Kuruk koldikni aniqlash 69
5 ml nastoyka (tindirma) ogirligi oldindan ulchangan byuksga solinadi, suvli xammomda kuruk koldikgacha buglatiladi, sovutiladi (eksiqatorda 30 min) va ogiriligi ulchanadi.
Ogir metallarni aniqlash 5 ml nastoyka kuruk koldikgacha quritiladi, 1 ml konts. sulfat kislota kushib asta – sekin yondiriladi, kuydiriladi. Koldik kaynagan xolda 5 ml tuyingan ammoniy atsetat eritmasi bilan ishlanadi, kulsiz filtr qog’oz orkali filtrlanadi, 5 ml suv bilan yuviladi va filtratning xajmi 100 ml gacha etkaziladi; 10 ml xosil bo’lgan eritma ogir metallarga sinovdan o’tkaziladi. Ogir metallar miqdori 0,001% dan oshmasligi kerak.
Buning uchun 10 ml tarkibida ogir metallar saklovchi etalon va 10 ml tekshiriluvchi eritmalarga 1 ml dan suyultirilgan sirka kislotasi, 1 – 2 tomchidan natriy sulfidi eritmasidan solinadi, 1 minutdan keyin eritmalar bir – biri bilan solishtiriladi. Solishtirish ok fonda vertikal xolda olib boriladi. Tekshirilayotgan eritmada xosil bo’lgan cho’kma etalonda rangdan oshmasligi kerak.
Ekstraktlar Ekstraktlar – bu o’simlik xom ashyosidan olingan kontsentrlangan ajratmalardir. Ekstraktlar 3 xil bo’ladi:
1. Suyuk ekstraktlar – Extracta fluida;
2. Kuyuk ekstraktlar – Extracta spissa (namligi 25% dan oshmasligi kerak);
3. Kuruk ekstraktlar – Extracta sicca (namligi 5% dan ko’p bo’lmasligi kerak).
Ekstraktlar sifati tarkibidagi ta’sir etuvchi moddasi, ogir metallar, suyuk ekstraktlar tarkibidagi spirt miqdori yoki zichligi, kuruk koldik miqdori, kuyuk va kuruk ekstraktlar esa namligi bo’yicha baxolanadi.
Kuruk koldikni aniqlash 5 ml suyuk ekstrakt ogirligi oldindan ulchangan byuksga solinadi, suvli xammomda buglatiladi, 3 soat davomida 102,5±2,5°S haroratda quritiladi, sungra eksiqatorda sovutiladi (30 min) va ogirligi ulchanadi.
Namlikni aniqlash 0,5 g (aniq ogirlik) preparat 102,5±2,5°S haroratda 2 soat davomida quritgichda quritiladi, sungra 30 minut davomida eksiqatorda sovutiladi va ogirligi ulchanadi.