7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103
7 - maruza (4)

Qon aylanish sistemasi
. Minoganing yuragi uch bo’limdan: 1. venoz sinus, 2. bitta 
yurak bo’lmasi va 3. bitta yurak qorinchasidan iborat. Suvda yashaydigan umurtqalilarning 
yuraklari kabi, minoganing yuragida ham, venoz qon bo’ladi. Yurak qorinchasidan qorin aortasi 
chiqadi, so’ngra bu aorta ikkiga bo’linadi. Qorin aortasining yurak qorinchasi bilan qo’shilgan 
yeri kengaygan bo’ladi, xuddi suyakli baliqlardagidek, aorta so’g’oni (bulbus aortae) deb 
shuni aytiladi. Qorin aortasining har qaysi tomonidan sakkiz juft qon olib keluvchi jabra 
arteriyalari chiqadi. Ular jabralar o’rtasidagi to’siqlarga boradi va har qaysi arteriya butun bir 
jabra xaltachasini qon bilan ta’minlamay, balki ikkita yarim jabrani, ya’ni oldinda turadigan 


91 
jabra xaltachasining keyingi yarim qismi bilan orqada turadigan jabra xaltachasining oldingi 
yarmini qon bilan ta’minlaydi, faqat eng oldingi va eng keyingi jabra arteriyasi tegishli jabra 
xaltachasining bitta yarmini qon bilan ta’min etadi. Demak, barcha umurtgqali hayvonlardagiga 
o’xshash, bo’larning jabra arteriyalari ham, jabra. xaltachalariga mansub bo’lmay, balki jabra 
to’siqlariga mansubdir. Oksidlangan qon jabra kapillyarlaridan har qaysi tomonda sakkiztadan 
bo’ladigan qon olib ketuvchi jabra arteriyalariga yig’iladi, bu arteriyalar: toq jabra usti tomiriga 
(orqa aortaga) quyiladi. Orqa aortadan gavdaning oldingi tomoniga boshni qon bilan 
ta’minlaydigan ikkita uyqu arteriyasi chiqadi, qonning asosiy qismi esa orqa aorta orqali 
gavdaning ketingi tomoniga qarab oqadi. Orqa aorta, boщqa umurtqalilardagidek, bevosita xorda 
ostiga o’rnashgan bo’lib, gavdaning boshdan-oyog’igacha boradi va eng muhim ichki 
organlarga yo’l-yo’lakay katta shoxchalar beradi. 
Gavdaning ketingi qismidan venoz qon dum venasiga yig’iladi, keyin bu vena ikkita 
ketingi kardinal venaga bo’linadi. Bo’larning har qaysisi mustaqil ravishda venoz sinusning 
ustki qismiga quyiladi. Boshning ustki qismidan venoz qon olib keladigan bir juft oldingi kardinal 
(boshqacha aytganda, ustki bo’yinturuq) venalar ham shu yerga quyiladi. To’garak 
og’izlilarda buyrak qopqa sistemasi yo’q, shunga ko’ra dum venasi to’g’ri kardinal venaga 
aylanib ketadi. Boshning pastki qismidan venoz qon olib keluvchi pastki bo’yinturuq vena 
venoz sinusning pastki qismiga oldingi tomondan quyiladi. Nihoyat, ichakdan venoz qon jigar 
qopqa venasiga yig’iladi. Bu vena jigarga kelganda mayda kapillyarga bo’linib ketadi, shu 
kapillyarlar yana yig’ilib, jigarning orqa tomonidan venoz sinusning pastki qismiga 
quyiladigan jigar venasiga aylanadi. Shunday qilib, minogada vertikal o’rnashgan o’ziga xos nay 
shaklidagi venoz sinusga tubandagi venalar quyiladi: 1. ketingi kardinal venalar, 2. oldingi 
kardinal venalar, 3. pastki bo’yinturuq vena va 4. jigar venasi. Minogalarda taloq yo’q. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin