95
kiradi. Hozirgi yashab turgan to’garak og’izlilar bironta eng sodda tuzilgan qalqonsizlardan
ajralib chiqqan yon shoxcha bo’lishi kerak degan xulosaga kelinadi. Qalqondorlar devon davrida
keng tarqalgan, keyinchalik esa qirilib ketgan va ularning o’rnini baliqlar ishg’ol etgan. To’garak
og’izlilar esa baliqlarda chala yoki to’liq parazitlik qilib yashagani
tufayli hozirgacha yashab
kelmoqda.
Minogalar ovqatga ishlatiladi. MDH da minogalar, asosan, Volga daryosida tutiladi.
Miksinalar to’rga tushgan baliqlarni yeb qo’yadi va shu bilan baliqchilikka sezilarli darajada
zarar yetkazadi.
Dostları ilə paylaş: