Tannarxda korxona ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko'rsatkichlari-ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish texnologiyasi va mehnatni tashkil etish darajasi, korxonani tejamkorlik bilan va oqilona yuritish omillari, mahsulot ishlab chiqarishni yuksaltirish sharoitlari o'z aksini topadi. Mahsulot tannarxini hisoblashdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad - uni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlarni tegishli hujjatlarda o'z vaqtida, to'liq va ishonchli aks ettirish hamda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejamkorlik asosida, oqilona foydalanish ustidan nazorat o'rnatishdir. Mahsulot tannarxi korxona xarajatlari tushunchasidan farq qiladi. Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa moliyaviy-xo'jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan barcha xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmaydi. Mahsulotning (ishning, xizmatning) ishlab chiqarish tannarxiga uni bevosita ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlar kiritiladi
Ularga quyidagilar tegishli:
Ularga quyidagilar tegishli:
-bevosita moddiy xarajatlar;
-bevosita mehnat xarajatlari;
-ishlab chiqarish xususiyatiga ega bilvosita ustama xarajatlar.
Bu xarajatlaming ko'pchiligini naturada, ya’ni dona, kg, metr va boshqa ko‘rinishlarda hisobga olib borish va rejalashtirish mumkin. Ammo mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan barcha xarajatlarni birgalikda hisobga olish uchun ularni yagona o'lchov birligiga - qiymat-pul ko‘rinishiga keltirish talab etiladi. Ayrim turdagi ishlab chiqarish xarajatlarini yaratilayotgan mahsulot tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish mumkin. Unga ishlab chiqarishdagi ishchilarning ish haqi va iste’mol qilingan moddiy resurslar sarfini kiritish mumkin. Bunday xarajat turlari bevosita ishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi.
Mahsulot tannarxi bir turdagi mahsulotni bevosita va bilvosita ishlab chiqarish xarajatlarini shu mahsulot miqdoriga bo'lish orqali topiladi:
Mahsulot tannarxi bir turdagi mahsulotni bevosita va bilvosita ishlab chiqarish xarajatlarini shu mahsulot miqdoriga bo'lish orqali topiladi:
M T = M X + IX + ST+ A + B IX / M
bu yerda: M T- mahsulot tannarxi, so'm;
MX-ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari, so'm;
IX -ishlab chiqarish xususiyatidagi mehnatga haq to'lash xarajatlari, so'm;
S T-ishlab chiqarishga tegishli bo'lgan ijtimoiy sug'urta to'lovlari, so'm;
A-asosiy vositalar amortizasiyasi, so'm;
BIX -boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, so'm;
M-mahsulot miqdori, sentner, dona, kg, tonna va hakozo.