7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


-MAVZU: SUDRALIB YURUVCHILAR ( REPTILIA) SINFI



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103
7 - maruza (4)

6-MAVZU: SUDRALIB YURUVCHILAR ( REPTILIA) SINFI 
(2 soat) 
Reja: 
1. Anamniya va amniotlarning morfologik va fiziologik belgilari 
2. Reptiliyalar sinfining umumiy tavsifi 
3. Hozirgi zamon reptiliyalarining sistematikasi 
4. Reptiliyalarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. 
 
amniota, protsel, atlas, atlant, epistrofey, rudiment, bronx, 
Tayanch so’zlar:
metanefros, seroz parda, allantois, anamniya. 
Sudralib yuruvchilar qushlar va sut emizuvchilar singari quruqlikda hayot 
kechiradi. Ayrim vakillari ikkilamchi suvda yashashga o’tgan. Bu 3 ta sinf 
vakillarining tuxumi ichki urug’lanadi va quruqlikda ko’payadi. Faqat ayrim sut 
emizuvchilar suvda rivojlanadi. Ularning embrional rivojlanishida murtak parda 
paydo bo’ladi. 
Sudralib yuruvchilar – yuqori tabaqali umurtqalilarning yoki aminotalarning 
birinchi tuban sinfidir. Gavdasida yaxshi ajralib turgan bo’yin bo’limi bor. 
Aksariyat ko’pchiligida yaxshi rivojlangan besh barmoqli oyoqlari bo’ladi. Terisi 
quruq bo’lib, epidermisi kuchli shoxlangan. Terisi shox tangachalar, qalqonchalar 
yoki pantsir bilan qoplangan. Skeleti to’liq suyakdan tashkil topgan. Bosh 
skeletining ensa qismida bitta ensa bo’rtmasi bor. 
Tana umurtqalaridan qobirg’alar chiqib, ularning oldingi uchlari bilan qorin 
tomonda qo’shiladi va ko’krak qafasini xosil qiladi. Oldingi miya yarim sharlari 
yaxshi rivojlangan va ularning qopqog’ida kulrang modda bo’ladi. Nafas olish 
organi bo’lib, umrbod o’pka xizmat qiladi va nafas olish akti ko’krak qafasining 
kengayishi xamda torayishi natijasida yuzaga keladi. 
Yuraklari uch kamerali lekin ko’pchiligining yurak qorinchasi to’liq 
bo’lmagan parda bilan bo’lingan bo’ladi. Vena sinusi va arterial konuslari yo’q. 
Ajratish organi bo’lib chanoq buyragi metanefros xizmat qiladi. Urug’lanish ichki, 
taraqqiyoti metamorfossiz o’tadi. Yurak qorinchasida aralash qon bo’lganligi 
sababli sudralib yuruvchilarning gavda temperaturasi o’zgaruvchan bo’lib, tashqi 
muxit temperaturasiga bog’liq bo’ladi. 
Sudralib yuruvchilarning tuzilishi tez kaltakesak – 
Lacerta agilis
misolida 
ko’rib chiqamiz. 
Teri qoplag’ichlari. Amfibiyalarning teri qoplag’ichlaridan keskin farq qiladi 
va xavo muxitida yashashga moslashgan belgilarga ega. Epidermisining tashqi 
qavati shox tuzilmalar-tangacha va qalqonchalar bilan qoplangan. Bularning 
shakli, soni va joylashishi sudralib yuruvchilarni aniqlashda katta ro’l o’ynaydi. 
Kaltakesaklarning terisi tanaga yopishib turadi. Terida bezlar yo’q. Faqat 
kaltakesakrlarning sonlarini ichki tomonida qator joylashgan son teshikchalar 
bo’ladi. Bu teshikchalardan ko’payish vaqtida ipsimon moddalar eshilib chiqadi. 
Skeleti deyarli to’liq suyakdan tashkil topgan bo’lib, umurtqa pog’onasi skeletiga, 
bosh skeletiga, erkin oyoqlar skeletiga va ularning kamar skeletlariga bo’linadi. 


77 
Umurtqa pog’onasi to’rtta bo’limga bo’linadi: bo’yin, ko’krak, bel dumg’aza 
va dum. Umurtqalarning tanasi oldingi tomonda botiq, keyingi tomonida bo’rtib 
chiqqan (protsel) bo’ladi. 
Kaltakesaklarning bo’yin bo’limida 8 ta umurtqa bo’lib, ulardan birinchi 2ta 
umurtqasi xamma amniotalardagi singari o’ziga xos tuzilgan. Birinchi bo’yin 
umurtqasi atlas yoki atlant deb ataladi. Atlasi suyak xalqa shaklida bo’lib, yupqa 
pay bilan ustki va pastki qismiga bo’lib turadi. Ustki teshikdan orqa miya o’tsa, 
pastki teshikdan ikkinchi bo’yin umurtqasi – epistrofeyning tishsimon o’simtasi 
atrofida aylanadi. 
Kaltakesakning ko’krak-bel bo’limlari 22 ta umurtqadan iborat. Ularning 
xammasi qobirg’alar bilan tutashadi. Kaltakesakning to’shi tog’aydan tuzilgan. 
Dumg’aza bo’limi ikkita umurtqadan iborat bo’lib, bularning ko’ndalang 
o’simtalariga chanoq kamarining yonbosh suyaklari birikib turadi. 
Dum bo’limi bir qancha umurtqalardan tashkil topgan. Dum umurtqalari 
dumning uchiga borgan sari o’simtalarni yo’qotib, kalta-kalta suyakchalarga 
aylanadi. Dum umurtqalarning tanasi yupqa pay bilan oldingi va keyingi 
bo’limlarga ajralib turadi. Kaltakesaklar xaf tug’ilganda (dumdan ushlanganda 
yoki dumi bosilganda) dumlarini shu joyidan uzib tashlab ketadi va qaytadan dum 
tikalanadi. 
Bosh skeleti koplovchi suyaklarning ko’pligi bilan xarakterlanadi va 
suyaklar bosh skeletining yoni, tagi va ustini tashkil qiladi. Ensa teshigi atrofida 
to’rtta ensa suyak, ikkita yon, bitta ustki va bitta asosiy ensa bo’rtmasi bor. Asosiy 
ensa suyagiga oldingi tomondan asosiy ponasimon suyak qo’shilib turadi. Bu 
suyak xamma aminotalardagi singari miya qutisining tagini, asosini tashkil qiladi. 
Parasfenoid suyagi esa rudiment-qoldiq xolda bo’ladi. Eshitish organi atrofida 
faqat bitta oldingi quloq suyagi bor. Miya qutisining ustidan tepa, peshona va 
burun suyaklari, yon tomonidan jag’aro, ustki jag’, manglay oldi, yosh, ko’z usti, 
ko’z orqa suyagi, tangacha, chakka, yonoq suyaklari qoplab turadi. 
Tanglay kvadrat tog’ayining elementlaridan kvadrat suyagi xosil bo’ladi. 
Qoplovchi suyaklardan tanglay, qanotsimon pog’onasimon suyaklar va sudralib 
yuruvchilarga xarakterli bo’lgan ko’ndalang suyaklar bo’ladi. Pastki jag’ tishsimon 
burchak va qo’shilish suyaklaridan tashkil topadi. 
Erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeleti amfibiyalarning shu 
skeletlaridan unchalik printsipial farq qilmaydi, faqat tish suyagining ustida tish 
usti suyagi bo’ladi. 
Muskul sistemasi. Muskul sistemasi yaxshi takomillashgan bo’lib, 
muskullarning metamer joylashishi yo’qolib ketadi. Xamma amniotalardagi singari 
qobirg’alararo muskul yuzaga keladi va bu muskul nafas olish mexanizmida katta 
rol o’ynaydi. 
Nerv sistemasi va sezuv organlari amfibiyalarga nisbatan yaxshi rivojlangan. 
Oldingi miya yarim sharlari nisbatan katta va qopqog’ida kul rang modda bor. 
Oraliq miya ustki tomonidan ko’rinmaydi. Kaltakesakda yaxshi rivojlangan 
va tuzilishi jixatidan ko’zga o’xshagan tepa organi bo’ladi. Bu organ yoruqlikni 
sezadi. Miyacha kuchli rivojlangan. 


78 
Xid bilish organi o’rta qismida xidlov organi bo’limlariga bo’linganligi 
xarakterlidir. 
Eshituv organi ichki va o’rta quloqdan iborat. Ko’zlarida xarakatchan 
qovoqlar bo’ladi. Ko’zning oldingi burchagida o’rta qovoq xam bor. 
Ovqat xazm qilish organlari. Kaltakesaklarning ovqat xazm qilish yo’li 
og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Og’iz bo’shlig’ining tagida xarakatchan muskulli 
til joylashadi. Og’iz bo’shlig’i nisbatan uzungina qizilo’ngachga va oshqozonga 
ochiladi. Oshqozondan boshlangan ichak ingichka va yo’g’on ichaklarga bo’linadi. 
Bularning chegarasida qo’richak kurtagi bor. Jigarning ut suyuqligi va oshqozon 
osti bezlarining chiqarish yo’llari ingichka ichak bo’shlig’iga ochiladi. 
Nafas olish organlari. Nafas olish yo’llari ko’proq takomillashganligi bilan 
amfibiyalarning nafas olish yo’llaridan farq qiladi. Xiqildoq teshigi traxeyaga 
ochiladi. Traxeya talaygina tog’ay xalqalaridan iborat bo’lib, oxirida ikkita 
bronxga bo’linadi. Bronxlar xaltasimon o’pkalarga kiradi. Nafas olish akti ko’krak 
qafasining kengayishi va torayishi yo’li bilan sodir bo’ladi, bu qovurg’alarning 
xarakati tufayli yuzaga keladi. 
Sudralib yuruvchilarda boshqa amniotalardagi singari teri orqali nafas olish 
bo’lmaydi. 
Qon aylanish organlari. Yuragi uch kamerali yurak qorinchasi o’rtasidan 
parda bilan ikki qismga bo’linadi. Lekin parda bo’lma va qorincha orasidagi 
to’siqqa yetib bormaydi. 
Arterial sistemasida o’zgarishlar yuz beradi. Avvalo yurak qorinchasidan 
mustaqil xolda uchta qon tomir chiqadi. Yurak qorinchasining chap qismidan o’ng 
aorta yoyi chiqadi. O’ng aorta yoyidan uyqu va o’mrov osti arteriyalari chiqadi. 
Yurak qorinchasining o’rta qismidan chap aorta yoyi chiqib, yurakning pastida 
o’ng aorta yoyi bilan qo’shiladi va orqa aortani xosil qiladi. Nixoyat, yurak 
qorinchasining o’ng qismidan o’pka arteriyasi chiqadi va venoz qonni o’pkalarga 
olib boradi. 
Gavdaning keyingi qismidan venoz qon dum, chanoq va son venalariga 
yig’iladi. Bularning bir qismi buyraklarga kirib, buyrak sitemasini xosil qiladi. 
Qolgan venoz qon qorin venasiga yig’iladi, jigarda jigar qopqa venasini xosil 
qiladi. Jigardan venoz qon keyingi kovak venaga quyiladi. Keyingi kovak vena 
o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi. 
Gavdaning bosh qismidan venoz qon juft bo’yinturuq venaga yig’iladi va 
oldingi oyoqlardan o’mrov osti venalariga to’planadi. Bular qo’shilib, juft oldingi 
kovak venani xosil qiladi. Oldingi kovak venalar xam o’ng yurak bo’lmasiga 
quyiladi. 
Ajratish organi bo’lib juft chanoq buyragi-metanefros xizmat qiladi. 
CHanoq buyraklaridan bir juft siydik yo’llari chiqadi. Siydik yo’llari orqa 
tomonidan kloaqaga ochiladi. Qorin tomondan kloaqaga siydik pufagi ochiladi.
Ko’payish organlari. Jinsiy bezlari tana bo’shlig’iga umurtqa pog’onasining 
yon tomonidan joylashadi. Erkaklarning ko’payish organi oval tangacha shaklida 
bo’ladigan juft urug’donlardan iborat. Urug’donlardan kanalchalar chiqib: 


79 
urug’don xosil qiladi. Bu urug’ yo’liga aylanadi. Kaltakesaklarning kloakasining 
orqa devori bo’rtib, kopulyativ organ xosil qiladi. 
Urg’ochi kaltakesakning tuxumdonlari bel umurtqalarining ostida 
joylashadi. Tuxum yo’lining oldingi uchi tana bo’shlig’iga, keyingi uchi esa 
kloakaga ochiladi. 
Urug’langan tuxum oq moddasining yo’qligi bilan qushlar tuxumidan farq 
qiladi. Tuxumda qattiq po’stloq xam bo’lmaydi. Tuxum terisimon parda bilan 
qoplangan. Urug’lanishi ichki. 
Kaltakesaklarning embrionlarini atrofini o’rab oladigan xamda embrion 
ustida bir biriga qo’shilib ketadigan amnion bilan seroz pardasi va allantoius pufagi 
xosil bo’ladi. Bu burma keyingi qarab o’sadi va zarodishni o’rab oladi. Natijada: 
amnioning ichida amnion bo’shlig’i va amnion suyuqligi xosil bo’ladi. Amnion 
bo’shlig’i zarodish uchun muxit bo’lib xizmat qiladi. Amnion bilan bir vaqtda 
allantoius xam xosil bo’ladi. Allantoius zarodish uchun xam nafas olish xam siydik 
pufagi bo’lib xizmat qiladi. Bu qobiqlar tuxumni mexanik ta’surotlardan qurib 
qolishdan saqlaydi. 
Xozirgi zamon sudralib yuruvchilar to’rtta turkumga bo’linadi. 
1. Xartum boshlilar turkumi – Rhynchocephalia. Bu turkum o’z ichiga eng 
qadimgi sudralib yuruvchilarning shu kunga qadar yashab kelgan yagona turini-
gatteriyani oladi. Gatteriya katta kaltakesakka o’xshaydi va bo’yi 75 sm gacha 
yetadi. Gavdasining ustida uchburchak shaklidagi shox palstinkalar qator bo’lib 
joylashadi. Umurtqasiz amfitsel tipda bo’ladi. Umurtqalarning orqasida xorda 
saqlanadi. Tepa ko’zi yaxshi rivojlangan. Nog’ora bo’shlig’i va nog’ora pardasi 
yo’q. Kopulyativ organi bo’lmaydi, bu sudralib yuruvchilar ichida yagona xol. 
Gatteriya yer yuzida faqat yangi Zellandiya va unga yaqin orollarda tarqalgan. 
Kam harakatchan va kechasi hayot kechiruvchi hayvonlar hisoblanadi. Albatros va 
boshqa okean qushlari bilan yer kovaklarida yashaydi. Hasharot va chuvalchanglar 
bilan ovqatlanadi. 8-12 ta tuxumi 12 oy davomida rivojlanadi. 20 yilda jinsiy 
yetiladi. 
2. Tangachalilar turkumi – Squamata. Tangachalilar xozirgi sudralib 
yuruvchilarning eng ko’p sonli gruppasidir. Bularning har xil tangacha bilan 
qoplangan kvadrat suyagi miya qutisi skeleti bilan harakatchan qo’shiladi. 
Tuxumlarida oqsil bo’lmaydi va peregamentsimon parda bilan qoplangan. 
Tangachalilar turkumi uchta kenja turkumga bo’linadi. 
Kaltakesaklar kenja turkumi – Lacertilia. Bularning tashqi ko’rinishi xilma-
xildir. Ko’pchilik tangachalilarning oyoqlari bo’lsa, ularning ichida oyoqsizlari 
ham bor. Lekin oyoqsiz kaltakesaklarda ilonlardagiga qarshi o’laroq to’sh suyagi, 
oyoq kamari, harakatchan ko’z qovoqlari va nog’ora pardasi bo’ladi. 
Kaltakesaklarning ko’pchiligi Rossiyaning janubiy rayonlarida yashasa, tirik 
tug’uvchi kaltakesak bilan tez kaltakesak o’rta va shimoliy mintaqalarda tarqalgan. 
O’rta Osiyo cho’llarida har xil to’garak boshlilar, kechasi aktiv hayot kechiradigan 
gekkonlar, kulrang echkemar, agamalar va boshqalar yashaydi. 
Ilonlar kenja turkumi – Ophidia yoki Serpentis. Gavdasi har xil tsilindr 
shaklida bo’lib, deyarlik qismlarga bo’linmagan. Oyoqlari yo’q. qovoqlari o’zaro 


80 
qo’shilib ketib, yupqa parda hosil qiladi. Nog’ora pardasi yo’q. O’pkasi toq, 
buyraklari lentasimon cho’ziq. Jag’ apparatining suyaklari (tanglay, qonotsimon va 
tangachasimon) o’zaro harakatchan qo’shiladi. SHu sababli ilonlar o’z o’ljalarini 
butunlay yutadi. Bo’g’ma ilonlar o’ljasini gavdasi bilan o’rab olib bo’g’adi. 
Zaxarli ilonlar esa o’ljasini zaxari bilan o’ldiradi. Zaxarli ilonlar ustki jag’ining 
ikkita tishi kattaligi bilan boshqa tishlaridan farq qilib turadi va yuqori jag’ 
suyalariga o’rnashgan bo’ladi. Zaxarli tishlar jag’ ochilganda ustki jag’ga vertikal, 
yopilganda esa uni uchi orqa tomonga qaratiladi. Qora ilonlarning zaxar 
tishlarining pastki yuzasida nov bo’ladi. Zaxar shu nov va kanallardan ilon 
chaqqanda oqib chiqadi. Zaxar maxsus ustki jag’ bezlari tomonidan ishlab 
chiqiladi. Odam uchun ko’z oynakli, qora chinqiroq ilonlarning chaqishi juda 
xavflidir. Bu ilonlar Respublikamizning cho’l va tog’ rayonlarida tarqalgan. 
Rossiya qizil kitobiga 19 tur kaltakesak va 16 tur ilonlar kiritilgan. Bular qrim 
gekkoni, turkman gekkoni, xantov to’garak boshi, bo’z echkiemar, turk 
kaltakesagi, Zakavkaziya chipor iloni, O’rta Osiyo ko’z oynakli iloni, kichik Osiyo 
iloni va boshqalar kiradi. 
Xameleonlar kenja turkumi – Chameleontes. Bular daraxtda yashashga 
moslashgan sudralib yuruvchilardir. Panjalari ombir shaklida, dumlari uzun va 
ilmoqli gavdasi yon tomonidan qisilgan. Ko’zlari katta-katta va harakatchan. Bir-
biriga bog’liq bo’lmagan xolda o’ljasini hasharotlarni axtaradi. Xameleon tashqi 
muxitga qarab rangini o’zgartira oladi. Xameleonlarning kattaligi 3-5 sm, dan 50-
60 sm, gacha bo’ladi. Bular Madagaskar orolida, Afrikada, Tropik Osiyoda va 
Ispaniyada yashaydi. 
3. Toshbaqalar turkumi-Chelonia. Xozirgi zamon sudralib yuruvchilari 
ichida 
toshbaqalar 
muhitga 
moslashgan 
gruppadir. 
Bularning 
asosiy 
xususiyatlaridan biri tanasi ichiga joylashgan suyak qalqonlarining bo’shlig’i 
hisoblanadi. Boshi, bo’yni va oyoqlari xavf tug’ilganda dumi ma’lum darajada 
qalqon ichiga tortiladi. Qalqon yoki pantsiri ustki bo’lim, karpaksdan va pastki 
bo’lim, plastrondan tashkil topgan. Karpaks teri hisobidan rivojlangan suyak 
plastinkalar hamda qobirg’alar va umurtqalarning asosiy qismini qo’shilishidan 
hosil bo’lsa, plastron qoplovchi suyak plastinkalar to’sh va o’mrov yupqa shox 
plastinkalar bilan qoplangan. Bosh skeletida ma’lum darajada ikkilamchi suyak-
tanglay hosil bo’ladi. Jag’larda tishlari bo’lmaydi. Jag’ suyaklari qirrasi o’tkir 
shox-qin bilan qoplangan. Og’iz bo’shlig’ining tagi goh ko’tarilib, goh tushib 
havoni tortishda nasos rolini o’ynaydi. Nafas olish mexanizmi bo’yin va 
oyoqlarning harakati orqali ham yuzaga keladi, chunki toshbaqalarda ko’krak 
qafasi yo’q. 
Toshbaqalar asoan nam tropik oblastlarda va jazirama zonalarda tarqalgan. 
Tinch va Hind okean orollarida og’irligi 200 kg ga yetadigan fil toshbaqasi 
yashaydi. O’rta Osiyo cho’l toshbaqasi, Qrim va Kavkazda botqoq toshbaqalari 
tarqalgan. Bular yashirin bo’yinli toshbaqalar gruppasiga kiritiladi. Og’irligi 456 
kg, gacha boradigan sho’rva yoki yashil toshbaqa hamda undan kichik karetta 
tropik dengizlarda yashaydi. Bularning oyoqlari eshkakga aylangan va qalqon 
ichiga tortilmaydi. Bular dengiz toshbaqalari deyiladi. Uzoq SHarq va Xitoyda, 


81 
Ussuriy o’lkasida yumshoq terili toshbaqa yashaydi. Bularda shax pdastinka 
bo’lmaydi. Suyak plastinkalari ancha kichik bo’lib teri ostida joylashadi. 
4. Timsoxlar turkumi – Crocodilia. Timsoxlar xozirgi zamon sudralib 
yuruvchilari ichida eng yuqori taraqqiy etgan gruppa hisoblanadi va suv muhitida
yashashga moslashgan, orqa oyog’ining barmoqlari orasida suzgich pardasi 
bo’ladi. gavdasi shox qalqonlar bilan qoplangan. Bu qalqonlarning tagida suyak 
plastinkalari joylashadi. Tishlari jag’ oraliq, yuqori jag’ va tish suyaklaridan xuddi 
sut emizuvchilardagidek chuqurchalarda joylashadi. Jag’ oraliq yuqori jag’ 
suyaklarining qo’shilishidan ikkilamchi suyak tanglay hosil bo’ladi. Ikkilamchi 
tanglay og’iz bo’shlig’ini ustki burun xalqum va ostki bo’limlariga ajratib turadi. 
Yurak qorinchasi to’liq ikki qismga bo’lingan. Yuragi to’rt kamerali. Lekin 
chap yurak qorinchasidan chiqqan o’ng aorta yoki (arteral qon) o’ng yurak 
qorinchasidan chiqqan chap aorta yoki (venoz qon) o’zaro qo’shiladi. Xozirgi 
timsoxlarning 25 turi ma’lum. Bular tropik mamlakatlarning daryo, ko’l va 
botqoqliklarida yashaydi. Bularga tipik vakil qilib, bo’yi 10 m ga yetadigan Nil 
timsoxi, Hindiston daryolarida yashaydigan uzun tumshuqli gavial, Amerikada 
yashovchi aligatorlar va kaymanlar kiradi.Timsoxlar suvda yashovchi va suv 
qirg’og’iga yaqinlashgan hayvonlar bilan ovqatlanadi. Qimmat baho terisi va 
go’shti uchun ovlanadi. 
Kuruklikda yashovchi Umurtqalilar devon davrida paydo bo’lgan Ular 
qalqonboshli amfibiyalar, ya’ni stegotsefallar bo’lgan Ular sero’simlik havzalarda 
va suvda urchigani tufayli xayoti suv bilan chambarchas bog’liq bo’lgan. Suv 
xavzalaridan uzoqdagi joylarni egallash organizmda jiddiy o’zgarishlarni talab 
qilgan: jumladan, tanasini qurib ketishdan muxofaza qilish, atmosfera kislorodi 
bilan nafas olish, kattiq substratda xarakat qilish va xatti-harakatning 
murakkablashuvi quruqlikda urchishga moslashishning ahamiyati ham kam 
bo’lmagan. Bu esa yangi xayvonlar guruxining paydo bo’lishi uchun muxim 
omillardan xisoblangan. 
Bundan tashqari, karbon davrining oxirlarida tabiiy holatning keskin 
o’zgarishi natijasida iqlim xilma-xillashgan, turli-tuman o’simliklar rivojlangan va 
ular suv havzalaridan ancha uzoqda xam tarqalgan. SHunga ko’ra traxeya bila 
nafas oluvchi bo’rimoyoqlilar ham keng tarqalgan. Reptiliyalar evolyutsiyasi 
nihoyatda tez avj olib borgan Perm davri oxiridan ancha ilgari ular 
stegotsefallarning ko’pini siqib chiqargan. Yangi sharoitda yashash imkoniyatiga 
ega bo’lgan reptiliyalar yangi muhitda nihoyatda turli-tuman sharoitga duch 
kelgan. SHunday turli-tuman sharoit ta’sirida va quruqlikda boshqa hayvonlar 
tomonidan deyarli raqobat bo’lmaganligi natijasida keyingi vaqtlarda reptiliyalar 
o’sib rivojlanishi tezlashgan. Ular quruqlikka moslanish imkoniyatiga ega bo’lishi 
bilan bir qatorda shu sharoitga moslanishga majbur bo’lgan ham. Keyinchalik 
bulardan ko’plari suv sharoitiga ikkilamchi moslanishga muvaffaq bo’lgan. 
Ayrimlari xavo xayvonlariga aylangan. Reptiliyalarning moslanish tufayli 
o’zgaruvchanligi hayratga soluvchi darajada edi. Mezozoy erasi to’liq ravishda 
reptiliyalar erasi deb hisoblanadi. 
Birlamchi reptiliyalar. Eng qadimgi reptiliyalar — kotilozavrlar yuqori 


82 
toshko’mir davrining qatlamlaridan ma’lum. Ular qator belgilari bilan 
stegotsefallarga juda yaqin. Jumladan, ko’plarida bitta dumg’aza umurtqasi bo’lib, 
bo’yin qismi yaxshi rivojlanmagan, yelka kamarida faqat baliqlarga xos bo’lgan 
teri suyagi — kleytrum bo’lgan. Bosh suyagi yaxlit suyak qutisi shaklida bo’lib, 
unda faqat ko’z, burun va tepa organlari uchun teshik bo’lgan (shuning uchun ham 
bu guruh butun bosh suyaklilar deb ataladi). Oyoqlari kalta va ixtisoslashgan.
Uncha keng tarqalmagan kotilozavrlar orasida SHimoliy Amerikaning perm 
davri qatlamlaridan topilgan eng soddasi seymuriyadir. U SHimoliy Dvinaning 
perm qatlamlaridan ham ularga yaqin formalar topilgan. Bular mayda hayvonlar 
bo’lib, tanasining uzunligi 0,5 m. Shimoliy Dvinadan V. P.Amalitskiy tomonidan 
topilgan ancha yirik pareyazavrlar ning ko’p qoldig’i topilgan. Bularning uzunligi 
3 m bo’lgan. Kotilozavrlarning ko’pchiligi o’simliklar, ayrimlari mollyuskalar 
bilan oziqlangan. Kotilozavrlar permning o’rtalarida keng tarqalgan. Ayrim 
vakillari perm oxirigacha yashab, triasda bu gruppa yo’qolib ketib, ular o’rnini 
kotilozavrlarning turli turkumlaridan paydo bo’lgan, murakkab tuzilgan va 
ixtisoslashgan reptiliyalar guruxi egallagan. 
Reptiliyalar evolyutsiyasining keyingi davridagi o’zgarishlar tarqalish va 
urchish davrlarida ular duch kelgan muhit sharoitiga bog’liq. Ko’pchilik guruxlari 
xarakatchan bo’lib, ularning skeleti yengillashgan va mustahkamlashgan. 
Reptiliyalar kundan-kunga turli-tuman oziq iste’mol qilgan. Oziq ovlash usullari 
ham o’zgargan. SHu sababdan xarakat organlari, o’q skeleti, bosh suyagi tubdan 
o’zgargan. Aksariyatida xarakat organlari uzaygan, dumg’aza suyagi ikki yoki 
ko’proq chanoq umurtqalari bilan qo’shilgan. Yelka kamarida kleytrum suyagi 
yo’qolgan. 
Yaxlit bosh pantsiri qisman reduktsiyalashgan. Jag’ apparatining muskullari 
yanada differentsiyalashganligi tufayli bosh suyagining chekka suyagida 
chuqurcha va uni ikkiga bo’luvch murakkab muskul sistemasini biriktiruvchi 
ko’prikcha yoy paydo bo’lgan. 
Quyida reptiliyalarning nihoyatda xilma-xilligini, ularning turli sharoitga 
moslashuvini kursatuvchi va xozirgi gruhlari bilan taqqoslash imkonini beruvchi 
guruhlari bilan tanishamiz. 
Dastlabki kaltakesaklar tuban reptiliyalar guruhlaridan biri bo’lib, bosh 
suyagida ikkita yonoq suyagi bo’lgan. Tishlari, amfibiyalardagi singari, faqat jag’ 
suyaklarida emas, balki tanglayda ham joylashgan. Umurtqalari, baliqlar va tuban 
amfibiyalarniki singari, amfitsel bo’lgan. Ularni tashqi qiyofasi yirik kaltakesakka 
o’xshagan. Eng qadimgi vakillari perm davri qatlamlaridan ma’lum. Triasda 
xartumboshlilarning vakillari paydo bo’lib, ularning turlaridan biri bo’lgan 
gatteriya yangi Zelandiyada saqlanib qolgan. 
Psevdozuxiyalar extimol, birlamchi kalta kaltakesaklar bilan bir tomirdan 
kelib chikqan. Ular dastlab trias boshida paydo bo’lgan. Umumiy qiyofasi va 
kattaligi bilan qaltakesaklarga o’xshash bo’lgan. O’ziga xos tuzilish belgilari: 
tishlari maxsus chuqurchalarda joylashishi, orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga 
nisbatan yaxshi rivojlanganligida va ular faqat yurishda foydalanilganligida 
ko’rinadi. Shuning uchun ham dumg’aza suyagi va orqa oyoq skeletining pastki 


83 
qismlari uzaygan. extimol, aksariyati daraxtda yashagan. Masalan, ornitozuxiy. 
Psevdozuxiyalar timsohlar, pterozavrlar, dinozavrlarga yaqin bo’lib, ularning 
ajdodlari bo’lishi mumkin. Nihoyat ptsevdozuxiyalardan qushlarning ajdodlari
paydo bo’lgan, deyishga asos bor. 
Timsoxlar triasning oxirlarida paydo bo’lgan. Yura davrida yashagan 
timsohlar, haqiqiy suyak tanglayi bo’lmasligi va ichki bo’run teshiklari tanglay 
suyaklari orasiga ochilishi bilan hozirgi timsohlardan tubdan farq qilada. 
Umurtqalari hali amfitsel bo’lgan. Bo’r davrida haqiqiy suyaq tanglayli protsel 
tipdagi umurtqaga ega bo’lgan, xozirgi tipdagi timsohlar yashagan. Aksariyati 
chuchuk suvlarda yashagan bo’lsa ham, dengizda yashovchilari ham bo’lgan. 
Qanotli kaltakesaklar mezozoy davrida yashagan reptiliyalarning ajoyib 
moslanishga ega bo’lgan guruhi. Ular nihoyatda o’ziga xos tuzilgan uchuvchi 
hayvonlar bo’lgan. Tana biqinlari va oldingi oyoqlarning uzun to’rtinchi 
barmoqlari bilan tutashgan teridan hosil bo’lgan qanoti uchishga hazmat qilgan. 
Keng to’sh suyagida yaxshi rivojlangan taroq (kil) bo’lgan. Qushlardagi 
singari bosh suyaklari tez (barvaqt) o’zaro tutashgan, ko’p suyaklar germetik 
bo’lgan. Ba’zi turlarining uzun tumshurg’larida tishlar bo’lgan. 
Dumining uzunligi va qanotining shakli o’zgarib turgan. Ba’zilarining 
(ramforinxlarning) qanoti uzun va ingichka, dumi ham uzun bo’lgan. Ular 
sirg’anib, ko’pincha mo’ljal olib uchgan. Pterodaktiliyalarining esa qanoti keng, 
dumi nihoyatda kalta bo’lgan. Ular qanot qoqib uchgan. Pterozavrlar qoldig’i 
yaqin joylarda yashagan, deb faraz qilish mumkin. Ular baliqlar bilan oziqlangan, 
xatti-harakati chaykalar va krachkalarnikiga yaqin bo’lgan. Kattaligi bir necha 
santimetrdan to bir metrgacha, xatto undan kattaroq bo’lgan. Pterozavrlar yura 
davrida avj olib rivojlangan. Ayrim turlari bo’r davrida ham ma’lum. 
Dinozavrlar psevozuxiylarning trias boshidan to bo’r davri oxirigacha 
yashagan oxirgi tarmog’i. Bular reptiliyalarning eng ko’p va turli-tuman guruhi. 
Dinozavrlar orasida tanasi bir metrdan kalta bo’lgan mayda xayvonlar bilan bir 
qatorda uzunligi 30 m keladigan gigantlari ham bo’lgan. Bularning ba’zilari faqat 
orqa oyog’ida, ba’zilari to’rt oyoqlab yurgan. Tana qiyofasi ham nixoyatda turli-
tuman bo’lgan. Xammasining boshi kichik bo’lib, orqa miya, dumg’aza oldida, 
xajmi bosh miyadan ancha kattaroq shish (kengayish) paydo qilgan. Dinozavrlar 
psevdozuxiyalardan ajralishining eng avvalgi davridayoq o’zaro parallel 
rivojlangan ikki tarmoqqa ajralgan. Ularning xarakterli belgilari bel kamarining 
to’zilishida bo’lib, ular qush chanoqlilar va kaltakesak chanoqlilar deb atalgan. 
Kaltakesak chanoqlilar dastavval orqa oyoqlarida sakrab yuruvchi yirtqich 
hayvonlar bo’lgan. Oldingi oyoqlari oziq tutish vazifasini bajargan. Uzun dumi 
ham tayanch vazifasini o’tagan. Keyinchalik to’rt oyoqlab yuruvchi yirik o’txur 
formalari paydo bo’lgan. Bularga yerda yashagan eng katta umurtqali hayvonlar 
kiradi. Masalan, brontazavrning uzunligi 20 m, diplodokniki 26 m bo’lgan. Gigant 
kaltakesak chanoqlilar yumshoq suv o’simliklari bilan oziqlanuvchi, yarim suv 
sharoitida yashaydigan xayvonlar bo’lgan. 
Qo’sh chanoqlilar chanog’i qush chanog’iga o’xshagan uzun bo’lganligi 
uchun shunday nom olgan. Dastavval ular faqat uzun orqa oyoqlarida yurgan. 


84 
Keyinchalik esa birmuncha teng rivojlangan orqa oyoqlarida yura boshlagan. Ular 
faqat o’simliklar bilan oziqlangan. Bular orasida balandligi 9 m bo’lgan, faqat orqa 
oyoqdarida yuruvchi iguanodonlarni eslatib o’tamiz. Ularning terisida pantsir 
bo’lmagan. Tritseratops karkidonlarga o’xshash bo’lib, tumshug’i uchida kichkina 
shoh, uning orqasida esa ikkita, katta shox joylashgan. Tanasining uzunligi 8 m 
gacha bo’lgan Stegozavr nihoyatda kichik boshli bo’lib, uning orqasida ikki qator 
baland shox plastinkalar joylashgan. Uning uzunligi besh metrga yaqin bo’lgan. 
Dinozavrlar butun yer yuzasida tarqalgan bo’lib, nihoyatda xilma-xil 
sharoitda yashagan. Ular cho’llar, o’rmonlar va botqoqliklarda tarqalgan. Ba’zilari 
(masalan, traxodontlar) yarim suv sharoitida yashagan. SHubxasiz, mezozoy 
erasida dinozavrlar reptiliyalarning hukmron guruxi bo’lgan. Ular trias davrida 
paydo bo’lib, bo’r davrida avj olib rivojlangan. SHu davrning oxirida qirilib 
ketgan. 
Hozirgi eng keng tarqalgan tangachalilarning tarixi uncha ayon emas. 
Extimol, kaltakesaklar yuqori yurada paydo bo’lib, bo’r davrida bu kenja 
turkumning nisbatan turli-tumanligi yaqqol ko’rinadi. Ilonlar boshqa hamma 
reptiliyalardan keyin rivojlangan. Ular, shubhasiz, bo’r davrida kaltakesaklarning 
bir tarmog’i sifatida paydo bo’lgan. Tangachalilar uchlamchi davrda, ya’ni 
reptiliyalarning ko’p guruhlari qirilib ketgandan keyin avj olib rivojlangan. 
Toshbaqalar bevosita kotilozavrlardan kelib chiqqan reptiliyalarning eng 
qadimgi guruxidir. Eunotozaur ularning bevosita ajdodi bo’lib hisoblanadi. Bu 
orqa qaqoniga o’xshash shakl hosil qiluvchi kalta va juda keng qovurg’ali 
kaltakesakka o’xshash kichik hayvon. Ularning qorin qalqoni bo’lmagan. Tishlari 
bo’lgan. Triasda yaxshi rivojlangan pantsirli haqiqiy toshbaqalar paydo bo’lgan. 
Biroq ularning boshi va oyoqlari xali pantsir ichiga tortilmagan. Jag’larida shox 
qin (qoplag’ich) va shu bilan bir qatorda tanglayida tishlar ham bo’lgan. Mezozoy 
erasidagi toshbaqalar quruqlikda yashovchi va yer qazuvchi xayvonlar bo’lgan. 
Faqat keyinchalik ayrim guruhlari suv sharoitiga moslashib pantserini yo’qotgan. 
Toshbaqalar triasdan boshlab xozirgacha o’z xossalarini saqlab qolgan. Ular 
boshqa reptiliyalarni nobud qilgan barcha sinovlardan o’tib, xozirgi vaqtda ham 
mezazoydagidek ravnaq topgan. 
Ixtiozavrlar suv sharoitiga ancha yaxshi moslashgan reptiliyalardir. 
Mezazoyda ixtiozavrlar hozirgi kitsimonlar egallagan joyni egallagan. Ularning 
delfinlar bilan bo’lgan konvergent o’xshashligi taajjublanarlidir. Ular duksimon 
bo’lib, uzun tumshuqli va ikki pallali so’zgichi bor. Juft xarakat organlari ko’rakka 
aylangan bo’lib, orqa oyoqlari va chanog’i rivojlanmagan. Barmoqlari uzun bo’lib, 
ba’zilarida barmoqlar soni 8 tagacha bo’lgan. Terisi yalang’och bo’lgan. 
Tanasining o’lchami 1 m dan 14 m gacha bo’lgan. Ixtiozavrlar faqat suvda yashab, 
baliqlar, ba’zan esa umurtqasizlar bilan oziqlangan. Ular tirik tug’ishi aniqlangan. 
Ixtiozavrlarning paydo bo’lishi trias davriga to’g’ri keladi. Bo’r davrida ular qirilib 
ketgan. Ularning boshqa reptiliyalar bilan genetik munosabati aniqlanmagan.
Pleziozavrlar mezozoy erasida yashagan, dengiz hayotiga maxsus 
moslashgan reptiliyalarning ikkinchi guruxidir. Ixtiozavrlar tanasini, ayniqsa dum 
qismini qimirlatib xarakatlangan. Suzgichlari rul vazifasini bejargan. 


85 
Pleziozavrlarning tanasi keng bo’lib, dumi nisbatan kam rivojlangan. 
Kichkina boshini ko’taruvchi yaxshi rivojlangan bo’yni bilan ular ixtiozavrlardan 
farq qilgan Tanasining uzunligi 50 sm dan 15 sm gacha bo’lgan. Extimol, hayot 
kechirishi ham boshqacha bo’lgan. Har holda ko’pi suv qirg’oqlarida yashagan. 
Baliqlar va mollyuskalar bilan oziqlangan. Pleziozavrlar triasning boshida paydo 
bo’lgan. Bo’r davrining oxirlarida qirilib ketgan. 
Yirtqichsimonlar ulardan sut emizuvchilar paydo bo’lgan guruh sifatida juda 
ham qiziqarlidir. Bular reptiliyalarning eng qadimgi guruxlaridan biri ularning 
paydo bo’lishi toshko’mir davriga to’g’ri keladi, perm davrida ular ancha ko’p va 
xilma-xil bo’lgan. 
Ular birlamchi dinozavrlar paydo bo’lganidan ancha ilgari gullab-
rivojlangan. Kotilozavrlar ularning asosiy ajdodi bo’lgan. Pelikozavrlar turkumiga 
mansub bo’lgan sodda yirtqichsimonlar hali kotilozavrlarga nihoyatda yaqin 
bo’lgan. Ularda umurtqalar ikki tomondan botiq bo’lib, yaxshi saqlangan qorin 
qovurg’alari bo’lgan. Biroq tishlari alveolalarda joylashgan bo’lib, miya qutisining 
iyak qismida, boshka reptiliyalarda bo’lmagan chuqurcha bo’lgan. Ular tashqi 
ko’rinishidan kaltakesaklarga o’xshash bo’lib, 1—2 m uzunlikda bo’lgan. 
Ba’zilarida uncha yaqqol bo’lmasa-da tishlar differentsiyalangan. 
Permning o’rtalarida pelikozavrlarni ularga nisbatan ancha takomillashgan 
yirtqich tishlilar siqib chiqargan. Ularning tishlari yaqqol differentsiyalashgan 
bo’lib, ikkilamchi suyak tanglayi bo’lgan. Yagona ensa bo’rtmasi ikkiga bo’lingan. 
Pastki jag’i asosan tish suyagidan iborat bo’lgan harakat organlarining xolati ham 
o’zgargan. Tirsak orqaga, tizza esa oldinga qaratilganligi uchun oyoqlar 
reptiliyalardagi singari yon tomonga qarab emas, balki tana ostida joylashadi. 
Skeletda sut emizuvchilarga xos bo’lgan ko’p belgilar paydo bo’ladi. Perm davrida 
yashagan yirtqichsimonlar orasida qiyofasi va yashash xolati juda turli-tuman 
reptiliyalar bo’lgan. 
Boshqalari o’simliklar yoki aralash oziq bilan oziqlangan. Ixtisoslashgan 
guruhlar sut emizuvchilarga yaqin turadi. Ular orasida ancha takomillashgan 
belgilarga ega bo’lgan tsinognatusni ko’rsatish mumkin. Darranda tishlilar trias 
davrida hali ko’p bo’lgan. Biroq yirtqich dinozavrlar paydo bo’lishi bilan ular 
yo’qolib ketgan. Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, reptiliyalarning 
aksariyat katta sistematik guruxlari kaynozoyda qirilib ketgan. Kaynozoyning 
boshigacha yashab qolgan reptiliyalar mezozoydan qolgan achinarli guruhlardir. 
Bu holatning sodir bo’lishi faqat umumiy shakllarda aniqlangan. SHuni qayd qilish 
lozimki mezozoyda yashagan reptiliyalarning aksariyati nixoyatda ixtisoslashgan 
bo’lgan. Ularning hayotchanligi nihoyatda o’ziga xos sharoit bo’lishini talab qilar 
edi. SHuning uchun ham bir tomonlama moslanish reptiliyalarning qirilib ketishiga 
sabab bo’lgan, deb tushunish kerak. 
Reptiliyalarning ayrim guruhlari butun mezozoy erasida va paleozoyning 
oxirida qirilib ketganligi ko’zatilgan bo’lsada, bu holat ayniqsa mezozoy oxirida, 
xuddi bo’r davri oxirida kuchli bo’lgan. Bu qisqa davr ichida mezozoy erasidagi 
sudralib yuruvchilarning aksariyati qirilib ketgan. Agar mezozoy erasini 
reptiliyalar erasi deb atasak bu eraning oxirini reptiliyalar qirilib ketishi asri deb 


86 
atasak bo’ladi. 
Yuqorida aytilganlar bilan bir qatorda bo’r davrida ob-xavo va landshaftda 
muhim o’zgarishlar bo’lganligi ham qayd qilingan. Bu holat tog’ paydo 
bo’lishining alp bosqichi deb ataladi, u quruqlik va dengizning qayta bo’linishi, yer 
po’stlog’ining harakatiga bog’liqdir. Bu davrda shakllangan muhit keskin 
o’zgargan. Bu faqat iqlimning, yer orografiyasining o’zgarishinigina emas, balki 
butun jonsiz tabiatni o’z ichiga oladi. Bo’r davrining o’rtalarida sagovniklar va 
ninabarglilar o’rnini yopiq urug’li o’simliklar egallaganini aytib o’tish kifoya.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin