7-ma’ruza. Mexanizmlarning asosiy turlari va kinematik juftlar klassifikatsiyasi. Mexanizmlarning erkinlik darajasini aniqlash (2-soat). Reja


 Mashina va mexanizmlar nazariyasi (MMN) fani muammolari. Asosiy



Yüklə 118,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix26.12.2023
ölçüsü118,6 Kb.
#197846
1   2   3   4   5   6   7
7-Maruza

1.2. Mashina va mexanizmlar nazariyasi (MMN) fani muammolari. Asosiy 
tushunchalar
Mexanizm va mashinalar nazariyasi fanini o‟rganish oldidan, bu fanning 
rivojlanish tarixi bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Mexanizm va mashinalar 
nazariyasi fanining rivojlanishi kishilik jamiyati madaniyati tarixi bilan bog‟liqdir. 
Qadimgi zamonlardan beri saqlanib kelayotgan ajoyib binolar arxitektura 
yodgorliklari o‟sha zamon xalqlarida mashina va mexanizmlar haqida zo‟r 
tushuncha bo‟lganligidan dalolat beradi. 
Mexanika sohasida eramizdan oldingi 384-322 yillarda Aristotel nomi bilan 
bog‟liq bo‟lgan richag, pona va blok kabi elementar mexanizmlar, mashinalar 
nazariyasi asosida yaratilgan. Aristotelg‟ o‟z asarida yuqorida zikr etilgan oddiy 
mexanizmlar nazariyasini yaratgan edi. SHunday oddiy mashinalar bilan Arximed 
ham shug‟ullangan. 287-212 yillarda Sitsiliya orolidagi Sirakuziya shahrida 
tug‟ilgan mashhur olim Arximed qirqqa yaqin har xil mexanizmlar va mashinalar 
yaratib fanga juda katta hissa qo‟shgan. 
Arximed richaglar nazariyasini yaratib jahon fani tarixida o‟chmas nom qoldirdi. 
Uning bu sohadagi kashfiyoti mexanikada "oltin qoida" nomini olgan. 
Eramizning birinchi asrida yashagan Geron richag, pona, chig‟iriq va vint kabi 
oddiy mashinalarni alohida va birgalikda ishlashi mumkinligini yozib qoldirgan. 
O‟rta Osiyo olimlari ham bu fanga katta hissa qo‟shdilar. Buyuk olim Abu Ali al-
Xusayn ibn Abdullox Ibn Sino (980-1037) o‟zining "Aql mezoni" ("Mhyorul-
aqul") degan asarida juda ko‟p mexanizmlarni ishlash printsipining analiz qilgan. 
Ibn Sino Yoanna Filonaning harakat haqidagi tahlimotini rivojlantirdi. U 


haraktlanuvchi jismga qo‟yilgan kuch yo‟qolmasligini va harakatga biror qarshilik 
bo‟lmasa harakatning cheksizligini isbotlagan. 
Abu Yusuf al-Xorazmiy (X asr) "Injenerlik mexanikasini bilish" kitobi va 
Muhammad al-Xurosoniyni "Suv g‟ildiraklari va suvni yuqoriga chiqarish va uni 
amalga oshirishda ishlatiladigan mexanik moslamalar" asarlari diqqatga 
sazovordir. XV asrning oxiri va XVI asrning boshida yashagan6 Italg‟ya olimi 
Leonardo Da Vinchining nazariy va amaliy mexanika sohasida yahni richaglar 
nazariyasi, jismlarning og‟irlik markazini topish, jismlarning qiya tekislikda 
harakat kuchlarini qo‟shish va ajratish ishqalanish koeffitsientini aniqlash, zarbalar 
nazariyasi, jismlarni harakati inertsiyaga oid ishlari maqtovga sazovordir. 
Mashhur italg‟ya olimi Galilio Galiley (1564-1642) mayatnikning tebranish, 
jismning o‟z og‟irligi tahsirida harakatlanishi qonunlarini va boshqalarini kashf 
etib, mexanika faniga, ayniqsa dinamikaga asos solgan edi. Galiley bo‟shliqda 
jismning tushishi qonunlarini aniqlab berish bilan bir qatorda, bir tekis 
harakatlanmaydigan nuqtaning to‟g‟ri chiziqli harakati vaqtida tezlik va 
tezlanishlar bo‟lishini birinchi bo‟lib mexanikaga kiritgan ulug‟ olimdir. 
U dinamikani birinchi qonuni bo‟lgan inertsiya qonunini tariflab berdi va 
bo‟shliqda gorizontga nisbatan mahlum burchak ostida otilgan jism 
traektoriyasining paraboladan iborat bo‟lishini ko‟rsatdi. 
Frantsuz matematigi Blez Paskalni (1623-1662) suyuqliklar haqida olib 
borgan ishlari gidravlik jarayonlar barpo etilishida katta rol o‟ynadi. 
Mashhur ingliz olimi Isaak Ng‟yuton (1643-1727) yaratgan qonunlari haligacha 
o‟z kuchini yo‟qotgani yo‟q. Ng‟yutonning I-II va III-qonunlari va butun olam 
tortishish qonuni bunga yaqqol misoldir. 
XVIII asrda Frantsiyada Vakason, SHvetsiyada ota-bola Dro, Rossiyada 
Kulibin ajoyib mexanizmlar yaratdilar.
Ioganni Bernulli (1667-1748) kinetik energiyaning o‟zgarishi to‟g‟risidagi 
qonunni topdi va Daniel Bernulli (1700-1782), ayni bir vaqtda harakat miqdori 
momenti o‟zgarishi to‟g‟risidagi nazariyani tahriflab berdi. 
Bu ishlarni 1743 yilda Dalamber rivojlantirib Dalamber printsipini yaratdi 
va murakkab aloqali mexanikaviy sistemalar dinamikasini o‟rganishga yo‟l ochdi. 
1771-yili mashhur Frantsuz olimi Kulon "Oddiy mashinalar nazariyasi" 
degan asarni yozdi. 1794-yilda ko‟zga ko‟ringan frantsuz olimi Gaspar Monj 
Parijda politexnika maktabini tashkil qildi. Bu maktabda jahonda birinchi marta 
mexanizmlar nazariyasi kursi o‟qitila boshlandi. 
Mashhur rus mexanigi akademik Pafnutiy Levovich CHebishev 
mexanizmlar nazariyasi sohasida ko‟pgina ishlar qildi. 
XIX asrda yashagan progressiv rus olimlaridan akademik M.V. 
Ostragradskiy, A. Vishnegradskiy va professor N. P. Petrov nazariy mexanikani 
mexanizm va mashinalar nazariyasiga tadbiq qilish sohasida fanga katta hissa 
qo‟shdilar. 
I.A.Vishnegradskiyning shogirdi V.L.Kirpechiv (1845-1913) kinematika 
sohasida, N.E.Jukovskiy (1845-1921) dinamika sohasida I.V.Mishcherskiy (1859-
1935) o‟zgaruvchan massali nuqta dinamikasi degan mashhur ishi bilan raketalar 


harakatiga asos soldi, o‟zgaruvchan massali jism mexanikasini yaratdi. 
Peterburg fanlari akademiyasining akademigi Ya. German 1916 yilda 
dinamik masalalarni statik masalalarga keltiruvchi mexanika printsipini ishlab 
chiqdi. 
Professor P.I.Somovning (1852-yilda tug‟ilgan) mexanizm va sintezga oid 
asarlari, N.I.Mertsalovning (1860-1948) fazoviy kinematik zanjirlarning 
tezliklarini topish ishlari. Qishloq xo‟jaligi mashinalari mexanikasi sohasidagi 
akademik V. P. Goryachkinning (1868-1935) xizmatlari g‟oyat kattadir. 
Professor L.V.Assur (1878-1920) tekislikda harakat qiluvchi sterjenli 
mexanizmlarning tuzilishi va klassifikatsiyasiga oid ilmiy ishlar olib borgan. 
Oxirgi yillarda mashina va mexanizmlar nazariyasi sohasiga katta hissa qo‟shgan 
olimlardan I.I. Artobolevskiy, U.U. Djuldosbekov, V.Zinovg‟ev, S.N.Kojevnekov, 
M.N.Novikov, X.X. Usmonxo‟jaev va boshqalar hisoblanishadi. 

Yüklə 118,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin