7-mavzu. Avtotransport korxonalarida moliyaviy natijalar koʻrsatkichlarining hisobi va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirishning xususiyatlari.
Reja:
Avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natijalar koʻrsatkichlarining hisobi.
Avtotransport korxonalarida umumxoʻjalik faoliyatdan olingan moliyaviy natijalarning hisobi.
Avtotransport korxonalarida sof foyda va uni ishlatilishining hisobi.
Avtotransport korxonalarida moliyaviy natijalar koʻrsatkichlarini moliyaviy hisobotda aks ettirishning xususiyatlari.
Avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natijalar koʻrsatkichlarining hisobi.
Avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natijalar sotishdan olingan sof tushum, sotish tannarxi, sotishdan olingan foyda yoki zarar, davr xarajatlari, asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, asosiy faoliyatdan olingan foyda yoki zarar kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi. Ushbu koʻrsatkichlarni shakllantirish va hisobga olishda avtotransport korxonalari boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar singari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54- son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish toʻgʻrisida nizom»ga, shuningdek respublikamizning 1-son “Moliyaviy hisobot va hisob siyosati», 2-son BHMS «Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar», 3-son BHMS
«Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot» va 21- son BHMS «Xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma»ga amal qilishlari lozim.
Avtotransport korxonalarida sotishdan olingan sof tushum deganda ATVlar yordamida bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)lardan olingan daromadlar tushuniladi. Hisobot davri (oy, chorak, yil) davomida sotishdan olingan sof tushum 9030 «Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlardan daromadlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. Hisobot davr oxirida ushbu schyotning kreditida toʻplangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga oʻtkaziladi va shu yoʻl bilan u yopiladi.
Avatotransport korxonalarida sotish tannarxi deganda ATVlar yordamida bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)larga ketgan barcha ishlab chiqarish maqsadidagi sarf-xarajatlar tushuniladi. Ushbu koʻrsatkichning hisobi hisobot davri (oy, chorak, yil) davomida 9130 «Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi» schyotida yuritiladi. Hisobot davr oxirida ushbu schyotning debetida toʻplangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga oʻtkaziladi va shu yoʻl bilan u yopiladi.
Dostları ilə paylaş: |