuqliklar haqida olib
borgan ishlari gidravlik jarayonlar barpo etilishida katta rol o‟ynadi.
Mashhur ingliz olimi Isaak Ng‟yuton (1643-1727) yaratgan
qonunlari haligacha
o‟z kuchini yo‟qotgani yo‟q. Ng‟yutonning I-II va III-qonunlari va butun olam
tortishish qonuni bunga yaqqol misoldir.
XVIII asrda Frantsiyada Vakason, SHvetsiyada ota-bola Dro, Rossiyada
Kulibin ajoyib mexanizmlar yaratdilar.
Ioganni Bernulli (1667-1748) kinetik energiyaning o‟zgarishi to‟g‟risidagi
qonunni topdi va Daniel Bernulli (1700-1782), ayni
bir vaqtda harakat miqdori
momenti o‟zgarishi to‟g‟risidagi nazariyani tahriflab berdi.
Bu ishlarni 1743 yilda Dalamber rivojlantirib Dalamber printsipini yaratdi
va murakkab aloqali mexanikaviy sistemalar dinamikasini o‟rganishga yo‟l ochdi.
1771-yili mashhur Frantsuz olimi Kulon "Oddiy mashinalar nazariyasi"
degan asarni yozdi. 1794-yilda ko‟zga ko‟ringan frantsuz olimi Gaspar Monj
Parijda politexnika maktabini tashkil qildi. Bu maktabda jahonda birinchi marta
mexanizmlar nazariyasi kursi o‟qitila boshlandi.
Mashhur rus mexanigi akademik Pafnutiy Levovich CHebishev
mexanizmlar nazariyasi sohasida ko‟pgina ishlar qildi.
XIX asrda yashagan progressiv rus olimlaridan akademik M.V.
Ostragradskiy, A. Vishnegradskiy va professor N. P.
Petrov nazariy mexanikani
mexanizm va mashinalar nazariyasiga tadbiq qilish sohasida fanga katta hissa
qo‟shdilar.
I.A.Vishnegradskiyning shogirdi V.L.Kirpechiv (1845-1913) kinematika
sohasida, N.E.Jukovskiy (1845-1921) dinamika sohasida I.V.Mishcherskiy (1859-
1935) o‟zgaruvchan massali nuqta dinamikasi degan mashhur ishi bilan raketalar
harakatiga asos soldi, o‟zgaruvchan massali jism mexanikasini yaratdi.
Peterburg fanlari akademiyasining akademigi Ya. German 1916 yilda
dinamik masalalarni statik masalalarga keltiruvchi
mexanika printsipini ishlab
chiqdi.
Professor P.I.Somovning (1852-yilda tug‟ilgan) mexanizm va sintezga oid
asarlari, N.I.Mertsalovning (1860-1948) fazoviy kinematik zanjirlarning
tezliklarini topish ishlari. Qishloq xo‟jaligi mashinalari mexanikasi sohasidagi
akademik V. P. Goryachkinning (1868-1935) xizmatlari g‟oyat kattadir.
Professor L.V.Assur (1878-1920) tekislikda harakat qiluvchi sterjenli
mexanizmlarning tuzilishi va klassifikatsiyasiga oid ilmiy ishlar olib borgan.
Oxirgi yillarda mashina va mexanizmlar nazariyasi sohasiga katta hissa qo‟shgan
olimlardan I.I. Artobolevskiy, U.U. Djuldosbekov, V.Zinovg‟ev, S.N.Kojevnekov,
M.N.Novikov, X.X. Usmonxo‟jaev va boshqalar hisoblanishadi.
Dostları ilə paylaş: