7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


Mustaqil o’qish uchun savollar



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103
7 - maruza (4)

Mustaqil o’qish uchun savollar: 
Embrion pardali umurtqalilarning tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishidagi 
1. 
o’ziga xos belgilarini tushuntiring. 
2. Amniotalarning anamniyalardan farq qiladigan asosiy belgilarini 
ko’rsating. 
3. Sudralib yuruvchilar sinfi vakillarining tashqi va ichki tuzilishini bayon 
qiling. 
4. Sudralib yuruvchilar sinfiga qancha tur kiradi va qanday turkumlari bor? 
5. Tangachalilar turkumining kenja turkumlari, oilalari va eng muhim 
turlarini o’ziga xos tuzilish belgilari va yashash tarzini tushuntiring. 
6. Kaltakesaklar bilan ilonlarning tuzilishida qanday farqlar bor? 
7. Timsohlar turkumi vakillarining o’ziga xos tuzilish belgilari va yashash 
tarzini bayon qiling. 
8. Toshbaqalar turkumi vakillari tuzilishi jihatdan boshqa sudralib 
yuruvchilardan qanday farq qiladi? 
 


87 


88 
6-MAVZU. Jag‘sizlar bo`limi (
Agnatha)
bo‘limi.Tugarak ogizlilar sinfining
umumiy tavsifi
Reja: 
1. Jag’sizlar katta sinfi va To’garak og’izlilar sinfining umumiy tavsifi 
2. To’garak og’izlilar tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari 
3. To’garak og’izlilarning sistematik sharhi 
4. To’garak og’izlilarning filogeniyasi va amaliy ahamiyati. 
endoderma, miksinalar, minogalar, gorizontal, kardinal, venoz, aorta, 
Tayanch so’zlar: 
arteriya, vena sinusi, mezonefroz.
 
1. Jag’sizlar katta sinfi va To’garak og’izlilar sinfining umumiy tavsifi.
 
Jag’sizlar
– dengizlarda va qisman chuchuk suvlarda hayot kechiradigan tuban tuzilgan umurtqalilar. 
Skeletida suyak to’qimasi rivojlanmagan, xordasi hayoti davomida saqlanib qoladi. Juft 
suzgichlari va haqiqiy jag’lari bo’lmaydi. Og’zi to’garak shaklida. Xaltasimon jabralari 
endodermadan kelib chiqqan. Jabra skeleti teri ostida joylashgan. Ichki qulog’ida faqat ikkita 
chala doira naylar bo’ladi. Jag’sizlar – eng qadimgi umurtqalilar. Qadimgi geologik davrlarda 
ular juda xilma-xil va ko’p sonli bo’lgan. 
Bu katta sinfga faqat 
kiradi. 
to’garak og’izlilar sinfi
To’garak og’izlilarning bizning davrimizga qadar yashab kelgan birdan-bir vakillari – 
minogalar (Petromyzones) bilan miksinalar (Myxini) hozirgi zamondagi umurtqalilarning eng 
soddalaridir. Boshqa yuqori sinflarga qarama-qarshi o’laroq, bu sinfga kiruvchi hayvonlarda haqiqiy 
jag’ bo’lmaydi, ularning og’iz teshigi bevosita tashqariga ochilmay, balki o’ziga xos bo’lgan 
so’rg’ich voronkaning tagiga o’rnashgan bo’ladi, bu voronkani xalqa shaklidagi tog’ay tutib 
turadi. Ularning terisi yalang’och bo’lib, shilimshiq modda bilan qoplangan. Bu hayvonlarda 
haqiqiy tish yo’q, ularning o’rniga og’iz
voronkasida shox (muguz) tishlar bo’ladi. To’garak 
og’izlilarning chin juft suzgich qanotlari bo’lmaydi. Burun teshigi bitta, ya’ni toq, chunki hidlov 
organlari bitta nazogipofizar xalta bo’lib qo’shilgan. Vistseral skeleti shaklan nozik panjaraga 
o’xshagan va alohida bo’g’imli yoylarga bo’linmagan. Nihoyat, to’garak og’izlilarning nafas 
organlari entodermadan paydo bo’lgan 5-15 juft o’ziga xos jabra xaltachalaridan iborat. 
Umurtqalilar kenja tipiga kiradigan shu eng qadimgi sinfning hozir yashab turgan kam 
sonli vakillari parazitlik bilan ovqatlanish usuliga o’tganligi uchungina yashab kelgan, bu 
ularning butun tuzilishida asar qoldirgan. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin