94
ikrasini asosan yozda suvga chiqaradi. Rivojlanishi metamorfozsiz, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri
boradi.
Miksinalar turkumiga 18-20 ta tur kiradi va ular ikkita: Miksinalar (Myxinidae) va
Bdellostomalar (Bdellostomidae) oilalariga va 5 ta urug’ga bo’linadi.
Miksinalar asosan
mo’’tadil va subtropik iqlimdagi okeanlarda (Atlantika, Tinch va Hind okeanlar) va dengizlarda
tarqalgan.
Ular kunduzi qumga ko’milib oladi, kechasi faol bo’lib dengiz chuvalchanglari va
boshqa umurtqasiz hayvonlarni hamda baliqlarni qidirishga kirishadi.
Bdellostomalar oilasi vakillarida 5 juftdan 15 juftgacha bo’lgan jabra teshiklari
mustaqil ravishda tashqariga ochilishi bilan miksinalar oilasi vakillaridan farq qiladi. Ular ozig’i
asosan baliqlar hisoblanadi. Bdellostomalar ancha yirik, uzunligi 1 m gacha boradi. Ular Hind
va Tinch okeanlarida tarqalgan, baliqchilik xo’jaligiga katta ziyon yetkazadi. Miksinalar
ayniqsa to’rga tushgan baliqlarni yeb baliq oviga katta zarar yetkazadi. Bitta treska balig’ining
ichida 123 ta miksinalar parazitlik qilishligi fanga ma’lum. Miksinalarning sanoatda ahamiyati
yo’q. Ular dengizlarda 20 metrdan 500 metrgacha, ba’zilari hatto 1000 metrgacha bo’lgan
chuqurliklarda yashaydi.
Uzunligi 50-60 sm gacha, ayrimlari (bdellostomalar oilasi turlari) hatto1 metrgacha
boradi. Miksinalardan oddiy miksina
(Myxine glutinosa)
Hind va Tinch okeanlarida, Shimoliy va
Janubiy Amerika,
Yaponiya, Afrika va Yangi Zelandiya qirg’oqlarida ko’p uchraydi. Uning
uzunligi 35-40 sm ga yetadi. Miksinalar chuvalchangsimon bo’lgani uchun Linney ularni
chuvalchanglar sinfiga kiritgan. Yuqorida ta’kidlanganidek miksinalarning ko’zlari
reduktsiyaga uchragan. Lekin ularda yorug’likni sezishning boshqa yo’llari paydo bo’lgan, ya’ni
miksinalarning boshi va dum qismida «teri ko’zlari» bo’lib, ular yordamida yorug’likni yaxshi
sezadi. Miksinalar o’ljani ikki juft sezish mo’ylovlari va sezish organlari yordamida topadi.
Dostları ilə paylaş: