7-mavzu. Mashina dеtallari. Dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri vа uni tа’minlаsh аsоslаri. Tishli uzatmalar



Yüklə 218,71 Kb.
səhifə14/14
tarix07.01.2024
ölçüsü218,71 Kb.
#210408
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
7-MAVZU

uglerodli po’latlar uchun [Sτ] = 1,3... 1,6;
kulrang cho’yan uchun [Sβ]= 2,1...2,4.
O’zgaruvchan kuchlanishlarda detallarning chidamliligani baholashda ularning konstruktiv rasmlari, o’lchamlari, yuzasining holati va boshqa omillar albatta hisobga olinishi darkor.
a va a sikl amplitudali o’zgaruvchan kuchlanish ta’sirida mustahkamlik zahirasining hisobiy koeffisientlari quyidagicha aniqdanadi:
normal kuchlanishlar holida (egilish, cho’zilish-siqilish)
(2.4)
urinma kuchlanishlar holida (buralish, kesilish)
(2.5)
O’zgaruvchan normal va urinma kuchlanishlarning birgalikdaga ta’­sirida (masalan, egilish va buralish) mustahkamlik zahirasi umumiy koeffisienti quyidagicha ifodalanadi:
(2.6)
bu yerda: va - yuqoridagi ifodalar orqali aniqlangan. O’zgaruvchan kuchlanishlarda po’lat detallar uchun yuqori aniqlikdagi his­ob­lash­larda [S]=1,3...1,5; juda aniq bo’lmagan hisoblashlarda [S] = 1,6...2,1; qiymat­larni qabul qilish tavsiya etiladi.
Mashina detallarining kontakt mustahkamligi

Qator mashina detallarining ish qobiliyati ularning ishchi (kontakt) yuzalarining kontakt mustahkamligi orqali aniqlanadi. Bu yuzalarning yemirilishi bir-biriga siqilgan ikkita qiya chizikli yuzalarning kontakt joyida hosil bo’ladigan kontakt kuchlanishlar (σn) ta’sirida yuz beradi. N indeksi kontakt kuchlanishlar nazariyasining asoschisi G.Gers (Hertz) sharafiga qo’yilgan.



2.7-rasm. Кontakt kuchlanishlarga oid sxema


Tashqi yuklama mavjud bo’lmagan taqdirda qiya chiziqli yuzalarning boshlang’ich kontakti nuqtaviy (ikkita shar misolida) yoki chiziqli (ikkita silindr misolida) bo’ladi. Tashqi yuklama qo’yilgandan so’ng bu yuzalarning boshlang’ich kontakti (kichik yuzadagi kontakt) yuqori kuchlanishli kontakt holatiga o’tadi. Bu kuchlanishlar elliptik qonun asosida taqsimlanadi (yoyiladi). σn ning eng katta qiymati tishli, chervyakli va boshqa turdaga uzatmalar hamda dumalash podshipniklari uchun ishchanlik qobiliyatining asosiy mezoni sifatida qo’llaniladi.


Tishli g’ildiraklar juftligi uchun taalluqli bo’lgan chiziqli boshlang’ich kontakt holida kontakt kuchlanishlarning eng katta qiymati Gers formulasiga ko’ra aniqlanadi (bu ifoda ikkita silindrning kontakt zonasi uchun olingan):
kuchlanishlar holida (buralish, kesilish)
, MPa (2.7)
bu yerda: - kontakt chizig’ining bir birligiga tug’ri keluvchi normal yuklama;
Fk - kontakt yuzasiga normal yo’nalgan kuch, N;
b - kontakt chizig’ining ishchi uzunligi , mm;
kel - keltirilgan egrilik radiusi, mm:
(2.8)
1 va 2 - kontakt nuqtalaridagi egrilik radiusi (minus belgasi 1 radiusli chiziq yuzaning 2 radiusli botiq yuzaga kontaktida olinadi);
E kel - keltirilgan elastiklik moduli
(2.9)
E1 va E2 - silindr materiallarining elastiklik moduli; agarda silindrlar materiaplari bir xil bo’lsa, u holda Ekel = E1 + E2; μ = 0,3 - Puasson koeffisienti.
Кontakt mustahkamlik sharti
σn[σ]n bo’ladi.
Bu erda: [σ]n - ruxsat etilgan kontakt kuchlanish.



2.8-rasm Кontakt kuchlanishlarning uzlukli sikl bo’yicha o’zgarishi
Yuklama ostida aylanayotgan detallarning tutash sirtlarining har bir nuqtasi kontakt zonasidan o’tayotgan vaqtdagina davriy yuklanadi, bu nuqtalardagi kontakt kuchlanishlar σn noldan boshlanadigan uzlukli sikl bo’yicha o’zgaradi. (2.8- rasm.)
Agarda hosil bo’layotgan kontakt kuchlanishlar ruxsat etilganidan katta bo’lsa, ya’ni σn>[σ]n, bu holda kontakt kuchlanishlarning siklik ta’siridan detallarning tutashish sirtlarida toliqish mikroyorikdari hosil bo’ladi. Кontakt zonasida moyning mavjud bo’lishi bunday mikroyoriklarning kattalashuviga olib keladi. Mikroyoriqlarga kirib qolgan moy yuqori kontakt kuchlanishlar ostida metall yoriqlari ichida katta bosimni vujudga keltiradi va metall zarrachalarining uvalanishiga olib keladi. Detallarning ishchi yuzalarida avval ko’zga ko’rinmas mayda chuqurchalar, so’ng esa 2-3 mm o’lchamgacha yetadigan o’yiqchalar paydo bo’ladi. Bunday yemirilish jarayoniga toliqishdan uvalanish nomi berilgan.
Mustahkamlik va qattiqlik chegaralarini oshirish, yuza notekisligani kamaytirish yuzalarning uvalanishga qarshiligini oshirishga olib keladi.
Moylarning ishlatilishi toliqishdan uvalanishga olib kelar zkan degan xulosa albatta noto’g’ri bo’lar edi. Moylardan oqilona foydalanish yuzalarda moy qatlamini vujudga keltiradi. Bu holat metall yuzalarning bevosita kontaktini yo’qotadi, yeyilishni kamaytiradi, haroratni me’yorida ushlab turishga yordam beradi, ishqalanish mahsulotlarini kontakt zonasidan tezlikda olib ketishga, zanglashdan saqlashga vosita bo’ladi. Moy qatlami orqali kontaktlashuv xizmat muddatini oshirishga olib keladi, birinchi mikroyoriqlar paydo bo’lishi bilan moyning salbiy ta’siri ham paydo bo’la boshlaydi.
Moysiz sharoitda ishlash detal yuzalarining tezda yeyilishiga olib keladi.
Yüklə 218,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin