7-mavzu. Avtotransport korxonalarida moliyaviy natijalar koʻrsatkichlarining hisobi va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirishning xususiyatlari


Debet 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» Kredit



Yüklə 85,47 Kb.
səhifə5/10
tarix18.04.2023
ölçüsü85,47 Kb.
#99723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-mavzu matni 8 sem

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Debet
Debet 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»
Kredit 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari».
Avtotransport korxonasining hisobot yilida faoliyatni zarar bilan yakunlashi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari»
Kredit 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»
Avtotransport korxonalari oʻzlarining sof foydasini ularning tashkiliy-huquqiy maqomiga koʻra qonun hujjatlari hamda ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartiblarda turli maqsadlarda ishlatadilar. Chunonchi, aktsiyadorlik jamiyatlari shaklidagi avtotransport korxonalarida hisobot yilning sof foydasi kelgusi yilda aktsiyadorlar yigʻilishi qaroriga muvofiq taqsimlanadi. Aktsiya egalariga sof foydanining dividend sifatida taqsimlanishiga buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari»
Kredit 6610 «Hisoblangan dividendlar»
Sof foydadan rezerv kapitaliga qilingan ajratma summasiga:
Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari»
Kredit 8520 «Rezerv kapitali»
Hisobot yilning taqsimlanmayin qolingan sof foydasining oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasiga oʻtkazilishiga:
Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari»
Kredit 8720 «Oʻtgan yillarning taqsimlamagan foydasi (qoplanmagan zarari)».
Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi avtotransport korxonalarida hisobot yilning sof foydasi ustav shartlariga muvofiq taqsimlanadi hamda yuqorida keltirilgan yozuvlarga oʻxshash yozuvlar asosida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Respublikamizning xususiy korxonalar toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq ushbu maqomdagi avtotransport korxonalarida olingan sof foyda ular egalarining mulki hisoblanadi hamda dividend soligʻiga tortilmaydi.
Davlat unitar korxonalari maqomidagi avtotransport korxonalarida hisobot yilning sof foydasi taqsimlanmaydi. Ushbu tipdagi korxonalarda hisobot yilning sof foydasi ularning ustav kapitalini koʻpaytirishga yoʻnaltiriladi va unga quyidagicha buxgalteriya hisobi qilinadi:

Yüklə 85,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin