Debet 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari»
Kredit 8300«Ustav kapitali».
Davlat unitar korxonalari maqomidagi avtotransport korxonalarida hisobot yilning qoplanmagan zarari ustav kapitalini kamaytirishga olib boriladi va u yuqoridagi yozuvga teskari boʻlgan yozuv asosida aks ettiriladi.
Avtotransport korxonalarida moliyaviy natijalar koʻrsatkichlarini moliyaviy hisobotda aks ettirishning xususiyatlari.
Avtotransport korxonalari moliyaviy natijalarini ifodalovchi koʻrsatkichlar ular tomonidan tuziladigan «Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot» (2-shakl)da oʻz aksini topadi. Ushbu hisobotni tuzishga asos boʻlib avtotransport korxonalarining barcha turdagi daromadlari va xarajatlari, foyda hamda foydaning ishlatilishi hisobi uchun moʻljallangan vaqtinchalik (tranzit) schyotlarning ma’lumotlari hisoblanadi.
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobotning alohida satrlari quyidagi tartibda shakllantiriladi.
010-satr «Mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni sotishdan tushgansof tushum»da ATVlar yordamida bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)lardan tushgan sof tushum aks ettiriladi. Bu satrni toʻlgʻazishga asos boʻlib ATVlar yordamida bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)lardan olingan daromadlar hisobi uchun moʻljallangan 9030 schyotning kredit oboroti summasi hisoblanadi. Ushbu koʻrsatkich hisobotning «Daromadlar» ustunchasida koʻrsatiladi.
020-satr«Sotilganmahsulot(tovarlar,ishvaxizmat)larningtannarxi»da ATVlar yordamida bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)larning sotish tannarxi aks ettiriladi. Bu satrni toʻlgʻazishga asos boʻlib ATVlar yordamida bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)lar tannarxi hisobi uchun moʻljallangan 9130 schyotning debet oboroti summasi hisoblanadi. Ushbu koʻrsatkich hisobotning «Xarajatlar» ustunchasida koʻrsatiladi.
030-satr «Mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni sotishning yalpifoydasi(zarari)da hisobotning 010 va 020-satrlarida koʻrsatilgan summalarning farqi yoziladi. Bunda, ijobiy farq ATVlar yordamida bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)lardan olingan foydani koʻrsatadi va u
«Daromadlar» ustunchasiga yoziladi. Salbiy farq esa ATVlar yordamida bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)lardan koʻrilgan zararni ifodalaydi va u hisobotning «Xarajatlar» ustunchasiga yoziladi.