Yangi shart sharoitlar maxsus
boshqaruv va tekshiruv
mashinalarini
yaratishni talab etayapti. Masalan, ichki yonuv dvigatelidagi
porshen halqasini
razmerlari tekshirib turish, yahni faqat detalni o‟lchamini tekshirmasdan uni
o‟lchami orqali saralaydi va boshqa ko‟rsatkichlarni ham tekshiradi.
Aqliy mehnatni almashtiruvchi mashinalaridan
logik mashinalar
hozirgi
paytga kelib juda katta ehtiborga loyiq bo‟lib qoldi. Bu turdagi mashinalarga hisob
mashinalari, har xil jarayonlarni modellashtiruvchi, informatsiya beruvchi
mashinalar kiradi. Texnika rivojlanishi va aqliy mehnatni ko‟proq
qismini
mashinalarga yuklash jarayonida kibernetik mashinalar hayotimizda katta rol
o‟ynayapti.
Kibernetik mashinalar
ga odamni bahzi fiziologik funktsiyalarini almashtira
oladigan, masalan predmet yoki biron bir obrazni ajrata oladigan, akustik spektor
orqali odam ovozi bilan gapira oladigan, odamni
bahzi organini almashtira
oladigan (sunhiy yurak, buyrak, qo‟l, oyoq, umurtqa va boshqalar) har xil harakatni
odam buyrug‟i bilan bajara oladigan mashinalar kiradi.
Mashinalar yaratishda asosan quyidagi talablar qo‟yiladi:
1. Texnik talablar-bunda asosan mashinaning ish unumi yuqori bo‟lishi, aniq
harakat qilishi va sifatli mahsulot ishlab chiqarishi talab etiladi.
2. Konstruktsiyani ratsional bo‟lishi-bunda mashinaning ortiqcha og‟irlikdagi
qismlari bo‟lmasligi, materiallarni to‟g‟ri tanlash va detallardagi haqiqiy
kuchlarning optimal bo‟lishi talab qilinadi.
Dvigateldan, uzatish mexanizmidan va ish bajaruvchi mashinalardan va
bahzi hollarda tekshiruv-boshqaruv va hisoblash mashinalaridan tashkil topgan
qurilma,
mashina agregati
deyiladi.
Mashinalar mexanikasini, uni tuzilishini va ularga tahsir qilinayotgan
kuchlarni o‟rganish "mashinalar mexanikasi" kursi deyiladi.
Har qanday mashinalar mexanizmlardan tashkil topgan bo‟ladi.
Mexanizm
deb, bir yoki bir necha jismlar harakatini
kerakli boshqa bir
jismga uzatib beruvchi qurilmaga aytiladi. Hozirgi paytda mashinalarni tarkibida
shunday rang-barang mexanizmlar borki, bularni o‟rganish uchun ularni qanday
ishlarni bajarishiga qarab quyidagi ko‟rinishlarga bo‟lish mumkin.
a) Dvigatel va o‟zgartirish mexanizmlari;
b) uzatish mexanizmlari;
v) ijro etuvchi mexanizmlar;
g) tekshiruv, boshqaruv va
sozlash mexanizmlari;
d) yuklash tahminlash va ajratish (sortirovka) mexanizmlari;
e) avtomatik hisob va o‟lchov upakovka qilish mexanizmlari.
Asosiy ishni mashinaning ishchi organi bajaradi. Masalan. Generator
yordamida mexanikaviy energiya elektr energiyasiga aylantiriladi va bu energiya
ishchi organlarga uzatish mexanizmlar orqali uzatiladi. Ishchi organlar masalan
tikuv mashinasi ignasi, yer qazish mashinasida kovushi (kuragi) va boshqalardir.
Har qanday mashina mahlum foydali ish bajaradi. Ana shu tufayli foydali ish
bajarishi uchun mashinada quyidagi asosiy belgilar bo‟lishi kerak:
1. Mashina mahlum tartibda tuzilgan bo‟lishi;
2. Uning qismlari mahlum tartibda harakat qilishi;
3. Mashina tegishli foydali mexanik ish bajarishi shart.
Mashinada shu uch belgidan faqat ikkitasi bo‟lib, uchinchisi bo‟lmasa, u
holda mashina mexanizmga aylanadi. Demak, mexanizm foydali ish bajarmaydi va
energiyani bir turdan boshqa turga aylantirmaydi. Mexanizmning vazifasi mahlum
tartibda harakat qilish yoki harakatni uzatishdan iboratdir.
Mashina va mexanizmlar nazariyasini o‟rganishda,
avvalo shu mexanizm
tarkibida kiruvchi qismlar (zvenolar) absolyut qattiq jismlar deb ularni harakati
vaqtida shu qismlarda hech bir deformatsiya bo‟lmaydi deb faraz qilinadi.
Mashinasozlikda ishlatilayotgan barcha mexanizmlarning konstruktsiyasiga
qarab asosan quyidagi turlarga bo‟lish mumkin.
Mexanizmlar qattiq jismlardan iborat. Qattiq jism deganda faqat absolyut
qattiq emas shuningdek, qayishqok jismlar ham nazarga olinadi.
Mexanizmlarni hosil qiluvchi qattiq jismlar bo`g`inlar deb ataladi. Bo`g`in
nisbiy harakatlanmaydigan bir necha detallardan iborat bo`lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: