7-mavzu. Mashina dеtallari. Dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri vа uni tа’minlаsh аsоslаri. Tishli uzatmalar


Mashinalar ishonchliligi haqida tushunchalar



Yüklə 218,71 Kb.
səhifə8/14
tarix07.01.2024
ölçüsü218,71 Kb.
#210408
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
7-MAVZU

Mashinalar ishonchliligi haqida tushunchalar
Ishonchlilik - bu ob’ekt (mashina)ning ishlatish (foydalanish)ning berilgan sharoitlarida talab etilayotgan vazifaning bajarilishini ta’minlaydigan barcha ko’rsatkichlarni belgilangan chegarada vaqt davomida saqlab turish xossasidir.
Texnika sohasida ishonchlilikning ustuvorligi shundan iboratki, ishonchlilikning darajasi tom ma’noda ishlab chiqarishni avtomat­lashtirish, ish jarayonlari va tashishni jadallashtirish, material va quvvatni tejash, axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi sohalardagi texnikaning taraqqiy etishini aniqlaydi.
Hozirgi zamon texnik vositalari o’zaro ta’sirlashuvchi mexanizmlar, apparatlar va asboblardan iborat. Masalan, oddiy tikuv mashinasi bir necha o’n yoki yuz detaldan iborat bo’lsa, zamonaviy raketalarni uchirish va radioboshqarish majmui tizimi o’n millionlab elementlardan tashkil topgan. Birorta ma’sul elementning ishdan chiqishi, albatta butun tizimning ish maromining buzilishiga olib keladi. «Кursk» atom suvosti kemasining halokati, Chernobil atom elektrostansiyasidagi portlash, neftь tashuvchi katta sig’imli tankerlardagi ishlatish va tashish talablarining buzilishi hammamizga ma’lum bo’lgan insoniyat uchun halokatli ekologik ofatlarga olib keldi.
Jihozlar, mashinalarning etarli darajada ishonchli emasligi ta’mir­lashdagi katta sarflarga, mashinalarning ishsiz turib qolishiga, aholini elektroenergiya, suv, gaz, transport vositalari bilan ta’minla­nishining uzilib qolishiga olib keladi.
Ishonchlilik tushunchalari va atamalari standartlashtirilgan. Mashi­na­lar ishonchliligining asosiy ko’rsatkichlariga raddiya­sizlik, umr­boqiylik, ta’mirlashga moyillik va saqlanuvchanlik kiradi.
Raddiyasizlik (tor ma’noda, ishonchlilik) - ishlash muddatida yoki berilgan vaqt davomida mashinaning ishga yarokliligini uzluksiz saqlash xossasi. Mashinaning bu xossasi ayniqsa, avtomatlashgan ishlab chiqarishning to’xtab qolmasligida, qimmatbaho mahsulotni nuqsonsiz tayyorlashda, insonlar hayotining xavfsizligi bilan bog’liq bo’lgan sharoitda juda ahamiyatlidir.
Umrboqiylik - belgilangan texnikaviy xizmat va ta’mirlash tizimida mashinaning chegaraviy holatgacha ishga yaroqliligini davomiy saqlay olish xossasidir. Mashinaning chegaraviy holati uni yana ishlatish mumkin yoki mumkin emasligi, samaradorligi yohud xavfsizligining keskin kamayib ketishi bilan tavsiflanadi. Qayta tiklanmaydigan mahsulotlar uchun umrboqiylik va raddiyasizlik tushunchalari bir xil ma’noni anglatadi.

Yüklə 218,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin