7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


 To’garak og’izlilarning filogeniyasi va amaliy ahamiyati



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103
7 - maruza (4)

4. To’garak og’izlilarning filogeniyasi va amaliy ahamiyati. 
Hozirgi boshskeletlilar kenja tipining orasida eng sodda va tuban tuzilgani to’garak 
og’izlilar sinfi vakillari hisoblanadi. Bu sinf vakillari umurtqalilarning filogeniyasini aniqlashda 
katta ahamiyatga ega. Afsuski, paleontologiya dalillari umurtqalilar ajdodlarining tuzilishi 
haqidagi savolga bevosita javob bera olmaydi. Chunki hozirgi vaqtda yashab turgan to’garak 
og’izlilarning bevosita ajdodlari qazilma xolda topilmagan. Lekin silur davrining boshlarida 
primitiv boshskeletsizlardan, jag’siz umurtqalilar ajralib chiqqan. Umurtqalilar eng qadimgi 
ajdodlarining topilmalari silur va devon davriga to’g’ri keladi. Bu qatlamlardan qalqondorlar 
(Ostracodermi) deb ataluvchi baliqsimon g’alati hayvonlar topilgan. Tanasini qoplab turgan qalin 
va yirik suyak kosasi, ya’ni qalqoniga qarab ularga shunday nom berilgan. 
Qalqondorlarda ham xuddi to’garak og’izlilarga o’xshab bitta, toq burun teshigi, ichki 
qulog’ida ikkita yarim doira nay, miya qutisi bilan qo’shilib ketgan jabra skeleti, 
endodermadan hosil bo’lgan jabra xaltachalari bo’lib, jag’lari va juft suzgich qanotlari 
bo’lmagan. Bu belgilarning hammasi qalqondorlarni hozirgi to’garak og’izlilar bilan birga 
jag’sizlar (Agnatha) bo’limiga kiritishga shubha qoldirmaydi. 
Skandinaviyalik olim Stenshio va rus olimi D.V.Obruchev kabi paleontologlarning 
olib borgan tekshirishlari natijasida qazilma jag’sizlar batafsil o’rganilgan. Cephalaspis va 
unga yaqin qalqondorlarning tuzilishi to’liq tiklangan. Ularning gavdasi yapaloq og’zi 
boshining pastki tomoniga o’rnashgan bo’lib, xuddi to’garak og’izlilarnikiga o’xshash 
so’ruvchi tipda bo’lgan va ko’zlari tepaga qaragan. Plankton va detritlar bilan oziqlangan. Shu 
belgilariga qarab, ular suv tagida hayot kechirgan deb xulosa qilingan. Lekin shuning bilan bir 
qatorda Cephalaspis boshining orqa tomonida tangachalar bilan qoplangan bir juft kurak 
bo’lgan. Ayrim tadqiqotchilar shu kuraklarni murtak xoldagi ko’krak suzgich qanoti deb faraz 
qiladilar. D.V.Obruchevning eng yangi dalillariga ko’ra, qalqondorlar ikkita mustaqil sinfni 
tashqil etadi. Birinchisi – Ptegaspidomorpha sinfiga eng qadimgi va sodda tuzilgan 
Telodontlar (Thelodontia) hamda har xil Qalqondorlar (Heterostraca) kiradi. 
Ikkinchi – Cephalaspidomorphi sinfiga keng tarqalgan Suyakqalqonlilar (Osteostraca) 
kiradi. Cephalaspis va sodda, erkin suzib yuradigan Qalqonsizlar (Anaspida) ham shu sinfga 


95 
kiradi. Hozirgi yashab turgan to’garak og’izlilar bironta eng sodda tuzilgan qalqonsizlardan 
ajralib chiqqan yon shoxcha bo’lishi kerak degan xulosaga kelinadi. Qalqondorlar devon davrida 
keng tarqalgan, keyinchalik esa qirilib ketgan va ularning o’rnini baliqlar ishg’ol etgan. To’garak 
og’izlilar esa baliqlarda chala yoki to’liq parazitlik qilib yashagani tufayli hozirgacha yashab 
kelmoqda. 
Minogalar ovqatga ishlatiladi. MDH da minogalar, asosan, Volga daryosida tutiladi. 
Miksinalar to’rga tushgan baliqlarni yeb qo’yadi va shu bilan baliqchilikka sezilarli darajada 
zarar yetkazadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin