7-mavzu. Avtotransport korxonalarida moliyaviy natijalar koʻrsatkichlarining hisobi va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirishning xususiyatlari



Yüklə 85,47 Kb.
səhifə8/10
tarix18.04.2023
ölçüsü85,47 Kb.
#99723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-mavzu matni 8 sem

170-satr «Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar, jami»da avtotransport korxonasining hisobot davrida moliyaviy faoliyatiga doir xarajatlarning umumiy summasi koʻrsatiladi. Bu satrda koʻrsatilgan summa mos ravishda 180- satr «Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar», 190-satr «Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) boʻyicha foizlar koʻrinishidagi xarajatlar», 200-satr «Valyuta kursi farqidan zararlar» va 210-satr
«Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar»da koʻrsatilgan summalarning yigʻindisiga teng boʻlishi lozim. Hisobotning 180-210-satrlarini toʻldirishga moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarning alohida turlari hisobi uchun moʻljallangan mos ravishdagi schyotlarning (9610-9690 schyotlar) debet oborotlari summalari asos boʻladi. Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar hisobotning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
220-satr «Umumxoʻjalik faoliyati foydasi (zarari)»da avtotransport korxonasining umumxoʻjalik faoliyatidan olgan foydasi yoki koʻrgan zarari koʻrsatiladi. Hisobotning ushbu satri summasi uning 100-satri summasiga 110-satrda koʻrsatilgan summani qoʻshish hamda 170-satrdagi summani ayirish orqali topiladi. Avtotransport korxonasining umumxoʻjalik faoliyatidan olgan foydasi hisobotning «Daromadlar» ustunchasida, koʻrgan zarari esa uning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.
230-satr «Favqulotdagi foyda va zararlar»da avtotransport korxonasining hisobot davrida olgan favqulotdagi foydasi hamda koʻrgan zarari aks ettiriladi. Ushbu satrda favqulotdagi foyda hisobi uchun moʻljallangan 9710 schyotning kredit oborot summasi daromadlar ustunchasiga va favqulotdagi zararlar hisobi uchun moʻljallangan 9720 schyotning debet oborot summasi xarajatlar ustunchasiga yoziladi.
240-satr «Daromad (foyda) soligʻini toʻlagunga qadar foyda (zarar)da avtotransport korxonasining hisobot davrdagi daromad (foyda) soligʻini toʻlagunga qadar foydasi (zarari) koʻrsatiladi. Hisobotning ushbu satri summasi uning 220-satri summasiga 230-satrda koʻrsatilgan favqulotdagi foyda summasini qoʻshish hamda favqulotdagi zararlar summasini ayirish yoʻli bilan topiladi. Avtotransport korxonasining daromad (foyda) soligʻini toʻlagunga qadar boʻlgan foyda summasi hisobotning «Daromadlar» ustunchasida, daromad (foyda) soligʻini toʻlagunga qadar boʻlgan zarar summasi esa uning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi.

Yüklə 85,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin