7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


Mustaqil o’qish uchun savollar



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103
7 - maruza (4)

 
Mustaqil o’qish uchun savollar: 
1. Jag’sizlar katta sinfi va to’garak og’izlilar sinfiga kiruvchi Hayvonlarning tashqi va 
ichki tuzilishini tushuntiring. 
2. To’garak og’izlilar sinfi vakillarining ko’payishi, rivojlanishi va tarqalishini bayon 
qiling. 
3. To’garak og’izlilar sinfining asosiy turkumlari, oilalari va turlarini ko’rsating. 
4. To’garak og’izlilarning qanday ahamiyati bor? 


96 
1-MAVZU. 
Kirish. Zoologiya fanining predmeti va vazifalari. Zoologiya 
fanining rivojlanishining asosiy bosqichlari
.
 
 
Reja: 
1. Kirish 
2. Fanning rivojlanish tarixi 
1. Kirish.
Hayvonot olamining filogenezi, uning qonuniyatlari, sistematikasi, geografik 
tarqalishi, ichki hamda tashqi organlar sistemasining tuzilishi va boshqalar haqidagi 
tushunchalar, bilimlar tabiiy boyliklardan xalq xo’jaligida foydalanishning ilmiy-nazariy va 
amaliy asoslarini yaratishda xal qiluvchi vositalardan hisoblanadi. 
Umurtqalilar zoologiyasi hayvonot dunyosining faqatgina 1 ta tipini, ya’ni xordalilar 
(Chordata) tipini o’rganadi. Bu tip hayvonot olami ichida alohida o’rin tutadi. 
Xordalilar tipi vakillari o’zining yuqori darajada tuzilganligi, turli sharoitlarda yashashga 
moslashganligi bilan xarakterlanadi. Ularni sayyoramizning barcha uchastkalarida uchratish 
mumkin. Ular inson hayotida katta o’rin tutadi, chunki uy hayvonlarining deyarli barchasi 
xordalilar tipi vakillaridir. Ular orasida oziq-ovqat mahsulotlari, jun, teri olinadigan, 
meditsinada, transport, qo’riqlovchi va sport vositalari sifatida va boshqa maqsadlarda 
foydalaniladigan turlari oz emas. 
Xordalilar har tomonlama o’rganilgan, chunki inson paydo bo’lgandan buyon dastlab 
xordali hayvonlar bilan muloqotda bo’lib kelgan. Odamlar qadim zamonlardan boshlab itlardan 
qo’riqchi; ot, eshak, tuya va boshqalardan esa transport vositasi, ishchi hayvon sifatida va sport 
musobaqalarida foydalanib kelishgan. 
Xordalilar xonaki hayvonlarning yangi zotlarini chiqarishda eng katta tabiiy manbaa ham 
hisoblanadi. Xonakilashtirish uzluksiz davom etib, bir bo’g’in davomida natija beradi. Hozirgi 
vaqtda tulki, oq tulki, norka, maral bug’usi, tuya qushlar xonakilashtirilgan. Yovvoyi 
hayvonlarni ovlash xo’jalik oborotida katta ahamiyatga ega bo’lgan ko’p miqdorda go’sht, moy, 
teri, mo’yna va boshqa mahsulotlar tayyorlash imkonini beradi. Yovvoyi xordalilardan rejali 
foydalanish va ularning xonaki turlarini chiqarish katta ahamiyatga ega bo’lib davlatning 
daromad manbai hisoblanadi. Shuning uchun noyob va yo’qolib borayotgan turlarni muhofaza 
qilish orqali ularni saqlab qolish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. 
Xordalilarning foydasi bilan bir qatorda zarari ham oz emas. Ko’p turlari – yumronqoziq, 
sichqon, dala sichqonlari qishloq xo’jalik zararkunandalaridir. Ko’plari vabo, tulyaremiya, 
entsefalit, brutsellyoz singari havfli kasalliklarni tarqatuvchilardir. 
Bundan tashqari, xordali hayvonlar turli ilmiy tekshirishlarda asosiy material bo’lib 
xizmat qiladi (Pavlov tajribalari, baqaning kosmosga uchirilishi, Belka va Strelkaning parvozi va 
x.k). Bundan tashqari Ch.Darvin ta’limotida ham xordali hayvonlar asosiy materiallardan biri 
bo’lib xizmat qilgan. Rossiyada esa darvinist olimlardan akademik A.N.Severtsov (hayvonot 
dunyosi filogeniyasi) ta’limoti yaratilishida ham asosiy material va kuzatishlarini xordalilar 
ustida olib bordi. 
Bir qancha xordalilar ustida inson hayoti va sog’lig’i uchun nihoyatda muhim bo’lgan 
tadqiqotlar o’tkaziladi (kosmetika). Nihoyat, umurtqali hayvonlarning tuzilishi va hayotini 
o’rganish ekologiya, genetika, sistematika, qiyosiy anatomiya, biogeografiya va boshqa fanlarni 
hamda evolyutsion nazariyaning ko’p muammolarini tushunib olishga yordam beradi. Bu guruh 
misolida 
sistematika, 
qiyosiy 
anatomiya, 
embriologiya, 
ekologiya, 
biogeografiya, 
paleontologiya, filogenetika, evolyutsion nazariyaning ko’p umumiy masalalari hal etilgan. 
Zoologiya fanining vazifalariga hayvonot dunyosini har tomonlama chuqur o’rganish, 
hayvon turlarini muhofaza qilish, foydali turlarini ko’paytirish, zararli turlariga qarshi kurash 
chora-tadbirlarini ishlab chiqish, tabiatni qo’riqlash va foydali hayvonlarni iqlimlashtirish kiradi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin