96
1-MAVZU.
Kirish. Zoologiya fanining predmeti va vazifalari. Zoologiya
fanining rivojlanishining asosiy bosqichlari
.
Reja:
1. Kirish
2. Fanning rivojlanish tarixi
1. Kirish.
Hayvonot olamining filogenezi,
uning qonuniyatlari, sistematikasi, geografik
tarqalishi, ichki hamda tashqi organlar sistemasining tuzilishi
va boshqalar haqidagi
tushunchalar, bilimlar tabiiy boyliklardan xalq xo’jaligida foydalanishning ilmiy-nazariy va
amaliy asoslarini yaratishda xal qiluvchi vositalardan hisoblanadi.
Umurtqalilar zoologiyasi hayvonot dunyosining faqatgina 1 ta tipini, ya’ni
xordalilar
(Chordata) tipini o’rganadi. Bu tip hayvonot olami ichida alohida o’rin tutadi.
Xordalilar tipi vakillari o’zining yuqori darajada tuzilganligi, turli sharoitlarda yashashga
moslashganligi bilan xarakterlanadi. Ularni sayyoramizning barcha uchastkalarida uchratish
mumkin. Ular inson hayotida katta o’rin tutadi, chunki uy hayvonlarining deyarli barchasi
xordalilar tipi vakillaridir. Ular orasida
oziq-ovqat mahsulotlari, jun, teri olinadigan,
meditsinada, transport, qo’riqlovchi va sport vositalari sifatida
va boshqa maqsadlarda
foydalaniladigan turlari oz emas.
Xordalilar har tomonlama o’rganilgan, chunki inson paydo bo’lgandan buyon dastlab
xordali hayvonlar bilan muloqotda bo’lib kelgan. Odamlar qadim zamonlardan boshlab itlardan
qo’riqchi; ot, eshak, tuya va boshqalardan esa transport vositasi, ishchi hayvon sifatida va sport
musobaqalarida foydalanib kelishgan.
Xordalilar xonaki hayvonlarning yangi zotlarini chiqarishda eng katta tabiiy manbaa ham
hisoblanadi. Xonakilashtirish uzluksiz davom etib, bir bo’g’in davomida natija beradi. Hozirgi
vaqtda tulki, oq tulki, norka, maral bug’usi, tuya qushlar xonakilashtirilgan.
Yovvoyi
hayvonlarni ovlash xo’jalik oborotida katta ahamiyatga ega bo’lgan ko’p miqdorda go’sht, moy,
teri, mo’yna va boshqa mahsulotlar tayyorlash imkonini beradi. Yovvoyi xordalilardan rejali
foydalanish va ularning xonaki turlarini chiqarish katta ahamiyatga ega bo’lib davlatning
daromad manbai hisoblanadi. Shuning uchun noyob va yo’qolib borayotgan
turlarni muhofaza
qilish orqali ularni saqlab qolish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Xordalilarning foydasi bilan bir qatorda zarari ham oz emas. Ko’p turlari – yumronqoziq,
sichqon, dala sichqonlari qishloq xo’jalik zararkunandalaridir. Ko’plari vabo, tulyaremiya,
entsefalit, brutsellyoz singari havfli kasalliklarni tarqatuvchilardir.
Bundan tashqari, xordali hayvonlar turli ilmiy tekshirishlarda asosiy material bo’lib
xizmat qiladi (Pavlov tajribalari, baqaning kosmosga uchirilishi, Belka va Strelkaning parvozi va
x.k). Bundan tashqari Ch.Darvin ta’limotida ham xordali hayvonlar
asosiy materiallardan biri
bo’lib xizmat qilgan. Rossiyada esa darvinist olimlardan akademik A.N.Severtsov (hayvonot
dunyosi filogeniyasi) ta’limoti yaratilishida ham asosiy material va kuzatishlarini xordalilar
ustida olib bordi.
Bir qancha xordalilar ustida inson hayoti va sog’lig’i uchun nihoyatda muhim bo’lgan
tadqiqotlar o’tkaziladi (kosmetika). Nihoyat, umurtqali hayvonlarning tuzilishi va hayotini
o’rganish ekologiya, genetika, sistematika, qiyosiy anatomiya, biogeografiya va boshqa fanlarni
hamda evolyutsion nazariyaning ko’p muammolarini tushunib olishga yordam beradi. Bu guruh
misolida
sistematika,
qiyosiy
anatomiya,
embriologiya,
ekologiya,
biogeografiya,
paleontologiya, filogenetika, evolyutsion nazariyaning ko’p umumiy masalalari hal etilgan.
Zoologiya fanining vazifalariga hayvonot dunyosini har tomonlama chuqur o’rganish,
hayvon
turlarini muhofaza qilish, foydali turlarini ko’paytirish, zararli turlariga qarshi kurash
chora-tadbirlarini ishlab chiqish, tabiatni qo’riqlash va foydali hayvonlarni iqlimlashtirish kiradi.
Dostları ilə paylaş: