93
dekabrgacha davom etadi. Kaspiy minogasining uzunligi 40-50 sm, og’irligi 200g. keladi. Ular
ham ikra tashlash davrida oziqlanmaydi va ikra tashlagandan keyin halok bo’ladi. Kasbiy
minogasi ko’p miqdorda ikra tashlash davrida ov qilinadi, ikrasi zaharli hisoblanadi. Umuman
minogalar yer yuzidagi o’rtacha kenglikdagi daryo va dengizlarda, janubda esa Kaliforniya,
Marokko, O’rta yer dengizi va Yapon dengizi suvlarida keng tarqalgan. MDH da Kaspiy
dengizida, Volga, Ural, Kura, Terek va Neva daryolarida uchraydi.
Dengiz minogalari mart - aprel oylarida Volga daryosiga o’tadi. Boltiq dengizidan esa
ular may oyining oxirlarida tuxum qo’yish uchun daryolarga o’tadi. Odatda erkak minogalar
urg’ochilarining tuxum qo’yishi uchun joy tayyorlaydi. Uya tayyor bo’lgach urg’ochilari og’iz
voronkasi bilan uya ostidagi birorta substratga yopishib tuxum qo’yadi. Ba’zan minogalar bir
joyga to’dalashib, bir uyaga 40000 dan ortiq tuxum qo’yadi. Tuxum qo’yib bo’lgach ular odatda
halok bo’ladi. Tuxumdan qumteshar degan lichinka chiqadi. Ozik yetishmaganda minoga
lichinkalari o’z joyini bir necha marta o’zgartiradi. Yosh minogalar daryoda 6 yil yashaydi
so’ngra dengizga qaytadi. Daryodan dengizga o’tish davrida oziqlanmagan och minogalar
seld, losos, treska kabi baliqlarning biqiniga yopishib, tangachalarini teshadi va bu baliqlarning
qonini so’radi. Oziqasi ko’p bo’lsa minogalar tez o’sib, bir yilda ularning uzunligi 0,5
metrgacha va og’irligi 200g gacha yetadi.
MDH da minogalar asosan Boltiq dengizidan va unga quyiladigan daryolaridan
ovlanadi. Volga daryosida esa minogalar tuxum qo’yishga chiqayotganida ovlanadi.
Minogalar orasida, ayniqsa, dengiz minogasi Shimoliy Amerika daryo va ko’llarida
baliqchilikka katta ziyon yetkazadi. Ular baliqlarning go’shti va qoni bilan oziqlanadi. Soy va
daryolarda uchraydigan mayda minogalar parazitlik qilmaydi. O’rta Osiyoda minogalar
uchramaydi.
Dostları ilə paylaş: