7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


 To’garak og’izlilar tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
7 - maruza (4)

2. To’garak og’izlilar tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari.
To’garak og’izlilarning 
tipik vakili daryo minogasi – 
Lampetra fluviatilis
dir. Daryo minogasi chala parazitlarcha hayot 
kechiradi va tirik yoki uyqudagi baliqlarning gavdasiga so’rg’ichi bilan yopishib, qonini so’radi. 
Tashqi ko’rinishi. Bo’yi 40 sm ga boradigan daryo minogasining gavdasi hozirgi barcha 
to’garak og’izlilar singari, ilonga o’xshab uzun bo’ladi. Birlamchi tartibdagi suv umurtqalilari 
singari, minoga gavdasini ham, faqat uch bo’limga – bosh, tana va dumga bo’lish mumkin, shu 
bilan birga bu bo’limlar aniq chegarasiz bir-biriga qo’shilib ketgan. 
Boshining oldingi tomoni pastida so’ruvchi og’iz voronkasining katta teshigi bor, bu 
teshikning atrofi teri shokilalar bilan o’ralgan. Bu teshik ochiq turganda yumaloq shaklda, 
yopilganda uzunasiga ketgan yoriq shaklida bo’ladi. Og’iz oldi voronkasining yon va ustki 
devorlarida o’ziga xos shox tishlar, uning ichkarisida esa har qaysi uchida bittadan tish 
bo’ladigan ustki shox plastinka va bir qancha mayda tishchalari bor pastki shox plastinka 
o’rnashgan; til plastinkasida ham mayda tishlar bor. 
Boshining ikki yon tomonida to’la takomillashgan ko’zi bo’ladi, lekin bu ko’z yarim tiniq 
teri parda bilan qoplangan. Yuqorida ikki ko’zining orasida bitta (toq) burun teshigi bor. Undan 
orqaroqda och tusli dog’dek bo’lib teri tagidan ko’rinib turadigan bosh tepa organi joylashgan. 
Boshining ikki yon tomonida yettitadan kichkina-kichkina, yumaloq jabra teshiklari bo’ladi. 
Orqa tomonining o’rtasida oldingi orqa suzgich qanoti, undan keyinroqda keyingi orqa suzgich 
qanoti turadi, keyingi suzgich qanot dumni o’rab oladigan kichikroq dum suzgich qanoti bilan 


89 
qo’shilib ketgan. Minoganing dum suzgich qanoti birlamchi teng pallali – prototserkal tipda 
tuzilgan, ya’ni o’q skeleti dumni ikkita baravar bo’lakka bo’ladi. 
Gavdaning ostida, tana bilan dum qo’shilgan yerda orqa chiqaruv teshigi va siydik-
tanosil teshigi ketma-ket o’rnashgan, shu bilan birga, siydik-tanosil teshigi orqa chiqaruv 
teshigining orqasida turadi. 
Teri qoplag’ichlari. Minoganing terisi yumshoq, shilimshiq bo’lib, unda tashqi skeletning 
hech qanday asari yo’q. Uning terisida ham, xuddi baliqlardagidek, talaygina shilimshiq ishlab 
chiqaradigan bir hujayrali bezlar juda ko’p. Boshida yon chiziq organlarining bir qancha teshiklari 
bor. Ular suvda yashaydigan umurtqalilarning ko’pchiligi uchun xos bo’lib, teri sezuv 
organlari hisoblanadi. 
Skeleti suyaksiz bo’lib, faqat biriktiruvchi to’qima pardalari bilan tog’aydan tuzilgan. 
Uni o’q, bosh va suzgich qanotlari skeletlariga ajratish mumkin. 
O’q skeleti biriktiruvchi to’qima pardasi bilan o’ralgan xordadan iborat. Biriktiruvchi 
to’qima pardasi xordanigina emas, balki uning ustiga o’rnashgan markaziy nerv sistemasini 
ham o’rab oladi. Orqa miya kanalining devorlarida xordaning chetlari bo’ylab yotgan mayda 
tog’aylarning juft qatori bor, bu tog’aylar biriktiruvchi to’qima pardasiga botib kirgan. Ustki 
yoylar deb ataladigan shu tog’aychalar, umurtqalar murtagi hisoblanadi. 
Bosh skeleti juda sodda va o’ziga xos tuzilgan bo’lib: 1. miya qutisi, 2. og’iz oldi 
voronkasi skeleti va 3. vistseral apparat skeletidan iborat. 
Miya qutisining kapsulasi bosh miyani ostidan, yonidan va qisman ustidan o’rab oladi. 
Miya qutisi kapsulasining tagida asosiy plastinka bor. Miya qutisining oldingi tomoniga toq, 
lekin ikkiga bo’lingan hidlov kapsulasi, keyingi qismining ikki yon tomoniga bir juft eshituv 
kapsulasi o’rnashgan. Bu kapsulalar bosh skeletining eng keyingi qismini tashqil etadi, chunki 
to’garak og’izlilarda bosh skeletning ensa bo’limi butunlay takomil etmay qolgan. Shunday qilib, 
to’garak og’izlilarning miya qutisi go’yo yuqori darajadagi umurtqalilar sinflarining miya qutisi 
embrional rivojlanishining ilk stadiyasi xolida umrbod saqlanib qoladi. 
Og’iz oldi voronkasi skeleti faqat to’garak og’izlilar uchun xos bo’lib, juda ham o’ziga 
xos tuzilgan. U voronka devorining yuqori va yon tomonlaridan tutib turadigan bir qancha 
tog’aylardan iborat, bu tog’aylarning ichida eng asosiylari xalqa tog’ay va tilni tutib turadigan 
tog’aylardir. 
Vistseral skelet jabra qutisidan va jabra qutisining oldiga o’rnashgan stilesimon tog’ay 
bilan ko’z osti yoyidan iborat, stilesimon tog’ay bilan ko’z osti yoyi shaklan o’zgargan jabra 
yoylaridir. Jabra qutisining o’zi nafis tog’ay panjaradan iborat bo’lib, ko’ndalangiga o’rnashgan 
to’qqizta ingichka va qayrilgan yoylardan, jabra yoylarini bir-biriga qo’shadigan va uzunasiga 
ketgan to’rt juft tog’aydan hamda yurakning orqa va yon tomonlardan o’rab oladigan yurak oldi 
tog’ayidan tuzilgan. Jabra skeleti, yuqori darajali boshqa barcha sinflardagiga qarshi o’laroq, 
bevosita teri ostiga joylashgan, bu narsa umuman to’garak og’izlilar jabralarining 
entodermadan kelib chiqishi bilan bog’liqdir. 
Dum va orqa suzgich qanotlarini qator o’rnashgan ingichka tog’ay shu’lalar – 
radialiyalar tutib turadi. 
Muskul sistemasi. To’garak og’izlilarning tana va dum muskullari juda ham sodda 
tuzilgan. Muskul sistemasi to’g’ri qator bo’lib o’rnashgan va biriktiruvchi to’qima 
mioseptalari bilan bir-biridan ajralgan muskul segmentlaridan – miotomlardan iborat. Boshda 
so’rg’ich apparatining talaygina ayrim muskullardan iborat murakkab muskullari bor. Tilning 
ham murakkab tuzilgan o’z muskuli bor. 
Nerv sistemasi. To’garak og’izlilarning nerv sistemasi boshqa umurtqalilarnikiga 
qaraganda juda ham sodda. Bosh miyaning eng xarakterli sodda belgilari: 1. bosh miyaning 
besh bo’limidan faqat to’rttasi taraqqiy etgan, chunki miyacha uzunchoq miyadan ajralib 
chiqqan emas; 2. bosh miyaning asosiy bo’limlari bitta gorizontal tekislikda ketma-ket 
joylashgan va vertikal tekislikda bukilmaydi; 3. o’rta miya qopqog’i to’la o’sib yetgan emas, 
chunki bo’sh taraqqiy etgan ko’ruv bo’laklari o’rtasida to’garak og’izlilar uchun xarakterli 
bo’lgan teshik bor, bu teshik nerv moddasi bo’lmagan epitelial parda bilan qoplangan, xolos; 4. 


90 
oldingi miya yarim sharlari juda kichik, miya yarim sharining oldingi tomoni juda katta hidlov 
bo’lagiga aylanadi. 
Oraliq miyaning yupqa epitelial qopqog’ida ikkita o’siq: pineal organ va parietal organ 
o’rnashgan. Pineal organ yorug’lik sezish vazifasini bajaradi va tashqaridan minoga boshining 
tepasida, burun teshigining orqasida ko’rinib turadi. Oraliq miya tubining oldingi qismidan bir 
juft ko’ruv nervi chiqadi, bu nervlar to’garak og’izlilarda, yuqori sinflardagiga qarshi o’laroq, 
kesishma (xiazma) hosil qilmaydi. 
To’garak og’izlilarda miya qutisining ensa bo’limi chala taraqqiy etganligidan bosh 
miya nervlarining IX va X jufti miya qutisidan tashqarida turadi. 
Orqa miyasi yassi, lentasimondir. Orqa miya nervlarining orqa va qorin butoqlari, 
umurtqalilarning boshqa barcha sinflaridagiga qarshi o’laroq, bir-biri bilan qo’shilib, aralash 
nerv tanasi hosil qilmaydi. 
Hid bilish organi. To’garak og’izlilarning hid bilish organi boshqa barcha umurtqalilar 
sinflarinikiga qarshi o’laroq toq bo’ladi. U burun teshigidan boshlanadi, burun teshigi bevosita 
bosh miyaning oldida o’rnashgan va pardasimon hidlov kapsulasiga joylashgan hidlov xaltasiga 
qo’shiladi. 
Eshituv organi xuddi baliqlardagidek, faqat ichki qulokdan iborat bo’lib, uning ikkita 
yarim doira kanali bor. 
Hazm organlari. Minoganing hazm organlari o’ziga xos tuzilgan bo’lib, bu ovqatlanish 
xususiyati – qon so’rishi bilan bog’liq. Ichak yo’li og’iz voronkasidan boshlanadi, og’iz 
voronkasining ostida og’iz bo’shlig’i bilan qo’shilgan og’iz
teshigi bor. Og’iz bo’shlig’ining 
tubida shox tishlar va til bo’ladi. Tishlar minoganing tutgan o’ljasiga yoki boshqa buyumga 
yopishib olib, uni so’rishida porshen rolini bajaradi. Og’iz bo’shlig’ining ketingi tomonidan, 
boshqa barcha umurtqalilardagiga qarshi o’laroq, ikkita nay: pastda turadigan, serbar nafas 
nayi va ustki tomonda turadigan qizilo’ngach boshlanadi. Qizilo’ngach ketiga qarab qayriladi 
va yurakni yonlab o’tib, ichakka aylanadi, ichak qizilo’ngachdan klapan bilan ajralgan bo’ladi. 
Minoga ichagining oldingi va ketingi bo’laklari bir oz kengaygan naydan iborat bo’lib, 
anal teshigi bilan tamomlanadi. Ichak nayining oldingi kengaygan qismi oshqozon, eng orqa 
qismi to’g’ri ichakdir. Ichakning ichida boshidan oxirigacha boradigan va bilinar-bilinmas spiral 
hosil qiladigan keng shilimshiq parda burmasi bor. Barcha tuban baliqlar uchun ham xos bo’lgan 
shu qatlam spiral klapan deb ataladi va ichakning ovqat so’ruvchi yuzasini kengaytirish uchun 
xizmat etadi. Oshqozonning ostida kattakon jigar turadi. Oshqozon osti bezi ichakning butun 
devorlariga tarqalgan. 
Nafas organlari ham o’ziga xos tuzilgan. Yurakning oldingi tomonida boshi berk xolda 
tugaydigan nafas nayining har tomonida yettitadan ichki jabra yoriqlari bo’ladi. Bu yoriqlar 
yettita tashqi jabra yoriqlari orqali tashqi muhitta tutashib turadigan jabra xaltachalari bilan 
qo’shiladi. Jabra xaltachalari ikki tomonidan bo’rtib chiqqan linza formasida bo’lib, unda 
talaygiia jabra yaproqlari bor, bu yaproqlar qopchaning ichki devoriga meridian bo’ylab 
o’rnashadi. Jabra xaltachalarining orasida keng bo’shliqlar – jabra oldi sinuslari bor, bu 
sinuslarning har qaysisini biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan jabraaro to’siqlar ikki kameraga 
bo’ladi. Yuqori turadigan boshqa barcha sinflardagiga qarama-qarshi o’laroq minoganing jabra 
xaltachalari va jabra yaproqlari entodermadan chiqib keladi. Nafas akti jabra apparatining 
siqilish va kengayish yo’li bilan yuzaga chiqadi, shu bilan birga suv tashqi jabra yorig’idan 
kiradi va shu yoriqdan chiqadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin