7-mavzu. Avtotransport korxonalarida moliyaviy natijalar koʻrsatkichlarining hisobi va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirishning xususiyatlari


Sotishdan olingan foyda yoki zarar



Yüklə 85,47 Kb.
səhifə2/10
tarix18.04.2023
ölçüsü85,47 Kb.
#99723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-mavzu matni 8 sem

Sotishdan olingan foyda yoki zarar ATVlar yordamida bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)lardan olingan sof tushum hamda ularning sotish tannarxi summalarining farqidan tashkil topadi. Sof tushumning sotish tannarxidan koʻp boʻlishi avtotransport korxonasining bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)lardan foyda olganligini, aksincha sof tushumning sotish tannarxidan kam boʻlishi esa avtotransport korxonasining bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)lardan zarar koʻrganligini bildiradi. Buxgalteriya hisobida sotishdan olingan foyda yoki zarar summasi 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti ma’lumotlari asosida arifmetik yoʻl bilan topiladi.
Avtotransport korxonalarida davr xarajatlari deganda ular tomonidan bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)larni sotish, ma’muriy-boshqarish va boshqa operatsion faoliyatga doir xarajatlar tushuniladi. Ushbu xarajatlarning hisobi mos ravishda 9410 «Sotish xarajatlari», 9420
«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari», 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» va 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schyotlarida olib boriladi.
Avtotransport korxonalarida sotish xarajatlariga reklama xarajatlari, ish va xizmatlarni bajarish boʻyicha shartnomalarni tuzish xarajatlari, sotish bilan bogʻliq safar xarajatlari va boshqalar kiradi. Sotish xarajatlari 9410 «Sotish xarajatlari» schyotining debetida va bu xarajatlarning aniq turini ifodalovchi boshqa schyotlarning (masalan, 1000, 5010, 5110, 6710, 6520, 6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi. Hisobot davr oxirida ushbu schyotning debetida toʻplangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga oʻtkaziladi va shu yoʻl bilan u yopiladi.
Avtotransport korxonalarining ma’muriy-boshqaruv xarajatlariga boshqaruv apparati xodimlariga hisoblangan ish haqi, ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, amortizatsiya xarajatlari, safar xarajatlari, yuqori tashkilotni saqlash uchun ajratmalar, telefon aloqasi, kantselyariya jihozlarini hisobdan chiqarish va boshqa shu kabi boshqaruv bilan bogʻliq xarajatlar kiradi. Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari 9420 «Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» schyotining debetida va aniq xarajatlarni ifodalovchi boshqa schyotlarning (0200, 0500, 1000, 5010, 5110, 6710, 6520, 6990) kreditida aks ettiriladi. Hisobot davr oxirida ushbu schyotning debetida toʻplangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga oʻtkaziladi va shu yoʻl bilan u yopiladi.
Avtotransport korxonalarida boshqa operatsion xarajatlarga xodimlarga koʻrsatilgan moddiy yordamlar, kompensatsiya toʻlovlari, turli otaliq va hayriya maqsadlarida qilingan xarajatlar, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv soligʻi, mulkni sotishdan va berishdan koʻrilgan zararlar va boshqa shu kabi operatsion xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlar 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetida aks ettiriladi. Bunda operatsion xarajatlarning aniq moddalarini ifodalovchi boshqa schyotlar (1000, 5010, 5110, 6400, 6710, 6520, 6990, 9210, 9220) kreditlanadi.
Hisobot davr oxirida ushbu schyotning debetida toʻplangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga oʻtkaziladi va shu yoʻl bilan u yopiladi.
Avtotransport korxonalarida 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schyotining debetida ularning kelgusida faoliyatni rivojlantirish maqsadida sarflagan xarajatlari, Chunonchi yangi ishlab chiqarishni va yangi texnologiyalarni oʻzlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan va boshqa shu kabi operatsion xarajatlar aks ettiriladi. Bu turdagi xarajatlar respublikamizning soliq qonunchiligiga koʻra kelgusi 10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan mahsus hisob-kitob asosida chiqarib boriladi. Kelgusida soliq bazasidan chegirib boriladigan xarajatlar bu schyotning debetida va boshqa schyotlarning (masalan, 1000, 5110, 5010, 6010, 6710, 6520, 6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi. Hisobot davr oxirida ushbu schyotning debetida toʻplangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga oʻtkaziladi va shu yoʻl bilan u yopiladi.
Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlarini oʻzgarishi avtotransport korxonalarida boshqa yuridik shaxslardagi kabi balansdan tashqari 012 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» schyotida belgilangan muddatda koʻrsatib borilishi lozim.
Avtotransport korxonalarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlariga quyidagilar kiradi:

  • asosiy vositalarni sotish va boshqa chiqimlaridan olingan foyda;

  • nomoddiy aktivlar, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda;

  • undirilgan jarimalar;

  • voz kechilgan kreditorlik qarzlar;

  • qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar;

  • begʻaraz olingan moliyaviy yordam;

  • xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olingan daromadlar;

  • inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar;

  • hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillarning foydasi va boshqalar.

21-son BHMSga muvofiq avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar» tizimida ochiladigan alohida schyotlarning kreditida aks ettiriladi. Bunda asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarning aniq turlarini ifodalovchi schyotlar, Chunonchi, 1000, 5010, 5110, 6400, 6710, 6520, 6990, 9210, 9220 va boshqalar debetlanadi. Hisobot davr oxirida 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar» tizimida ochiladigan alohida schyotlarning kreditida toʻplangan summa 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga oʻtkaziladi va shu yoʻl bilan ular yopiladi.
Avtotransport korxonalarida asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar) sotishdan olingan foyda (zarar) summasiga asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar summasini qoʻshish hamda davr xarajatlari summasini ayirishdan keyin hosil boʻlgan summadan tashkil topadi. Buxgalteriya hisobida asosiy faoliyatdan olingan foyda yoki zarar summasi 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti ma’lumotlari asosida arifmetik yoʻl bilan topiladi.



Yüklə 85,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin