9-shakl. Vintli juftlik.
s
y
- ilgarilanma va
X
- aylanma harakatlardir. Аmmo bu ikki harakatlar bir-
biri bilan quyidagicha bog`langan.
Y
Y
k
S
(2)
Shuning uchun ikki harakatni
bitta deb hisoblash kerak, chunki 2-gaykani
buramasdan uni U o`qi bo`ylab siljitish mumkin emas. Demak,
vintli juftda
s=6-
f=5
va u V sinfli kinematik juft hisoblanadi.
1.5. Tekislikda va fazoda mexanizm xamda kinematik zanjirlarni
harakatchanlik darajasi
Doimiy harakat turiga qarab kinematik juftlar ikkita guruhga bo`linadi: tekis
va fazoviy. Tekis kinematik juftlarda bo`g`inlarning nuqtalari
bitta yoki parallel
tekisliklarda yotuvchi traektoriyalar chizadi.
Аgarda bunday shart bajarilmasa bunday kinematik juftlarni fazoviy deb ataladi. 1-
jadvaldagi I, II, III sinfli kinematik juftlar fazoviy, IV va V sinflarni (vintli juftdan
tashkari) tekis ekanligi ko`rinib turibdi.
Oliy va quyi kinematik juftlar.
Bo`g`inlari tegib
turuvchi elementlarini
rasmiga qarab kinematik juftlar oliy va quyi turlarga bo`linadi (Relo asosida).
Juftlik elementi ikki bo`g`inni bir-biriga tegib turuvchi geometrik o`rni
hisoblanadi. Kinematik juftda tegib turuvchi element yuza (tsilindrik yoki tekis)
bo`lsa quyi, nuqta yoki chiziq bo`lsa oliy deb ataladi. 1 jadvalning 3 va 4
ustunlarida oliy 5 ustunida quyi kinematik juftlar ko`rsatilgan
Oliy kinematik juftlarda bo`g`inlarning tutashish
yuzasi nazariy jihatdan
nolga teng, ammo amalda bo`g`inlar deformatsiyasi natijasida kichik yuzacha hosil
bo`ladi. Bu esa oliy kinematik juftlarda quyi kinematik
juftlarga nisbatan katta
kuchlanish va yuqori darajada eyilishga olib keladi.
Quyi kinematik juftlar
eyilishga chidamli va katta miqdordagi kuchlarga bardosh bera oladi.
Shu bilan
birga oliy kinematik juftlarda quyi kinematik juftlarga
nisbatan ishqalanishdagi
energiyani yo`qotish kam. Zoldirli (sharikli) va rolikli podshipniklar
oliy kinematik
juftlardir.
NAZORAT SAVOLLARI
1. MMN fanining mashinasozlikdagi roli qanday?
2. Mashina va mexanizm deb nimaga aytiladi?
3. MMN fani qanday qismlardan iborat va nimalarni o‟rgatadi?
4. Mashinaga qanday talablar quyiladi?