7-ma’ruza. Mexanizmlarning asosiy turlari va kinematik juftlar klassifikatsiyasi. Mexanizmlarning erkinlik darajasini aniqlash (2-soat). Reja


 Mashina va mexanizmlarni tuzilish asoslari



Yüklə 118,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix26.12.2023
ölçüsü118,6 Kb.
#197846
1   2   3   4   5   6   7
7-Maruza

 
1.3. Mashina va mexanizmlarni tuzilish asoslari
Mashina va mexanizmlar nazariyasi (MMN) fani mavjud mexanizmlarni 
analiz qilish va yangi mexanizm va mashina sistemasini yaratishning nazariy 
asosidir. 
Bo‟lg‟usi injener mashina mexanizmlarning tuzilishi, ishlashi va undan 
foydalanishni yaxshi bilishdan tashqari, uning kinematik sxemasini to‟g‟ri chizish, 
mexanizmlarning analiz qilish va loyihalash, shuningdek ularni geometrik, 
kinematik va dinamik parametrlarini to‟g‟ri o‟lchash usullarini bilishi kerak. 
Bizning zamonamizga kelib mashinalarsiz bir ishni qilishni tasavvur ham 
qilib bo‟lmaydi. Mashina hayotimiz ichiga kirib ketgan. 
Bahzi bir hollarda mashina odamni faqat qo‟l mehnatigina emas, balki aqliy 
mehnatda ham odamning o‟rnini bosadi. Masalan elektron hisoblash mashinalari, 
kompg‟yuterlar, robotlar qisman yoki to‟la odamni aqliy mehnati o‟rnini bosa 
oladi. 
Odam tomonidan yaratilgan mashinalar, tuzilgan programmalar bo‟yicha ishlab 
chiqarish texnologik jarayonlarni boshqaradi, bahzi hollarda mashina odamning 
organlari funktsiyasini ham bajarishi mumkin, masalan odamning qo‟li, oyog‟i, 
sunhiy buyragi va boshqalar. 
SHularni hulosa qilib "
Mashina
" tushunchasini, bunday tahriflash mumkin: 
Mashina-odam tomonidan yaratilgan, tabiat qonunlari asosida qo’l mehnatini va 
aqliy mehnatini yengillashtirish va odamni to’la yoki qisman fiziologik va mehnat 
qilish funktsiyasini bajaradigan qurilmadir. 
Mashina turlari 
Energetik
mashinalarga elektr dvigatellari, ichki yonuv dvigatellari, trubinalar 
kiradi. 
Transport 
mashinalariga asosan hamma turdagi avtomobillar, lokomotivlar, 
trubovozlar, traktorlar, lift, transportyorlar va boshqalar kiradi.
Texnologik
mashinalarga barcha turdagi stanoklar, tekstil mashinalari, qishloq 
ho‟jalik mashinalari, metallurgik, poligraf, oziq-ovqat va boshqa turdagi 
mashinalar kiradi. 


Yangi shart sharoitlar maxsus 
boshqaruv va tekshiruv
mashinalarini 
yaratishni talab etayapti. Masalan, ichki yonuv dvigatelidagi porshen halqasini 
razmerlari tekshirib turish, yahni faqat detalni o‟lchamini tekshirmasdan uni 
o‟lchami orqali saralaydi va boshqa ko‟rsatkichlarni ham tekshiradi. 
Aqliy mehnatni almashtiruvchi mashinalaridan 
logik mashinalar
hozirgi 
paytga kelib juda katta ehtiborga loyiq bo‟lib qoldi. Bu turdagi mashinalarga hisob 
mashinalari, har xil jarayonlarni modellashtiruvchi, informatsiya beruvchi 
mashinalar kiradi. Texnika rivojlanishi va aqliy mehnatni ko‟proq qismini 
mashinalarga yuklash jarayonida kibernetik mashinalar hayotimizda katta rol 
o‟ynayapti. 
Kibernetik mashinalar
ga odamni bahzi fiziologik funktsiyalarini almashtira 
oladigan, masalan predmet yoki biron bir obrazni ajrata oladigan, akustik spektor 
orqali odam ovozi bilan gapira oladigan, odamni bahzi organini almashtira 
oladigan (sunhiy yurak, buyrak, qo‟l, oyoq, umurtqa va boshqalar) har xil harakatni 
odam buyrug‟i bilan bajara oladigan mashinalar kiradi.
Mashinalar yaratishda asosan quyidagi talablar qo‟yiladi: 
1. Texnik talablar-bunda asosan mashinaning ish unumi yuqori bo‟lishi, aniq 
harakat qilishi va sifatli mahsulot ishlab chiqarishi talab etiladi. 
2. Konstruktsiyani ratsional bo‟lishi-bunda mashinaning ortiqcha og‟irlikdagi 
qismlari bo‟lmasligi, materiallarni to‟g‟ri tanlash va detallardagi haqiqiy 
kuchlarning optimal bo‟lishi talab qilinadi. 
Dvigateldan, uzatish mexanizmidan va ish bajaruvchi mashinalardan va 
bahzi hollarda tekshiruv-boshqaruv va hisoblash mashinalaridan tashkil topgan 
qurilma, 
mashina agregati
deyiladi. 
Mashinalar mexanikasini, uni tuzilishini va ularga tahsir qilinayotgan 
kuchlarni o‟rganish "mashinalar mexanikasi" kursi deyiladi. 
Har qanday mashinalar mexanizmlardan tashkil topgan bo‟ladi. 
Mexanizm
deb, bir yoki bir necha jismlar harakatini kerakli boshqa bir 
jismga uzatib beruvchi qurilmaga aytiladi. Hozirgi paytda mashinalarni tarkibida 
shunday rang-barang mexanizmlar borki, bularni o‟rganish uchun ularni qanday 
ishlarni bajarishiga qarab quyidagi ko‟rinishlarga bo‟lish mumkin. 
a) Dvigatel va o‟zgartirish mexanizmlari; 
b) uzatish mexanizmlari; 
v) ijro etuvchi mexanizmlar; 
g) tekshiruv, boshqaruv va sozlash mexanizmlari
d) yuklash tahminlash va ajratish (sortirovka) mexanizmlari; 
e) avtomatik hisob va o‟lchov upakovka qilish mexanizmlari. 
Asosiy ishni mashinaning ishchi organi bajaradi. Masalan. Generator 
yordamida mexanikaviy energiya elektr energiyasiga aylantiriladi va bu energiya 
ishchi organlarga uzatish mexanizmlar orqali uzatiladi. Ishchi organlar masalan 
tikuv mashinasi ignasi, yer qazish mashinasida kovushi (kuragi) va boshqalardir. 
Har qanday mashina mahlum foydali ish bajaradi. Ana shu tufayli foydali ish 
bajarishi uchun mashinada quyidagi asosiy belgilar bo‟lishi kerak: 
1. Mashina mahlum tartibda tuzilgan bo‟lishi; 


2. Uning qismlari mahlum tartibda harakat qilishi; 
3. Mashina tegishli foydali mexanik ish bajarishi shart. 
Mashinada shu uch belgidan faqat ikkitasi bo‟lib, uchinchisi bo‟lmasa, u 
holda mashina mexanizmga aylanadi. Demak, mexanizm foydali ish bajarmaydi va 
energiyani bir turdan boshqa turga aylantirmaydi. Mexanizmning vazifasi mahlum 
tartibda harakat qilish yoki harakatni uzatishdan iboratdir.
Mashina va mexanizmlar nazariyasini o‟rganishda, avvalo shu mexanizm 
tarkibida kiruvchi qismlar (zvenolar) absolyut qattiq jismlar deb ularni harakati 
vaqtida shu qismlarda hech bir deformatsiya bo‟lmaydi deb faraz qilinadi. 
Mashinasozlikda ishlatilayotgan barcha mexanizmlarning konstruktsiyasiga 
qarab asosan quyidagi turlarga bo‟lish mumkin.
Mexanizmlar qattiq jismlardan iborat. Qattiq jism deganda faqat absolyut 
qattiq emas shuningdek, qayishqok jismlar ham nazarga olinadi. 
Mexanizmlarni hosil qiluvchi qattiq jismlar bo`g`inlar deb ataladi. Bo`g`in 
nisbiy harakatlanmaydigan bir necha detallardan iborat bo`lishi mumkin. 

Yüklə 118,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin