Korxonada rejadagi (biznes-rejada belgilangan) va haqiqiy (hisobot bo'yicha haqiqatda erishilgan) tannarx hisoblab borilishi mumkin. Bu rejalashtirilgan ishlab chiqarish xarajatlarini haqiqatda erishilgan daraja bilan taqqoslash, ortiqcha moddiy va mehnat resurslari sarflariga yo'l qo'yilgan yoki tejamga erishilganini aniqlash va kelgusida tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Rejadagi tannarx korxonaning mavjud texnik, texnologik va kadrlar salohiyati doirasida mahsulot ishlab chiqarishga sarflanishi ehtimoli bo'lgan xarajatlaming kutilayotgan maksimal darajasini aks ettiradi. Rejadagi tannarx moddiy resurslarni sarflash me’yorlari asosida xisoblanadi. Haqiqiy tannarx korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonini haqiqatda sarflangan bevosita ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi. Haqiqiy tannarx rejadagi tannarxdan farq qilishi mumkin.

Mahsulot tannarxiga kiritiladigan ishlab chiqarish xarajatlari xarajat elementlari va moddalari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. Bunday guruhlash: — rejalashtirilgan mahsulot ishlab chiqarishning moddiy va mehnat sarflariga ehtiyojni aniqlash; — xarajatlarni iqtisodiy mazmuniga ko‘ra taqsimlash; — umumiy ishlab chiqarish xarajatlari miqdorida u yoki bu xarajat elementlarining ulushini aniqlash imkonini beradi. Masalan, buxgalteriya hisobida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuni va umumiylik xususiyatlariga ko‘ra quyidagi elementlarga ajratiladi: