7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


Tarqalishi va hayot kechirishi



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103
7 - maruza (4)

Tarqalishi va hayot kechirishi.
Daryo minogasi Boltiq dengizi va Shimoliy dengiz 
havzalarida yashaydi. Boshqa minogalar singari, uning hayot kechirish usuli, chunonchi 
ovqatlanishi hali yaxshi o’rganilgan emas. Bu minoga urchish (ikra tashlash) uchun dengizdan 
daryoga o’tadi. Minoga yozda ikra tashlaydi (kuzda daryoga kirgan minogalar qishlab qoladi). 
Urg’ochisi bir yo’la necha o’n minglab ikra tashlaydi. Ikra tashlab bo’lgandan keyin barcha 
erkak va urg’ochi minogalar halok bo’ladi. Shunday qilib, ko’p baliqlarga o’xshash, minogalar 
ham umr bo’yi faqat bir marta urchiydi. Qumteshar daryolarda yashaydi va lantsetnik singari, 
ko’p vaqtini balchiqda o’tkazadi. Qumteshar voyaga yetgan minogaga aylanguncha, odatda, 
necha yillar o’tadi. 
3. To’garak og’izlilarning sistematik sharhi.
To’garak og’izlilar sinfiga 38-45 taga 
yaqin tur kiradi va ular 2 ta kenja sinfga bo’linadi: minogalar – Petromyzones va miksinalar – 
Myxini. 
Minogalar kenja sinfiga bitta minogasimonlar (Petromyzoniformes) turkumi va bitta 
minogalar (Petromyzonidae) oilasi kiradi. Bu oilaning 7 ta urug’i va 30 ga yaqin turlari ma’lum. 
Minogalarda miksinalarga nisbatan parazitlik qilib hayot kechirish ancha kuchsiz 
rivojlangan, ya’ni ular chala parazitlar hisoblanadi. Minogalar baliqlarga yopishib ularning 
qonini so’radi va go’shti bilan oziqlanadi. Ayrim turlari ba’zan baliq ikralarini ham yeb 
qo’yadi, oshqozonidan suv o’tlari ham topilgan. Minogalarning xalqumi 2 ta nayga bo’lingan, 
yuqorigisi qizilo’ngach vazifasini, pastkisi esa nafas nayi vazifasini bajarib, ichki jabra 
teshiklariga ochiladi. Jabra teshiklari 7 juft. Minogalar qo’sh qavat orqa suzgich qanotini, bir 
muncha yaxshi takomil etgan ko’zlari bilan eshituv organlarini, og’iz oldi va jabra apparatining 
yaxshi rivojlangan skeleti va to’g’ridan-to’g’ri tashqariga ochiladigan jabra teshiklarini saqlab 
qolgan. 
Minogalar miksinalardan farq qilib ularning rivojlanishi metamorfozli, ya’ni o’zgarish 
bilan boradi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi – qumteshar deyiladi. Lichinkalari voyaga 
yetganlaridan farq qiladi. Minoga lichinkalarining og’zi voronkasimon bo’lmay, balki tirqishli 
yorig’i bor. Xalqumi qizilo’ngach va nafas olish naylariga ajralmagan. Ularning hayot 
kechirishi lantsetniklarnikiga o’xshash, daryoda yashab ko’p vaqtini suv ostida qumga 
ko’milib hayot kechiradi. Qumteshar voyaga yetgan minogaga aylanguncha, odatda 4-5 yil 
kerak bo’ladi. Ular yer shari suvliklarida keng tarqalgan. Ko’pchilik turlari dengizlarda 
yashaydi. Minogalar ichida daryolarda yashaydigan turlari va oraliq turlari, ya’ni dengizlarda 
yashab, urchish uchun daryolarga o’tadigan turlari ham bor. 
MDH da minogalarning 8 ta turi uchraydi. Daryo minogasi Boltiq dengizi va Shimoliy 
dengiz havzalarida yashaydi. Ular Yevropa dengizlarida, Osiyo va Amerikaning shimoliy 
dengizlarida ko’p uchraydi, asosan daryolarda ko’payadi. 
Soy minogasi 
(Lampetra planeri)
ning uzunligi 30 sm gacha boradi. Ular asosan 
Yevropa daryolarida yashaydi, dengizlarda uchramaydi, may oyida ikra tashlab, so’ngra halok 
bo’ladi. Ularning ov ahamiyati yo’q. Minogalar orasida eng yirigi dengiz minogasi 
(Petremyzon marinus)
bo’lib tanasining uzunligi 90-100 sm.ga, og’irligi esa 3 kg ga yetadi. 
Dengiz minogasi Atlantika okeanining shimoliy qismida keng tarqalgan. Bu tur shimoliy 
Amerika daryo va ko’llariga ham o’tib, ko’l populyatsiyasini hosil qiladi. Ular shimoliy 
Yevropa qirg’oqlarida, ba’zan Boltiq dengizida ham uchraydi. Dengizlarda yashasada lekin 
ikra tashlash uchun daryolarga o’tadi. Bu minogalar 240 ming tagacha tuxum tashlaydi. Ular 
dengizlarning 500 metrlik chuqurliklarida yashaydi. Ko’proq baliqlar bilan va ba’zan esa suv 
osti umurtqasizlari bilan oziqlanadi. Ikrasini balchiqni kovlab chuqurcha ichiga qo’yadi. 
Dengiz minogalari asosan bahorda daryolarga kelib ikra tashlaydi va so’ngra yana dengizga 
qaytadi. Ov qilish ahamiyati katta emas. Dengiz minogalarning qorin pardasi va ikralari 
zaharli. Shuning uchun ham ularning go’shtini iste’mol qilish oldidan, albatta qorin pardasi olib 
tashlanadi. 
Tipik oraliq turlariga Kaspiy minogasi 
(Caspiomyzon wagneri)
kiradi. Kaspiy minogasi 
asosan Kaspiy dengizi va unga qo’shiladigan daryolarda yashaydi. Kaspiy minogasi ikra 
tashlash uchun Volga, Ural, Kuru, Terek daryolariga kiradi. Ularda ikra tashlash sentyabrdan to 


