Pervoprestol balzami tarkibidagi uchuvchan moddalarni aniqlash
Balzam kand kiyomi qo’shilgan chayonut bargi, tog rayxon er ustki qismi, tog jambul er ustki qismi, liminut er ustki qismi, na’matak mevasidan olingan suv – spirtli ajratma xisoblanib, u tinchlantiruvchi va spazmolitik ta’sirga ega.
Gaz – suyuk xromatografiya usuli yordamida 50 taga yakin moddalar ajratib olingan bo’lib, ulardan 14 tasi efir moylariga kiradi.
Bular: α - pinen, ekvaliptol, kamfen, limonen, mirtsen, terpennil – butanoat, tsitronellal, terpeniol, borneol, tsitral, geraniol, evgeyul, timol.
Terpenoidlar miqdori FEK usulda. aniqlanadi
Terpenoidlar yig’indisining mentolga xisoblangandagi % miqdori quyidagi formula yordamida xisoblanadi:
m0 ⋅ (D1 + 3D2) X =
m ⋅ D0
Bu erda: D0 – standart eritmaning optik zichligi;
D1 – A eritmaning optik zichligi; D2 – V eritmaning optik zichligi; m – balzamning aniq ogirligi, g;
m0 – mentol – standant namunasining ogirligi, g; 3 – ikkinchi ajratmaga tuzatish koeffitsienti.
Terpenoidlar yig’indisining mentolga xisoblangandagi miqdori 0,01% dan kam bo’lmasligi kerak.
Tirnokgul nastoykasi Tinkctura Calendulae
Tasvirlanishi. Sarik – kungir rangdagi tinik suyuklik bo’lib, o’ziga xos xidga va achchik mazaga ega.
Chinligi. 1 ml preparatga 1 ml kontsentrlangan xlorid kislotasidan va 0,1 g maydalangan Mg dan kushib qizdiriladi, kizil rang xosil bo’ladi (flavonlar).
10 ml preparat farfor idishda suvli xammomda buglatiladi. Farfor idishdagi koldikga 2 tomchi kontsentrlangan sulfat kislota qo’shiladi; kizil – binafsha rang xosil bo’ladi (flavonoidlar).
Kuruk koldik 2,1% dan kam bo’lmasligi kerak (GF XI, vыp. 2, 148 b.). Spirt miqdori 65,0% dan kam bo’lmasligi kerak (GF XI, vыp. 1, 26 b.).
Ogir metallar 0,001% dan ko’p bo’lmasligi kerak (GF XI, vыp. 2, 165 b., vыp. 2, 148 b.).
Miqdoriy taxlil.
Nastoyka tarkibidagi flavonoidlar miqdori izoramnetin diglikozidiga nisbatan xromatospektrofotometrik usulda aniqlanadi va foiz miqdorda quyidagi formula yordamida xisoblanadi:
a ⋅ D1 ⋅ V1 ⋅ 100 X =
D0 ⋅ V0 ⋅ V2
Bu erda: a – rutin - standartining ogirligi, g;
V0 – rutin – standart eritmasining xajmi, ml;
V1 – plastinkaga tomizilgan rutin – standart eritmasining xajmi, ml;
V2 – preparatning plastinkaga tomizilgan xajmi, ml;
D0 – rutin – standart elyuatining optik zichligi; D1 – preparat elyuatining optik zichligi.
Izoramnetin diglikozidining rutinga nisbatan xisoblangandagi miqdori 0,05% dan kam bo’lmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |