Namligi va ogir metallar. “Ekstraktlar” umumiy maqolasida ko’rsatilgan uslublarda anishlanadi.
Miqdoriy taxlil Antratsen unumlarining miqdori 4,5% dan kam bo’lmasligi kerak.
Antratsen unumlarining foiz miqdori (X) absolyut kuruk xom ashyoga nisbatan FEK usulida aniqlanib, quyidagi formula bo’yicha xisoblanadi:
S ⋅ V ⋅ K X =
a ⋅ 10 (100 – h)
Bu erda: C – kalibrovik grafik bo’yicha topilgan 100 ml dagi antratsen unumlarining milligramm miqdori;
V – ishkoriy ajratmaning boshlangich xajmi; a – xom ashyoning aniq ogirligi, g;
h – namligi, %;
K – suyultirish koeffitsienti.
Erkak paporotnigi kuyuk ekstrakti Extractum Filicis maris shissum Erkak paporotnigining ildizpoyasi, yirik kukun.
Efir – kerakli miqdorda.
Tasvirlanishi. Kuyuk, yashil yoki jigar rang tusga ega bo’lgan yashil massa, o’ziga xos xidga, yokimsiz mazaga ega. Suvda erimaydi, efir va spirtda yaxshi eriydi.
Chinligi. 0,1 g preparat 10 ml 95% spirtda eritiladi, 2 g talk qo’shiladi. YAxshilab chaykatiladi va filtrlanadi. 1 ml filtratga 9 ml 95% spirt va 1 tomchi temir xloridi (FeCl3) eritmasidan qo’shiladi; tuk kungir rang xosil bo’ladi.
Efir,namlik va ogir metallar.“Ekstraktlar” umumiy maqolada keltirilgan uslublarda aniqlanadi.
Miqdoriy taxlil. Xom filitsin miqdori 25 – 28% bo’lishi kerak.
Agar filitsin miqdori ko’p bo’lsa, unda filitsin miqdori kam bo’lgan ekstrakt bilan aralashtiriladi yoki aksincha.
“Kedrovit eleksiri” Kedrovit eleksiri yangi turdagi ko’p tarkibli kompleks fitopreparat bo’lib, u kedr yongogi va yana 5 ta dorivor o’simlik xom ashyosining suv – spirtli ajratmasidan iborat (chetan mevasi, eleuterokokk ildizi, dulana mevasi, ok kayin ko’rtagi va tabiiy asal). Eleksir tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchisi bu sibir kedr yongogining (Pinus Sibirica) ekstrakti xisoblanadi. Eleksir sil kasalligiga qarshi, organizmning umumiy tonusini kutaruvchi antiseptik, kon bosimini pasaytiruvchi ta’sirga ega.
Tasvirlanishi.Kizgish – kungir rangli, shirin mazaga va o’ziga xos xidga ega suyuklik. Evropa tavsifnomasiga asosan xromatografik belgilari bo’yicha kedrovit eleksiri tarkibiga kirgan moddalarni shartli ravishda oson uchuvchan, uchuvchan va kam uchuvchan birikmalarga bulingan. Xromatomass spektrometrik usul yordamida bajarilgan taxlil asosida quyidagi natijalar olingan:
Individual 27 ta modda ajratib olingan va kompyuter banki, shuningdek standart namunalar bilan solishtirish orkali identifikatsiya qilingan.
Oson uchuvchan birikmalar: terpenoidlar, aromatik birikmalar, yog kislotalarining etil efirlari bo’lgan moddalar: n – tsimol, tsitral, betulen, benzoy kislotasi, veratr aldegidi, palmitin, linol. O’rtacha uchuvchan birikmalar: yog kislotalari va ularning efirlari; abietin kislotasi, degidroabietin kislotasi va boshqalar.
Kam uchuvchan birikmalar: abietin, 7-degidrooksibenzoy kislotasi, kempferol, lyuteolin. Kam uchuvchan birikmalar eleksirining eng muxim komponentlaridan xisoblanadi. Preparat tarkibidagi birikmalar gaz suyuklik xromatografiyasi usuli yordamida aniqlanadi