7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


Jinsiy organlari va ko`payishi



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
7 - maruza (4)

Jinsiy organlari va ko`payishi. 
Umurtqalilarning jinsiy bezlari odatda juft


73 
bo`ladi. Ular mezodermadan hosil bo`ladi. Hamma umurtqali hayvonlar ayrim
jinsli. Faqat to`garak og’izlilar va baliqlar orasida ayrim turlari germafrodit
hisoblanadi.
Umurtqali hayvonlar jinsiy usulda ko`payadi. Juda ko`pchilik baliqlar va
suvda hamda quruqlikda yashovchilarning tuxumlari tashqi muhitda; sudralib
yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarning tuxumlari esa ona organizmida
urug’lanadi.
Rivojlanishi. 
Ko`pchilik 
to`garak 
og’izlilar, 
baliqlar, 
suvda 
hamda
quruqlikda yashovchilarning tuxumdan chiqqan lichinkasi o`zgarish orqali boradi,
sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarning tuxumdan chiqqan nasli esa
o`zgarishsiz 
rivojlanadi. 
Yuqorida keltirib o`tilgan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, umurtqalilar
kenja tipi vakillarining, jumladan, yuksak rivojlangan umurtqalilarning turq-atvori
va turlar ichidagi munosabatlari murukkablashadi, ko`payishning samaradorligi
oshadi, pushtdorlik va o`lim kamayadi hamda nasl qoldirish uchun kurash
kuchayadi. Bu esa umurtqali hayvonlarning keng va xilma-xil hayot muhitida
tarqalishiga 
imkon beradi. 
 
 UMURTQALILAR 
(VERTEBRATA) 
YOKI 
BOSHSKELETLILAR
(CRANIATA) 
KENJA 
TIPI 
SISTEMATIKASI 
Umurtqalilar kenja tipiga 38000 dan ortiq tur kiradi. O`zbekistonda esa
umurtqali hayvonlarning 693 ta turi uchraydi.
Umurtqalilar kenja tipiga kiruvchi hayvonlar tuzilishi va hayot tarziga ko`ra
2 ta guruhga bo`linadi: 1. Anamniyalar, ya`ni murtak pardasiz (Anamnia)
umurtqalilar; 2. Amniotalar, ya`ni murtak pardali (Amniota) umurtqalilar.
Shuningdek, umurtqalilar 
kenja tipi 2 ta bo`limga bo`linadi: 1. Jag’sizlar (Agnatha)
bo`limi. 2. Jag’og’izlilar 
(Gnathostomata) bo`limi.
Jag’sizlar bo`limiga jag’sizlar (Agnatha) katta sinfi va bitta to`garak
og’izlilar (Cyclostomata) sinfi kiradi. Jag’og’izlilar bo`limiga esa baliqlar (Pisces)
va 
quruqlikda 
yashovchi umurtqalilar, ya`ni to`rtoyoqlilar 
(Tetrapoda) katta sinflari
kiradi. Baliqlar katta sinfi o`z navbatida tog’ayli baliqlar (Chondrichthyes) va
suyakli baliqlar 
(Osteichthyes) 
sinflariga 
bo`linadi. 
To`rtoyoqlilar katta sinfiga esa suvda hamda quruqlikda yashovchilar
(Amphibia), sudlalib yuruvchilar (Reptilia), qushlar (Aves) va sutemizuvchilar
(Mammalia) sinflari kiradi.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin