72
qoladigan myullerov kanalini va mezanefros bilan bog’langan
holda qoladigan
volfov kanalini hosil qiladi (22-rasm).
22-rasm. Umurtqali hayvonlar siydik-tanosil sistemasining sxemasi:
I (erkak)-II (urg’ochi) akula
va amfibiyalarniki; III (erkak)-
IV (urg’ochi) reptiliya va qushlarniki;
V (erkak)-VI (urg’ochi)
sutemizuvchilarniki: 1-pronefros
(bosh
buyrak); 2-
urug’don;
3-urug’
chiqarish yo`li; 4-mezanefros (birlamchi buyrak); 5-orqa ichak; 6-siydik pufagi; 7-
kloaka;
8-
tuxum yo`li varonkasi; 9-tuxumdon;
10-myullerov kanali;
11-urug’don ortig’i
(mezanefrosning
oldingi qismi qoldig’i); 12-urug’ yo`li; 13-metanefros (ikkilamchi buyrak); 14-
ikkilamchi
siydik
kanali;
15-mezanefros
rudimenti;
16-tuxum yo`li;
17-tuxum
hujayrasi; 18-
tuxum yo`li devoridan
ajraladigan oqsil; 19-bachadon; 20-bachadondagi embrion; 21-qin; 22-jinsiy sinus;
23-prostata
bezi; 24-urug’
pufagi; 25-urug’ yo`li; 26-urug’don o`simtasi;
27-oraliq,
28-
myullerov
kanali
rudimenti; 29-mezanefros kanali (birlamchi buyrak); 30-kopulyativ organi (penis);
31-anal
teshigi.
Tuban
umurtqalilarning
(to`garak
og’izlilar,
baliqlar,
suvda
hamda
quruqlikda yashovchilar) urg’ochilarida pronefrosning o`zi reduktsiyalansa ham
myullerov kanali saqlanib, tuxum yo`liga aylanadi, mezanefros esa buyrak o`rnida
ishlaydi, volfov kanali bo`lsa, siydik yo`li bo`lib xizmat qiladi.
Tuban umurtqalilarning erkaklarida pronefros
ham myullerov kanali ham
reduktsiyalangan, mezanefros esa 2 ta funktsiyani bajaradi, ya`ni
keyingi qismi
buyrak funktsiyasini, oldingi qismining naychalari esa urug’don bilan bog’lanib,
urug’don kanalchalari funktsiyasini ado etadi. Bu vaqtda volfov kanali bir
vaqtning
o`zida ham siydik yo`li va
ham urug’ yo`li bo`lib xizmat qiladi.
Yuksak umurtqalilarda (sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarda)
pronefros ham, mezanefros ham faqat embrionda ayrim organlari bo`lib
hisoblanadi. Voyaga yetgan hayvonlarda ayirish
organining bu funktsiyasini
chanoq buyragi (tos buyragi), ya`ni metanefros
bajaradi. Bu buyrak mezanefrosdan
yana ham orqaroqda joylashgan. Bu yerda ham xuddi tuban umurtqalilarnikiga
o`xshab myullerov kanali urg’ochilarida tuxum yo`li
vazifasini, volfov kanali esa
erkaklarida urug’ yo`li vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: