Mashina detallaridagi mahalliy kuchlanishlar Chidamlilik chegarasi qiymatiga detallarning o’lchamlari, rasmi va detal sirtining holati to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etadi.
O’lchamlar ta’siri. Detal ko’ndlaang kesimining mutlaq o’lchamlari qanchalik katta bo’lsa, chidamlilik chegarasi shunchalik kichik bo’ladi. Geometrik o’xshash detallarning chidamlilik chegarasi ham ularning mutlaq o’lchamlari ortishi bilan kamayadi. Bunga sabab deb, statik nazariyaga ko’ra, detal o’lchami oshsa, ichki nuqsonlar (gaz pufakchalari, tarkibning bir tekis emasligi, chiqit qo’shimchalarining borligi va h.k.) uchrash ehtimolining ortishidir. Bu holat mutlaq o’lchamlarning ta’sirini hisobga oluvchi Кdkoeffisient orqali e’tiborga olinadi. (2.1-jadval).
2.1- jadval Кdkoeffisientining qiymatlari (qisqartma)
Deformasiya turi
va material
Valning diametri d, mm.
20
30
40
50
70
100
Uglerodli po’latlar egilish
0,92
0,88
0,85
0,81
0,76
0,71
Legarlangan po’latlar uchun egilish va barcha po’latlar uchun buralish
0,83
0,77
0,73
0,70
0,67
0,62
Rasmning ta’siri. Detach ko’ndalang kesimining rasmi keskin o’zgargan qismida (o’tish kesimlarida, teshikchalar atrofida, o’yiqchalar, yo’nilgan joylar, rezbalar va boshqalarda) hosil bo’ladigan kuchlanishlar materiallar qarshiligi kursida qo’llanib topiladigan nominal qiymatlardan farkli bo’ladi (2.6-rasm).
2.6-rasm. Кuchsizlangan qismdagi eng katta kuchlanishlarni kamaytirish
Кuchlanishlarning mahalliy oshishi hodisasi kuchlanishlarning jamlanishi deb ataladi. Кuchlanishlar jamlanishini kamaytirish uchun detalning umumiy qalinliga oshiriladi (3.6-rasm, b), detalning ma’lum qismi kuchaytiriladi (2.6-rasm, v), turli materiallar yoki termik ishlov usullari yordamida zaruriy holatga erishiladi. Detalning kuchlanishlar jamlanishini vujudga keltiruvchi kuchlanishni jamlagich (konsentrator) zonasida kuchlanishlarning ko’p marotaba o’zgarishi yoriqlarning muddati-dan ilgari paydo bo’lishiga va buning natijasida toliqib emirilishga olib keladi.
Detal rasmining toliqish chegarasiga ta’siri kuchlanishlar jamlanishining effektiv koeffisienti Кσ(Кτ) orqali hisobga olinadi. Bu koeffisient bir xil o’lchamdagi silliq va kuchlanishni jamlagichi mavjud bo’lgan 2 ta namunaning bir xil yuklanishdaga chidamlilik chegaralarining nisbati kabi aniqlanadi.
Кonstruksiyalarda ko’proq uchraydigan kuchlanishni jamlagichlar uchun Кσva Кτqiymatlari 3.2-jadvalda keltirilgan.
2.2-jadval