93 
dekabrgacha davom etadi. Kaspiy minogasining uzunligi 40-50 sm, og’irligi 200g. keladi. Ular 
ham ikra tashlash davrida oziqlanmaydi va ikra tashlagandan keyin halok bo’ladi. Kasbiy 
minogasi ko’p miqdorda ikra tashlash davrida ov qilinadi, ikrasi zaharli hisoblanadi. Umuman 
minogalar yer yuzidagi o’rtacha kenglikdagi daryo va dengizlarda, janubda esa Kaliforniya, 
Marokko, O’rta yer dengizi va Yapon dengizi suvlarida keng tarqalgan. MDH da Kaspiy 
dengizida, Volga, Ural, Kura, Terek va Neva daryolarida uchraydi. 
Dengiz minogalari mart - aprel oylarida Volga daryosiga o’tadi. Boltiq dengizidan esa 
ular may oyining oxirlarida tuxum qo’yish uchun daryolarga o’tadi. Odatda erkak minogalar 
urg’ochilarining tuxum qo’yishi uchun joy tayyorlaydi. Uya tayyor bo’lgach urg’ochilari og’iz 
voronkasi bilan uya ostidagi birorta substratga yopishib tuxum qo’yadi. Ba’zan minogalar bir 
joyga to’dalashib, bir uyaga 40000 dan ortiq tuxum qo’yadi. Tuxum qo’yib bo’lgach ular odatda 
halok bo’ladi. Tuxumdan qumteshar degan lichinka chiqadi. Ozik yetishmaganda minoga 
lichinkalari o’z joyini bir necha marta o’zgartiradi. Yosh minogalar daryoda 6 yil yashaydi 
so’ngra dengizga qaytadi. Daryodan dengizga o’tish davrida oziqlanmagan och minogalar 
seld, losos, treska kabi baliqlarning biqiniga yopishib, tangachalarini teshadi va bu baliqlarning 
qonini so’radi. Oziqasi ko’p bo’lsa minogalar tez o’sib, bir yilda ularning uzunligi 0,5 
metrgacha va og’irligi 200g gacha yetadi. 
MDH da minogalar asosan Boltiq dengizidan va unga quyiladigan daryolaridan 
ovlanadi. Volga daryosida esa minogalar tuxum qo’yishga chiqayotganida ovlanadi. 
Minogalar orasida, ayniqsa, dengiz minogasi Shimoliy Amerika daryo va ko’llarida 
baliqchilikka katta ziyon yetkazadi. Ular baliqlarning go’shti va qoni bilan oziqlanadi. Soy va 
daryolarda uchraydigan mayda minogalar parazitlik qilmaydi. O’rta Osiyoda minogalar 
uchramaydi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin