7-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxi tahlili



Yüklə 75,21 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü75,21 Kb.
#179953
  1   2   3   4
7-mavzu slide.

7-mavzu. Korxona mablag‘lari, xarajatlari va moliyaviy natijalari.

Reja:

1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari

  • Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq xarajatlarni amalga oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar, yonilg'i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqalar), va jonli mehnat sarfi ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi. Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin:
  • 1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko'ra:
  • ishlab chiqarish xarajatlari;
  • noishlab chiqarish xarajatlari.
  • 2. Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko'ra:
  • ichki xarajatlar;
  • tashqi xarajatlar.

3. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga nisbatan:

  • 3. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga nisbatan:
  • doimiy xarajatlar;
  • o'zgaruvchan xarajatlar.
  • 4.Mahsulot tannarxiga olib borilishi jihatidan:
  • bevosita xarajatlar;
  • bilvosita xarajatlar.
  • 5. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan:
  • mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
  • davr xarajatlari;
  • moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar;
  • favqulodda zararlar.

Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirish bilan bog'liq quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:

  • Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirish bilan bog'liq quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
  • bevosita moddiy xarajatlari;
  • bevosita mehnatga haq to'lash xarajatlari;
  • ishlab chiqarishga taalluqli ustama xarajatlar.
  • Bevosita mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan xarajat turlari noishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga:
  • mahsulotni sotish bilan bog'liq xarajatlar;
  • boshqaruv xarajatlari;
  • boshqa operasion xarajatlar va zararlar;
  • favqulodda zararlar kiradi.

Yüklə 75,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin