MAVZU:Sutemizuvchilar Tashqi tuzilishi Darsning maqsadi: Sut emizuvchilar tashqi tuzilishini qushlarga taqqoslab
o’rganish. Teri tuzilishi va teri qoplamini o’rganish.
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar. Sutemizuvchilar umurtqali hayvonlarning eng yuqori taraqqiy etgan
sinfidir.Sut emizuvchining yuksak darajada taraqqiy etganligi ularni barcha
ekologik muhitlarda yashab qolish imkonini berdi. Mazkur hayvonlar umumiy bir
planga muvofiq tuzilgan bo’lsada, yashash muhitlariga moslanish nuqtai-nazaridan
o’ziga xos xilma-xillikni kasb etgan. Sut emizuvchilar yashash sharoitlariga qarab
4 ta asosiy ekologik guruhlarga bo’linadi.
1.
sut emizuvchilar – eng katta guruh bo’lib, Yer
Yerda yashovchilar
sharining barcha quruqliklarini egallagan. Bular asosan barcha o’rmon va
butazorlarda hamda ochiq yerlarda yashashga moslashgan.
2.
muhitga o’ta moslashgan bo’lib, butun hayotini
Yer tagida yashovchilar
yoki hayotining ko’p qismini yer tagida o’tkazadi. Bu guruhga kiruvchi sut
emizuvchilarning ko’zlari va quloq supralari rivojlanmagan, gavdasi o’qlovsimon
bo’ladi. Dumi kalta va qilsiz bo’ladi yoki mutlaqo bo’lmaydi. Oldingi oyoqlarining
barmoqlari ham yaxshi taraqqiy etgan. Yer tagida yashovchilarga krotlar,
ko’rsichqon, tsokor, qopchiqli krotlar kiradi.
3.
orasida morfologik tomondan suvda yashashga ozroq
Suvda yashovchilar
moslashgan (norka, oq ayiq, suv kalamushi, o’rdakburun, ondatra, nutriya, bobr),
suvda yashashga kuchliroq moslashgan (morj va tyulenlar), suvda yashashga
butunlay moslashgan kitsimonlar diqqatga sazovordir. Ayniqsa, kitsimonlar to’liq
suv muhitida yashashga moslashgan sut emizuvchilar hisoblanadi.
4. H
yoki
faqat qo’lqanotlilar yoki
avoda yashovchilar
uchuvchilarga
ko’rshapalaklar kiradi. Havoda uchib yurish uchun ko’rshapalaklarda uchish organi
– qanot hosil bo’ladi, to’sh suyagining oldingi yuzasida ko’krak toj suyagi bo’ladi.
Bosh skelet suyaklari qo’shilib ketadi.